TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.8K photos
2.19K videos
253 files
4.4K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kulgu_vaqti #Obunachimizdan

A'lochi talaba: Imtihon oldi yuragi to'xtab qolay deydi
Fanni nomini ham bilmaydigan talaba:



Отличник: ловит три приступа перед экзаменом.
Чел, который не знает название
предмета:


https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_tong
#Доброе_утро

🤗Xayrli tong! Haftaning ilk kuni - Dushanba maqsadlaringizga asosiy qadam qo'yishingizga qulay fursat bo'lsin! Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo'lsin deb qolamiz. Imtihonlarda barchaga omad!



🤗Доброе утро! Пусть первый день недели - понедельник-станет для вас удобной возможностью сделать основной шаг к своим целям! Желаем чтобы хорошее настроение было вашим спутником в течение дня. Удачи всем на экзаменах!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #foydali

😡 Ortiqcha jahldorlik sizni kasal qiladi!

😤 Olimlarning ta'kidlashicha, jahldorlik, asabiylik, g'azab ayniqsa, o'pkaga yomon ta'sir qiladi. Ko'p asabiylashadigan kishilarda bora-bora xavfli o'pka kasalliklari rivojlanishi ham mumkin.

Inson jahli chiqqanda:

🩸 Kishi tanasida adrenalin gormoni miqdori oshadi. Qonga ortiqcha adrenalin chiqarilishi hisobiga metabolizm jarayoni tezlashadi, qon bosimi ortadi;

🧠 Bosh og'rig'ini yuzaga keltiradi;

🥙 Oshqozonda ovqat hazm bo'lishini qiyinlashtiradi;

🧪 Terida ekzema paydo bo'lishiga sabab bo'ladi;

🫀 Shu bilan birga yurak kasalliklari, nafas bo'g'ilishi kabi xastaliklarni yuzaga keltiradi;

🫁 Immunitet tizimi susayadi, hattoki saraton hastaligining dastlabki unsurlarini paydo qiladi;

💁‍♀ Shu sababli aziz talabalar, asablaringizni asrang! Yaqinlashayotgan sessiyada esa omad yor bo'lsin!

@tuituz_official
#ObHavo
#tezkor_xabar

🌤 O'zbekistonda havo harorati biroz pasayadi.

☔️ O'zgidrmoetning xabar berishicha 12,13,14-iyun kunlarida O'zbekistonning ayrim hududlarida yomg'ir yog'ishi kutilmoqda. Havo harorati esa +38°C, kechasi +23°C ni tashkil qiladi.



🌤 В Узбекистане температура воздуха понижается.

☔️ Как сообщает Узгидромет, 12,13,14 июня в некоторых районах Узбекистана ожидаются дожди. А температура воздуха +38°С, ночью +23°С.

@tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | «Job Fest» - IT-соҳасидаги бўш иш ўринлари кўргазмаси
#11june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#IjodkorTalabamizdan

Koʻnglim ketdi ul go'zalga

Xayolimni oʻgʻirlagan ul goʼzalning,
Uzun sochi oʻynar mayin shabbodaga.
Taqdirimga yozilgan qiz shumikin-a,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga.
Yotsam-tursam fikr-u yodim oʻshal qizda,
Oʻshal kuni qaytar edi u oʻqishdan,
Ul parivash chiqardiku meni izdan,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga.
Oshiq boʻldim ul qizchani koʻzlariga,
Qulogʻimga bolday yoqqan soʻzlariga,
Oshiqdirman kulib turgan yuzlariga,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga.
Qalam qoshi,nayza misol kipriklari,
Bir soniya xayolimdan ketmas nari,
Mening uchun oʻn besh kunlik oy singari,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga.
Oʻn sakkizga kirgan ekan boʻlajak yor,
Uni deya tunlarim ham oʻtar bedor,
Ul qizga men muhabbatim etay izhor,
Bir koʻrishda koʻnglim ketdi ul go'zalga

Radio va mobil aloqa fakulteti,
830-22 MTo' Mamajonov Xolmuhammad
#IjodkorTalabamizdan

OXIRI BOR

Gul ekmasang tosh ham ekma birodarim.
Bu dunyoda hamma mexmon, ko‘ngli yarim.
Bor haqiqat, yolg‘oni yo‘q aytganlarim.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Tug‘ildingmi demak bir kun o‘lmog‘ing bor.

Kimdir kelib qozoninga et solmagay.
Rizqi butun sahroda ham och qolmagay.
Faqat Alloh, o‘zgasi hech jon olmagay.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Gulladingmi bir kun xazon, so‘lmog‘ing bor.

Bu dunyoning boyliklari sarob bilsang.
Jannat senga bag‘rin ochar savob qilsang.
Bil nodonsan chin dunyongni xarob qilsang.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Olovmisan, qancha yonma so‘nmog‘ing bor.

Otang ketdi, onang ketdi qolib bulmas.
Har kishini ko‘nglin birdek olib bo‘lmas.
Bu dunyoga kelgan mag‘lub, g‘olib bo‘lmas.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Beshik minding, demak tobut minmog‘ing bor.

Ikki eshik orasi bu yurib o‘tding.
Kimdir qasr, kimdir kulba ko‘rib o‘tding.
Biring yig‘lab, biring davron surib o‘tding.
Peshonangda neki bo‘lsa ko‘rmog‘ing bor.
Tuproq eding, yana tuproq bo‘lmog‘ing bor.


TATU talabasi Jumayev Zamonbek
#Himoya #Diplom_ishi

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti Menejment va marketing kafedrasida bitiruv ishlari himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Menejment va marketing kafedrasida faoliyat olib borayotgan Davlat attestatsiya komissiyasi 5232800 – Elektron tijorat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining bitiruv ishlarini eshitdi.

📄Himoya davomida bitiruvchi talabalarning bitiruv ishlari asosida yaratilgan elektron savdo platformalari, olib borgan tahlil va natijalarga alohida e’tibor berildi va attestatsiya komissiyasi a'zolari bir-biridan qiziqarli hamda foydali elektron savdo platformalari yaratilganligini alohida ta’kidlab o’tdi.

🥳Barcha 5232800– Elektron tijorat ta’lim yo‘nalishi “ilk qaldirg’ochlari” belgilangan tartibda bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Himoya qilgan bitiruvchi talabalarimizning kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qiziqarli

🌞🐿Yozning bu jaziramasida olmaxonlar ham daraxtni tark etib, suv chang'isi poygasini uyushtirib dam olishmoqda.

😍 Keling bir daqiqa barcha tashvishlarni esdan chiqarib, ushbu yoqimli manzarani kuzatsak!



🌞🐿 В эту летнюю жару даже белки покидают дерево и отдыхают, устраивая гонки на водных лыжах.

😍 Давайте на минуту забудем обо всех заботах и понаблюдаем за этой милотой!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya
#TATU

🎓 Mana yoz kelib sessiya vaqti boshlandi, talabalarimizning qay darajada imtihonga tayyorgarlik ko'rgani va imtihondan qanday natijalar bilan o'tganliklari haqida kichik intervyu uyushtirdik.

🍀Barcha talabalarga a'lo kayfiyat va imtihonlarda omad tilaymiz!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kulgu_vaqti
#Obunachilarimizdan

🤔Do'stlaring bilan tushlik qilganingdan keyin kim kimga qancha pul berishi kerakligini hisoblashga urinayotganingdagi holat



🤔Когда пообедали вместе с однокурсниками и пытаетесь разобраться кто ко и сколько теперь должен скинуть денег

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UZINFOCOM
Iste’dodlilarni izlamoqdamiz 💡

O‘tgan oy oxirida biz Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdik. Aynan ushbu yarmarkada yosh va iste’dodli talabalar bilan uchrashdik hamda ular bilan “Yagona integrator UZINFOCOM” kompaniyasidagi kasbiy imkoniyatlar haqida o‘rtoqlashdik.

Ushbu yarmarkada biz kichik viktorina o‘tkazdik. To‘g‘ri javob bergan talabalar UZINFOCOM ofisiga kelib kompaniya loyihalari bilan tanishish, guruh rahbarlari bilan uchrashish va test topshirig‘ini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bugun, aynan o‘sha talabalar bilan kompaniya ofisida uchrashdik! Talabalarga test topshirig‘ini bajarishda o‘z bilimlarini ko‘rsata olishlarini va jamoamizga qo‘shilish imkoniyatini qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz 🙌

____

Ищем таланты 💡

В конце прошлого месяца мы участвовали на ярмарке вакансий в ТУИТ. Именно там мы встретились с молодыми и талантливыми студентами, с которыми поделились профессиональными возможностями в компании UZINFOCOM.

Тогда же мы провели небольшую викторину. Студенты, которые ответили правильно, получили возможность прийти в офис UZINFOCOM, чтобы познакомиться с проектами компании, встретиться с тимлидами и выполнить тестовое задание.

Именно этих студентов мы встречали сегодня в офисе компании. Желаем ребятам проявить все свои знания при выполнении ТЗ и получить шанс присоединиться к нашей дружной команде! 🙌


🕊Telegram 📱Instagram📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM