TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.9K photos
2.2K videos
253 files
4.44K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#tabassum_time

🧑‍💻 TATU talabalasi IT (AyTi) kompaniyasiga ishga kirayotgandagi intervyu..



🧑‍💻 Когда студент ТУИТ проходит интервью в IT компании...

@taturektori
#TATU_QF

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abduraxmonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialiga tashrif buyurdi

Tashrif davomida vazir Ibrohim Abduraxmonov davlat-xususiy sherikchilik asosida universitetning Qarshi filialida qad rostlayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, mas’ullar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, vazir yangi yotoqxona hududini yashil makonga aylantirish uchun obodonlashtirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratish hamda suv ta’minoti va elektr energiyani tejash maqsadida, quyosh panellari bilan jihozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.

Ma’lumot uchun: mazkur talabalar turar joyi mustaqilligimizning 32-yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada turar joyga ehtiyoji bo‘lgan talabalar to‘liq turar joy bilan ta’minlanadi.

👉
@TUITKF_UZ
#Qabul2023
#yangi_yõnalishlar
#TATU

Bugun o‘qishga topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

❗️Abituriyentlar bugun soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2023-2024 o'quv yilidan boshlab yangi yo'nalishlar faoliyat yuritishi haqida eslatib o'tamiz:

Yangi bakalavriyat yo'nalishlari:
• Logistika injiniringi ;
• Elektr aloqa injiniringi.

Yangi magistratura mutaxassisliklari:
• Raqamli kriminalistika;
• Professional ta'lim nazariyasi va metodikasi ;
• Fotonika va optik aloqa.

Murojaat uchun:
📞+998 71-238-55-55;
E-mail: [email protected]

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif
#TATU

Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta'lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 20-iyul kuni TATUning hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektori Sh.To‘rayev hamda TATU Samarqand filiali direktori Z.Qarshiyev bilan birgalikda Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurdi.

🎓 Texnikumning kutubxonasi, kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari uchun tashkil etilgan oʻquv xonalari faoliyati bilan tanishdilar.

📄 Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qilinib, ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarini yangilash, hamkorlikda adabiyotlar yaratish va ilmiy maqolalar tayorlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilandi.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM