TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#o‘z_maqsadlaringni_bil
#chorlov
#konstitutsiya
#meniki
#seniki
#bizniki
#oʻzimizniki

📌 “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

TATU Samarqand filiali ''Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta'limi'' fakultetida “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki” shiori ostida, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targʻibotiga bagʻishlangan “Yoshlar va Konstitutsiya” nomli targ'ibot tadbir bo‘lib o‘tdi.

Facebook|Telegram|Instagram|YouTube|
"Sport va salomatlik"

🔷Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida talabalarni o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi TATU Urganch filiali Boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi X.Davletov mas'ulligida "Sport va salomatlik" sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

Talabalar sportning "Futbol", "Voleybol", "Stol tennis" va boshqa turlari bo'yicha baxslashishdi va faol ishtirok qilishdi. Talabalarni sport bilan shug‘ullanishga odatlanishi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlari o‘zlari uchun juda ham foydalidir.

🔗Telegram | Instagram | Youtube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#MITC
#yurtimizniobodqilaylik

❤️Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari hamda oliygoh matbuot xizmati hodimlari Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” shiori ostida tashkil etilgan tanlovda faol ishtirok etib, Toshkent viloyatida joylashgan Krasnogorsk hududida 2 gektar maydonda chiqindilardan tozalash aksiyasini o'tkazdi.

❗️Eslatib o'tamiz, yurtimizning eng go'zal maskanlaridan biri bo'lgan ushbu hudud so'ngi kunlarda tashrif buyuruvchilarni ko'pligi va ba'zi dam oluvchilar o'zlaridan keyin yeg'ishtirmay ketishi oqibatida chiqindilarga to'lgan.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sertifikat

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Avvalgi ro‘yxat 👉bu yerda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Befarqemasman
#YangiKonstitutsiya

🇺🇿Yangilanayotgan Konstitutsiyada surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta eng muhim kafolatdan xabardormisiz?

1. Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.

2. Shaxs o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

3. Aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

4. Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

5. Shaxs o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

6. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

7. Hibsga olish, qamoqqa olish va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

8. Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishini cheklashga hamda uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq
va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

9. Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_QF

🇺🇿Xalq Konstitutsiyasi - xalq tanlovi

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tomonidan Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik liseyida Qarshi mahallasi fuqarolari va yoshlar ishtirokida “Xalq Konstitutsiyasi – xalq tanlovi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda filial direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Amanov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Hikmat Safarov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti Azamat Xudoyqulov hamda Qarshi tumani deputati Anvar O‘tkirovlar so‘zga chiqib, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitusiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Ya’ni, Konstitusiyamiz qariyb 65 foizga yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM