TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
16.9K photos
1.9K videos
251 files
4.1K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#KulguVaqti

Odatda frilanserlar 😅
_

Типичные фрилансеры 😅

Manba
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YANGILIKLAR
#IXTIROLAR

👍Texnologiya olamidagi eng sara yangiliklarni siz bilan bo'lishishdan hamisha mamnunmiz. Haftaning qaynoq ixtirolari: robot advokatlar, quyosh nurlari yordamida ishlaydigan mashina va shu kabi foydali ma'lumotlarga ega bo'ling!

☺️Bizni kuzatishda davom eting
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
#Tezkor

❄️O‘zbekistonda keyingi haftada -10°C gacha bo‘lgan sovuqlar va yana qor qaytishi kutilmoqda

❗️Sinoptiklarning xabar berishiga ko‘ra, kelgusi haftaning oxiriga kelib butun mamlakat bo‘ylab tunda havo harorati -5°...-10°gacha pasayadi. Yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, kunlik harorat +1° va undan yuqori darajada saqlanadi.

❄️В Узбекистане на следующей неделе снова ожидаются заморозки до -10°C и снег

❗️По данным синоптиков, к концу следующей недели ночная температура воздуха по всей стране составит -5°...Понижается до -10°. Ожидается, что дождь превратится в снег. При этом дневная температура поддерживается на уровне +1° и выше.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IjodkorTalabalarimizdan

Yoshlik qaytmas ekan onajon

Qanday yaxshi ekan bolalik,
Yodga olsam bosar hayajon.
Ming sogʻinib yodga olsam ham,
Yoshlik qaytmas ekan onajon.

Qaytarolsam oʻsha onimni,
Qoʻlga olsam kulcha nonimni,
Berar edim hatto jonimni,
Yoshlik qaytmas ekan onajon.

Gʻam tashvishdan yiroq yashardim,
Anxorlardek toʻlib toshardim,
Maktabimga yelib shoshardim,
Yoshlik qaytmas ekan onajon.

Bolalik ham oqar suv ekan,
Ortga qaytmas sogʻinch bir jaxon.
Ming afsusda yonganim bilan,
Yoshlik qaytmas ekan onajon.

Daraxtlarga chiqib yurardim,
Doʻstlar bilan oʻynab kulardim,
Quyosh botsa uyga kirardim,
Yoshlik qaytmas ekan onajon.

Esda hamon aytar soʻzingiz,
Shoxlik qilma bolam Zamonjon.
Sogʻinsa ham Zamon oʻgʻlingiz,
Yoshlik qaytmas ekan onajon.

Hayotiy she'rlar muallifi Jumayev Zamonbek
Kompyuter injiniringi fakulteti,
216-19 guruh talabasi
Hurmatli talabalar!

👩‍💻Research_Exchange_Program

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sizlarni Ilmiy almashinuv dasturiga (research exchange program) taklif etadi.

Dastur Yaponiyaning Shibaura Institute of Technology Universitetida joriy yilning iyul-avgust oylariga mo'ljallangan.

📌Dastur uchun talablar:
Tilni bilish darajasi
: IELTS 6.5+
GPA: 4
Bosqich: kamida 3-bosqich bo'lish talab etiladi.

Dasturga magistrantlar ham qatnashishi mumkin.

Oxirgi semesterda tahsil oliyotgan bakalavr va magistrantlar ishtirok etolmaydilar.


Iltimos yuqoridagi talablarga rioya qiling.

🖇Hujjatlaringizni shu link orqali topshirishingiz mumkin!


Muddat: 20-fevral, 2023-yilgacha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻Aziz talabalar, sizlar uchun bo'sh vaqtingizni maroqli o'tkazish maqsadida intellektual o'yin o'tkazishga qaror qildik.

🧠«TUIT - Brain games» intellektual oʻyini Samsung Galaxy S22 Ultra bosh sovrini bilan!🤩🔥

O'yin 2 bosqichda, yakka tartibda bo'lib o'tadi:

1- bosqichda sizni tarix, geografiya, adabiyot, sanʼat va boshqa turli fanlardan hamda sport va dunyo yangiliklari ruknidan savollar kutmoqda. (Online tarzda, 11- fevral soat 18:00da)

2- bosqichda faqatgina mantiqiy savollarga javob berasiz. (1 - bosqichdan o'tgan talabalar offline tarzda ishtirok etishda)

🎓Ishtirok uchun quyidagi guruhga o'tishingiz kerak (Faqat TATU talabalari uchun)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabasi xalqaro ilmiy forum doirasida tashkil etilgan taqdirlash marosimida "ILM-FAN IFTIXORI" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi tashabbusi bilan respublikamiz va bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar va talabalar ishtirokida onlayn shakldagi “XALQARO ILMIY FORUM” tashkil etilgan edi.

28-yanvar Toshkent shahar yoshlar markazida mazkur forum ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

🎓Ushbu tantanali marosimda Radio va Mobil aloqa fakultetining 3-bosqich talabasi Qudratillayev Meirbek “ILM-FAN IFTIXORI” esdalik ko‘krak nishoni, maxsus guvohnoma hamda xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

🎉Talabamizni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Vines
#KulguVaqti

🎓Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar turlari

😆Agar shularga o'xshash kursdoshlaringiz bo'lsa, ularga ushbu videoni yuborishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Tashkiliy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Jo‘raev Lazizjon Norovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
#Taqdimot

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ijodkor talabalarining "She'riy to'plam" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi. Kitobda talabalar tomonidan yozilgan she'rlar joy olgan.

Ushbu "She'riy to'plam" kitobini chop etishdan asosiy maqsad - universitetimizda shoirlarni kashf etish hamda ularning iste'dodini talaba-yoshlarga namuna qilib ko'rsatishdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugunning_hikmati


Boshni fido ayla ato qoshigʻa,
Jismni qil sadqa ano boshigʻa.
Tun-kuninggʻa aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.

Alisher Navoiy