TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 5️⃣5️⃣5️⃣

💻 TATU Karyera markazi va “Hamkorbank” ATB hamkorlikda TATU bitiruvchilar o'rtasida ishga hamda pullik stajirovkaga tanlov o'tkazmoqda.

Hamkorbank IT-mutaxassislari jamoasiga qo‘shiling va eng ilg'or va innovatsion sohalardan birida ishlash imkoniyatiga ega bo'ling!

👨‍💻 Bankning IT-sohasida Siz o'zingizni quyidagi yo'nalishlarda sinab ko'rishingiz mumkin:
➡️ Analitik muhandis
➡️ QA muhandis
➡️ Tester
➡️ DevOPS

🔝 Bank o'z xodimlariga keng imtiyozlar to'plami, bepul tushlik, do'stona jamoa va martaba imkoniyatlarini taklif etadi. Shuningdek, bank shaxsiy maqsadlarga erishish uchun kasbiy rivojlanish, o'qitish va qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga olgan xodimlarni qo'llab-quvvatlash dasturlarini taklif etadi.

📍 Ish joyi Toshkent va Andijon shaharlarida.

📆 Rezyumelarni 2023 yilning 10-avgustiga qadar hamkorbank.uz saytida (Bank to'g'risida/ Karyera/ Rezume yuborish) qoldirishingiz mumkin.

🔘 Telegram kanalimizni  kuzatib boring. 
https://t.iss.one/tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti
#obunachimizdan

😢 Qayta o'qishdan qolib ketgan talabaning holati.

📹 Siz ham qiziqarli foto va videolar bilan bo'lishmoqchi bo'lsangiz ushbu telegram manzilga yuboring ➡️ @nodrian

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#imkoniyat
#magistraturaga_qabul

⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#mGovAward

📱 Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mGovAward tanlovining uchinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilish davom etmoqda

Tanlovda O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Sovrin jamg'armasi eng yaxshi uchta mobil ilova ishlab chiquvchilari orasida taqsimlanadi:
1️⃣ oʻrin — $50 000
2️⃣ oʻrin — $30 000
3️⃣ oʻrin — $20 000

📥 Batafsil ma’lumot, shuningdek, ishtirok etish uchun havola veb-saytda!

🕊 Savollar boʻyicha 👉 mGovAward
__

📱 Напоминаем, что продолжается приём заявок на третью волну конкурса mGovAward с призовым фондом $100 000

Участвовать могут студенты вузов и ученики общеобразовательных и средне-специальных школ Узбекистана.

Призовой фонд будет распределён между тремя лучшими разработчиками мобильных приложений:
1️⃣ место — $50 000
2️⃣ место — $30 000
3️⃣ место — $20 000

📥 Получить подробную информацию об условиях участия и зарегистрироваться можно на сайте!

🕊 По вопросам 👉 mGovAward
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#test2023 #imtihon

9-kun imtihon jarayonlaridan videolavha

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga qarashli "UzExpo" markaz hududida 2023/24-o'quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining 9-kungi imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_xabar
#ObHavo

🌡 Uzgidrometning xabar
berishicha, bugun respublikamiz hududida havo harorati +40°C gacha ko'tariladi.

☀️ Meteorologlarning prognozlariga ko'ra, bugun Toshkentda havo harorati kunduzi +37 darajagacha, Janubiy viloyatlarda esa +40 darajagacha ko'tariladi.

Tog'li va tog ' oldi hududlarida esa havo bulutli bo'ladi va qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin.



🌡 Сегодня 9 августа в Узбекистане снова будет жарко: температура повысится до +40 градусов

☀️ По прогнозам метеорологов, сегодня воздух в Ташкенте прогреется до +37 градусов днём, а в южных регионах вовсе до +40 градусов.

🏔 По горным и предгорным районам переменная облачность и кратковременные дожди.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#UsmanovOlimpiadasi #fizika #matematika

👥 Diqqat! Maktab hamda litsey o'quvchilari uchun ajoyib yangilik!

Usmanоv May 2024 matematika va fizika оlimpiadalari saralash bоsqichiga shu yilning avgust oyidan start berildi.

📄 Оlimpiada oʻrta maktabning 7-11 sinf va akademik litsey oʻquvchilari uchun moʻljallangan.

🌐Оlimpiadaning saralash bоsqichi оnlayn tarzda oʻtkaziladi.

📍 Final bоsqichi 2024 yili 12-may kuni Tоshkent shahri Yunusоbоd tumani al-Хоrazmiy nоmidagi TATU akademik litseyida oʻtkaziladi.

🎁 Bunda gʻоliblar uchun quyidagi sоvrinlar belgilangan:

7-9 sinf kategоriyasi uchun:
1-oʻringa 10 000 000 sum
2-oʻringa 7 500 000 sum
3-oʻringa 5 000 000 sum
miqdоrida pul mukоfоtlari

10-11 sinf kategоriyasi uchun:
1-oʻringa 15 000 000 sum
2-oʻringa 10 000 000 sum
3-oʻringa 7 500 000 sum
miqdоrida pul mukоfоtlari

✈️ Batafsil ma’lumоt quyidagi telegramm kanallarimizda:

@Usmanovolimp2022maymal
@MatematikaUsmanov
@GeometriyaUsmanov
@FizikaUsmanov

📞 Tel: +99893 494 62 28 Ulugʻbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xakaton #Urban_tech

Urban.Tech Uzbekistan 2023 xakaton musobaqasi Sentabr oyiga ko'chirildi!

🙂 Ko'p sonli ariza topshiruvchilarning talabiga binoan Urban.Tech Uzbekistan 2023 xakaton musobaqasi 2023-yil 6-8-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.


💰 Mukofot jamg'armasi: 200 mln so'm

📍O'tkazilish joyi: INNO Texnopark

📆 Ariza topshirish muddati: 2023-yil 10-avgust

📄 Ro’yxatdan o’tish uchun:
www.urbantech.uz

➡️ Batafsil ma'lumot: @innotechnopark
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #dunyo_yangiliklari #hakerlar

🌐 Britaniyalik olimlar foydalanuvchilarning parollarini o‘g‘irlash mumkin bo'lgan yangi usulni aniqlashdi. Endilikda sizning mikrofoningiz orqali sizga tegishla ma'lumotlarni o‘g‘irlashlari mumkin.

Hakerlar foydalanuvchining klaviaturani bosgandagi tovushlarini tahlil qilib, undan keyin maxsus neyron tarmog'i yordamida jabrlanuvchi qaysi tugmalarni bosganini aniqlaydi. Bu usulning aniqligi esa 95 foizni tashkil etdi.

📞 Shu tarzda Zoom yoki Skype ilovalarida qo'ng'iroq orqali parollarni o'g'irlash mumkin.

🛡 Siz biometrik autentifikatsiya usullaridan foydalangan holda o'zingizni o'g'irlikning akustik usullaridan himoya qilishingiz mumkin - masalan, barmoq izi orqali yoki face id orqali.



🌐 Британские ученые выявили новый способ кражи паролей пользователей. Теперь злоумышленники могут это делать с помощью микрофона.

Хакеры могут анализировать звуки того, как пользователь набирает символы на клавиатуре. Затем с помощью специальной нейросети они выясняют, на какие именно кнопки нажимала жертва. Точность такого способа кражи паролей составила 95 процентов.

📞 Таким образом можно воровать пароли через звонок Zoom или Skype.

🛡 Защититься от акустического способа кражи можно с помощью применения биометрических методов аутентификации — например, через отпечаток пальца.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i Ubaydullaev Zuxriddin Botirovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
#Hamkorlik

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Kookmin universitetiga tashrif buyurdi.

🖋 Tashrif davomida TATU, Kookmin universiteti hamda Koreyaning ELICE group kompaniyasi o‘rtasida sanoat-akademik tadqiqot memorandumi (industry-academic research agreement ) imzolandi.

📌 Ushbu memorandumga ko‘ra Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalari va platformalarini tadqiq qilish, sanoat ma'lumotlarini sun'iy intellekt modellariga qo'llash hamda ishlab chiqishdan iborat.

📌 Tomonlar, Universitet talabalarini ELICE AI ta’lim platformalarida o‘qishni tashkil etish maqsadida Kookmin bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o'quv dasturini TATU ga joriy etishga kelishib oldilar.

📈 Shuningdek, universitet o‘quv jarayonlariga AI texnologiyalarini qo‘llash hamda “Coding labs”, “Video lecture solutions” va “Jarayonlarni boshqarish” virtual ta’lim platformalarini joriy etish rejalashtirilgan.

📎Ma’lumot uchun: Koreyaning ELICE Group kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan bo‘lib, sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformalari, virtual muhit (Lab Environment) ishlab chiqish va o‘qitish bilan shug‘ullanadi. ELICE Group kompaniyasi 100 dan ortiq kompaniya xodimlarini AI va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha o‘qitishni tashkil etganlar. Kompaniya ELICE LXP, ELICE TEST, ELICE Cloud kabi loyihalari orqali Koreyaning yirik Hyundai, LG, SUNIC, KT, SK Networks, SK Magic kabi kompaniyalar va Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan KAIST universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan va ushbu kompaniyalar Elicening raqamli platformasidan foydalanib kemoqdalar. Bugungi kunga qadar yuqoridagi hamkor kompaniyalarning 200 000 dan ortiq xodimlari ELICE onlayn treningni 80% dan yuqori natija bilan yakunladilar.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_NUKUS_FILIALI

💻 TATU Nukus filiali "Cyber park" ning Qoraqalpog'iston Respublikasidagi dastlabki rezidenti bo'ldi.

Filial 2023-yilning 31-iyul sanasidan boshlab "Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki" (Cyber park) rezidentiga aylandi.

🤔 "Cyber park" rezidentiga aylanish qanday imkoniyatlarni beradi?

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlariga muvofiq "Cyber park" rezidentlari 2028-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlar va davlatning maqsadli fondlariga majburiy to'lovlardan ozod etiladi.

👏 Filialimiz jamaosini bu yangilik bilan tabriklaymiz va yurtimizda yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan maqsadli foydalanib, kelajakda davlatimiz rivoji uchun xizmat qilishini tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM