TATUQF.UZ | offical
1.95K subscribers
6.11K photos
580 videos
72 files
2.09K links
🏛 TATU Qarshi filiali yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi

🌐 Veb sayt: https://tuitkf.uz
☎️ Telefon, Faks: 75 228-02-32
📩 E-mail: [email protected]
⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Beshkent yo'li 3-km.

Talabalar murojaati uchun: @hikmat_safarov
Download Telegram
⚡️Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatrida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, vatanparvarlik, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar aks ettirilgan mazkur tadbirda turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, shu jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar qatnashdilar.

Teatr sahnasida ijod ahlining Vatan, xalq, ona kabi mavzulardagi sheʼrlari oʻqildi, qoʻshiqlar ijro etildi. Yosh qalamkashlar ham oʻz ijod mahsullarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola qildilar.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Favqulodda vaziyat boshqarmasi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekistonga yoz fasli kelib, oqar suv havzalarida cho‘milish mavsumi boshlanganligi, shu sababli yoshlar o‘rtasida cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘payotganligi aytib o‘tildi.

Tadbirda cho‘milish qoidalariga amal qilish, suzish havzalarida “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!” so‘zlarini ko‘rganda suvga tushmasligi, tubining holati va chuqurligi noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakramaslik bo‘yicha talaba-yoshlarga tushunchalar berildi.

👉
@TUITKF_UZ
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ro‘yxatdan o‘tish
Bilimni baholash agentligi
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat

⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim


Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan.

1-OVOZLI CHAT:
2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida IT mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda IT sohasiga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va abiturientlarni vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur yarmarkada TATU, Toshkent shahridagi INHA va Amity universitetlari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abiturientlar uchun vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha seminar treninglar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, bitiruvchi talaba-yoshlar uchun viloyatdagi soha korxona tashkilotlarining bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

👉
@TUITKF_UZ
#Yoshlar_oyligi_2024

⚡️TATU Qarshi filiali jamoasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogini qo‘lga kiritdi

Yoshlar oyligi doirasida yosh harbiy xizmatchilar va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogi uchun futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Natijada
🥇 1-o'rinni TATU Qarshi filiali jamoasi;
🥈 2-o'rinni Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugi;
🥉 3-o'rinni esa Xalqaro innavotsion universiteti jamoasi
gʻoliblilni qoʻlga kiritdi.


🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasini ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz hamda viloyat II liga musobaqalarida omad tilab qolamiz.

👉
@TUITKF_UZ