TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.8K photos
2.2K videos
253 files
4.42K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik
#Bitiruv_kechasi

🎓Universitetimizning barcha bitiruvchilari uchun ajoyib yangilik!

🥳Joriy yilning iyun oyida biz siz uchun umr bo'yi esda qoladigan ajoyib bitiruv kechasini tayyorlaymiz! Sizni barcha bitiruvchilar bilan fotosessiya, diplomlarning tantanali topshirilishi, shuningdek unutilmas fotosuratlar uchun maxsus fotozona kutmoqda! Bu hali hammasi emas.. .Bu kunni o'zgacha va esda qolarli tarzda o'tkazing!  Hayotingizdagi eng muhim voqealardan birini– universitetimiz bitiruv kechasini o'tkazib yubormang!

❗️Bitiruv kechasi haqidagi yangiliklarni rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring. Ushbu ajoyib yangilikni kursdoshlaringizga yuborib qo'yishni unutmang!



🎓Отличные новости для всех выпускников нашего университета!

🥳В июне этого года мы готовим для вас крутой выпускной, который запомнится на всю жизнь! Вас ждет фотосессия со всеми выпускниками, торжественное вручение дипломов, а также специальная фотозона для незабываемых фотографий! И это только часть того, что мы вам подготовим! Сделайте этот день особенным и запоминающимся! Не пропустите самое главное событие этого года – выпускной в нашем университете!

❗️Следите за новостями о выпускном в наших официальных социальных сетях. Не забудьте отправить эту замечательную новость своим однокурсникам!

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz_qutlaymiz
#TATU_talabalari
#Ustoz_shogird

👨‍💻IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

💻Axborot-kompyuter texnologiyalari va dasturlash kafedrasi Assistenti Yaxshiboyev Rustam Erkinboy o'g'li rahbarligida "Radio va Mobil aloqa" fakulteti 3-bosqich talabasi, "Muhammad al-Xorazmiy" stipendiyasi sohibi Qudratillayev Meirbek Baxitbay o'g'li “IBM Cybersecurity Analyst Assessment Professional" kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo'ldi va ushbu imkoniyatni qo'lga kiritdi.

⭐️Qudratillayev Meirbekni ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishini tilaymiz.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_mening_õlkam
#Ijodkor_talabamizdan

Bu mening Vatanim, bu mening oʻlkam

Minglab avliyolar yetishib chiqqan,
Goʻzal shaharlari barchaga yoqqan,
Hatto choʻllarida oʻsmaydi tikan,
Bu mening Vatanim, bu mening oʻlkam.

Quyosh nur sochadi kunduzi tinmay,
Xalqi mehnat qilar charchoqni bilmay,
Yerga choʻp qadasa navnihol ungay,
Bu mening Vatanim, bu mening oʻlkam.

Bogʻlarda pishadi shirin mevalar,
Togʻlarda oʻsadi qizil lolalar,
Donin yegan qush ham ketolmay qolar,
Bu mening Vatanim, bu mening oʻlkam.

Ellarni bogʻlagan ipak karvoni,
Soʻlim tabiati dardning darmoni,
Sharbat suvlari-yu, koʻm-koʻk osmoni,
Bu mening Vatanim, bu mening oʻlkam.

TATU 830-22 guruh talabasi - Mamajonov Xolmuhammad Murodjon o'g'li
#Xotira_kuni

🟦9 may – "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” nomli tadbiri o'tkazildi va talaba-yoshlar bilan «Shon-sharaf» davlat muzeyi, «Mangu jasorat» va «Matonat madhiyasi» monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni o‘z ichiga olgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadimiz”, "G'alabaga erishganimizning 78 yilligi" va “9-may – Xotira va qadrlash kuni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi global dunyoda tinchlikning qadri, Ikkinchi jahon urushining insoniyatga yetkazgan zarari, mazkur urushda ishtirok etgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish nechog‘li ahamiyatga ega ekanligi xususida fikrlar bildirishdi.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Cybersport

🏆 332 mln so'mlik sovrin jamg'armasiga ega Uzbekistan Esports Championship grand finali 7-may kuni bo'lib o'tadi!

Kibersportchilar CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFootball kabi yoʻnalishlarda bellashadilar.

Ro'yxatdan o'ting hamda Oʻzbekistondagi eng yirik kiberturnirga tashrif buyuring!

Ro'yxatdan o'tish!

⚠️ Kirish ro'yxatdan o'tish orqali!

__________

🏆 Гранд-финал Uzbekistan Esports Championship с призовым фондом в размере 332 млн. сумов состоится уже 7 мая!

Бороться киберспортсмены будут в таких дисциплинах, как CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFootball.

Регистрируйтесь и посетите крупнейший кибертурнир Узбекистана!

Регистрация!

⚠️ Вход только по регистрации!
#TATU
#Rektor_kubog

💻Joriy yilning 3-may kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  "Rektor kubogi" musobaqasining 1-bosqichi uchun “Kompyuter injiniringi" fakultetida saralash o'yinlari bo'lib o'tdi.

🏆Musobaqalar fakultetlararo tashkil etilib, har bir fakultet o'z terma jamoalarini saralab olвш. G'olib jamoalar esa fakultetlararo final bosqichida kuch sinashadilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM