TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Trening

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Germaniyaning Chemnitz texnika universiteti professori Uranchimeg Tudevdagva honim tomonidan trening o'tkazildi.

🟦Trening “Personal development training for university members” mavzusidagi bo’lib o’tdi. Trening kursi yakunida universitetimizning professor-o‘qituvchilariga sertifikatlar taqdim etildi.

🗒Ushbu trening professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyatini yanada oshirishga qaratildi, trening orqali professor-o'qtuvchilar ko'plab foydali va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mitc
#Xalqaro_Olimpiada

⌨️TATU talabalari, Phd/dasturchisi Hojiyev Sunnatillo hamda 🔍"Google" xalqaro experti - Bartosz Kostka bilan hamkorlikda Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

📌Joriy yilning 7-16-aprel kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlariga xorijiy ekspert – Bartosz Kostka, shuningdek, TATU dasturchisi Hojiyev Sunnatillo jalb etildi.

🗒Bartosz Kostka xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi bo‘lgan, shuningdek 2016-2020-yillarda Polsha terma jamoasi murabbiyi bo‘lib, o‘quvchilari 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza qo‘lga kiritishgan.

👨‍💼O‘quv mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar xalqaro olimpiada topshiriqlarini baholash mezonlari, yechish usullari, bajarish texnikalari hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash metodikalarini o‘rganishdi.

🎁Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
China Mobile kompaniyasining Data markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda markazning ish faoliyati bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Gonkong shahrida joylashgan China Mobile kompaniyasining Data markaz rahbariyati bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4420

#mitc
#xitoy
#tashrif
#uchrashuv

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
#ZTE
#Memorandum

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining "ZTE" universiteti bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

Ushbu memorandumga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, ta’lim va tadqiqot resurslarini almashinish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi. So'ngra, universitetlarni tanishtirish bo‘yicha taqdimotlar qilindi, universitet tarixi, bugungi ko‘rsatkichlari, erishgan yutuqlari va imkoniyatlari haqida so'zlab berildi.

📄Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha har ikkala universitetning imkoniyatlari o‘rganildi

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM