TDSHU • ТГУВ • TSUOS
6.09K subscribers
11.3K photos
1.33K videos
185 files
6.63K links
TDSHU rasmiy kanali
Официальный канал ТГУВ

Veb-sayt tsuos.uz
Facebook fb.com/tsuos.uz
Instagram instagram.com/tsuos.uz
Twitter https://twitter.com/tsuos_uz
YouTube youtube.com/c/tsuosuz

Murojaat uchun @tsuos_bot
Rektorga murojaat tsuos.vqabulxona.uz
Download Telegram
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hindshunos mutaxassislari Hindistonning Mahatma Gandhi Xalqaro hindiy tili universitetida sinxron tarjimonlik bo'yicha malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlab, C1 sertifikatlarini oldilar.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
Bugun yurtimizning barcha ta’lim muassasalari qatori Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham yangi o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Unda universitet jamoasi, xodimlari, faxriy ustozlari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni universitet rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna kirish so'zi bilan ochib berdi va yig'ilganlarni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan muborakbod etib, sharqshunoslik deya atalmish uzoq tarixga ega oliy dargohning barcha talabalariga 2022-2023- o'quv yilida kuch-g'ayrat, muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Студия 24 | Мирсодиқ Исҳоқов - Тошкент давлат шарқшунослик университети профессори, тарих фанлари доктори билан суҳбат
#5sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi bilim uchun, kelajak uchun o‘qish kerak – A.Toshqulov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bo‘lib, yangi oʻquv binosi ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbat qurdi, yoshlarni faqat bilim olish va tinimsiz izlanishga chorladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Edu.uz
#Yangi_o‘quv_yili

Yangi oʻquv yiliga — yangi oʻquv binosi

Bugun barcha oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining ilk kuniga bagʻishlangan tadbirlar koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi. Ushbu jarayonda vazirlik mutasaddilari ham ishtirok etib, oliygohlarda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirishdi va talabalikka qabul qilingan yoshlarni samimiy qutlashdi.

Batafsil ushbu havolada 👈

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
🔥TDShU yoshlar ittifoqi BT Kengashi jamoasi 2022-2023-oʻquv yilida talabalik baxtiga erishgan yoshlar bilan "Mustaqillik dars"larida suhbatlashishdi.

Suhbat davomida universitet yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud klub va toʻgaraklar, koordinator va yetakchilar tanishtirildi.

📣 Shu oʻrinda universitetimizning barcha iqtidorli va tashabbuskor yoshlarini yaqin kunlarda tashkil etiladigan fakultet va universitet YI Kengashlariga oʻz nomzodlarini qoʻyishga chorlab qolamiz.

🤩Siz iqtidorlimisiz, oʻz gʻoyalaringiz bilan universitet va fakultet ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishni xohlaysizmi, balki sizni tadbirkorlik va mehr-sahovat loyihalari qiziqtirar, sport musobaqalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etishni yoqtirasizmi?!

Unday boʻlsa Sizni Kengashimizning oʻzi kichik, ammo, ichidegi insonlarining bagʻri keng boʻlgan, qaynoq energiyaga boy yoshlar ittifoqi xonasida kutamiz.

Jamoamiz sizni oʻz safida koʻrishdan mamnun boʻladi 🤝

@tsuos_yu
📝 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy loyiha rahbari, filologiya fanlari doktori, dotsent Rixsitilla Alimuhamedovning "Yangi O'zbekiston" gazetasida 2021-2023 yillarga mo'ljallangan "Yevropa fondlarida saqlanayotgan, O'zbekistonda mavjud bo'lmagan turkiy qo'lyozmalar bazasini va "Yevroturcologica.uz" elektron platformasini yaratish" ilmiy loyihasida Vengriya davlatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasidagi natijalar xususida "Inovatsion loyiha turkiy qo'l yozmalarni o'rganadi" nomli ilmiy maqolasi chop etildi.

📝 Maqola bilan tanishish uchun..

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TDSHU_OAVda
#ТГУВ_в_СМИ
#TSUOS_in_Mass_Media

Taraqqiyot formulasi | Oliy ta’limda xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar yuzasidan TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva nutqi

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
📘 «Eski o‘zbek yozma adabiy tili» — xalqaro tanlovda "Fan va ta'lim" nominatsiyasida sovrindor bo'ldi

3-sentabr kuni Moskva xalqaro kitob yarmarkasi doirasida "Kitob san’ati" xalqaro tanlovi laureatlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mas’ul xodimi va boshqa vakillar 4 ta 1-o‘rin va ikkita 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan nashrlar uchun diplomlarni qabul qilib olishdi.

Xususan, filologiya fanlari doktori, professor Qosimjon Sodiqovning «Eski o‘zbek yozma adabiy tili» kitobi "Fan va ta'lim" yo'nalishida uchinchi o'rinni egalladi.

💡 Qiziq jihati, kitob bundan roppa-rosa bir yil avval nashrdan chiqib, kitobxonlar qo'liga yetib borgan edi.

📚 @akademnashr | #xushxabar

Instagram | Facebook | Twitter