Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.64K subscribers
3.81K photos
1.36K videos
10 files
2.87K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: [email protected]
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
📣📣📣DIQQAT E‘LON❗️❗️❗️📣📣📣

87-sonli avtobus yo‘nalishi qisqartirilmoqda!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transport tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida,

2023-yil 5-avgust kunidan boshlab:

🚌 87-sonli “Qora qamish 2/4-mavzesi – Chinni bozori” yo’nalishi harakati Chinni bozori bekatidan Al-Xorazmiy bekatigacha qisqartiriladi.

MA’LUMOT UCHUN: 87-sonli yo’nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo’lovchilar Chinni bozorigacha yetib olish uchun 146-sonli avtobus yo’nalishi xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube
#rasmiy_maʼlumot

"Yutong CNG" rusumli avtobus va "ZIL" rusumli avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 27-iyul kuni "Ko дну" telegram kanalida "Yutong CNG" rusumli avtobusning texnik holati yuzasidan tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
2023-yil 26-iyul kuni, soat 21:30 larda, Jamiyatning "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|927 LKA bo'lgan, "Yutong CNG" rusumli, 147-sonli "Chorsu savdo markazi - Chinni bozori" avtobus (haydovchisi U.A) Uchtepa tumani, "Istirohat" ko'chasi bo'ylab "18-Avtobus saroyi"ga harakatlanib borayotganda, u bilan bir yo'nalishda harakatlanayotgan davlat raqami 01|S 746 EB bo'lgan, "ZIL" rusumli avtomobil (haydovchisi T.M ) avtobusni quvib o'tayotgan vaqtda, oraliq masofani hisobga olmasdan avtobusning o'ng orqa yon qismida joylashgan kuzov, eshik hamda avtobus kuzovining tashqi qismidagi oynalariga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Sodir etilgan ushbu yo'l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo'q. Avtobus texnik shikastlangan.

"ZIL" rusumli avtomobil haydovchisi T.M aybdorlikni tan olib, avtobusga yetkazilgan zararni to'liq qoplashini aytganligi sababli, xolislar ishtirokida joyida dalolatnoma (Европротокол) tuzilib, "18-Avtobus saroyi"ga joylashtirilgan.

Bugun, 27-iyul kuni soat 10:00 larda ushbu avtobusni ta'mirlash uchun, "2-Avtobus saroyi"ga THAY bo'ylab olib ketilayotgan vaqtda, fuqarolar tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan.

"2-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlari tomonidan mazkur avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilib, tez kunlarda qayta yo’nalishda xizmat ko’rsatish uchun chiqarilishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 Mahalla telekanali, "Reportyor" informatsion teledasturi| Avtobuslar va elektrobuslar oynalari qoraytirilmoqda

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Hurmatli fuqarolar!

Yo’lovchi tashuvlari sohasida faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlar ishonch telefon raqamlari to’g’risidagi ma’lumot.

Ushbu ishonch raqamlari orqali o’z murojaatingizni qoldirishingiz mumkin.

«O'zbekiston temir yo'llari» АJ +998 71 237 99 98
«Uzbekistan Airports» AJ +99855 501 47 50
«Uzbekistan Airways» AJ +998 78 140 02 00
Toshkent avtovokzali + 998 71 207 87 00
«Toshshahartransxizmat» AJ 1062
Transport vazirligi 1167

Уважаемые граждане!

Представляем вам информацию о телефонах доверия организаций, осуществляющих деятельность в сфере пассажирских перевозок.

Вы можете оставить свое заявление или предложение по номерам ниже.

АО «O'zbekiston temir yo'llari» +998 71 237 99 98
АО «Uzbekistan Airports» +99855 501 47 50
АО «Uzbekistan Airways» +998 78 140 02 00
Ташкентский автовокзал + 998 71 207 87 00
АО «Toshshahartransxizmat» 1062
Министерство транспорта 1167
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Radio_muloqot

📻 “Oriat Dono” radiokanali “G'alvir” eshittirishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida, "Toshshahartransxizmat” AJ Yo‘lovchi tashishlarni tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi boshlig’i o’rinbosari Sanjar Mirzarahmedov, Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Murod Musaxadjayev, Axborot xizmati boshlig’i Muslima Obidova bilan jonli muloqot.

©️FM 106.5 “Oriat Dono” radiokanali.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
👮🏻‍♂️Poytaxtimiz bo'ylab yo'l harakati qoidalariga rioya qilmagan haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Haydovchilardan jamoat transport vositalarining erkin harakatlanishiga halaqit bermasliklarini so'raymiz.

ESLATMA:

🚌Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi
.

👉Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

Avtobus mostdan tushib ketganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🔹Joriy yilning 29-iyul kuni, Telegram ijtimoiy tarmog’ida “Archa ko’chada avtobus ichidagi odamlari bilan mostdan tushib ketdi” degan xabarlar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ijtimoiy tarmoqlarda mostdan tushib ketganligi aytilayotgan avtobus Jamiyatning “4-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Mercedes-benz” rusumli avtobus hisoblanib, O’zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan maxsus suratga olinayotgan o’tkir syujetli “Uch qahramon” filmining tasvirga olish jarayonida amalga oshirilgan sahnalashtirilgan holat hisoblanadi. Shuningdek, filmni suratga olish jarayonida xavfsizlik choralari ko’rilgan bo’lib, hudud yo’l patrul xizmati inspektorlari tomonidan nazoratga olinganligini hamda suratga olish jarayonida hech bir fuqaro jabrlanmaganligini ma’lum qilamiz.

📌Ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu holatni noto'g'ri talqin qilmasliklarini so'raymiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
🚌 6 ойда 383 дона автобус ишлаб чиқарилган

🏢
Статистика агентлигининг дастлабки маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2023 йил январь-июнь ойларида жами 383 дона автобус ишлаб чиқарилган.

Йиллар кесимида автобус ишлаб чиқариш ҳажми:

— 2021 йил январь-июнь – 495 та

— 2022 йил январь-июнь – 483 та

— 2023 йил январь-июнь – 383 та

Ўзбекистонда 2023 йилнинг июнь ойида 43 дона автобус ишлаб чиқарилган.

👇 Каналларимизга аъзо бўлинг
|
Instagram| Facebook | Twitter | Telegram

🇺🇿 Лотинда
📣📣📣DIQQAT E‘LON❗️❗️❗️📣📣📣
88-sonli avtobus yo‘nalishi qisqartirilmoqda!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transport tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida,

2023-yil 5-avgust kunidan boshlab:

🚌 88-sonli yo’nalishda KING LONG avtobuslari tasarruf etilishi yo’lga qo’yiladi.

🚌 88-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf ko’chasi” yo’nalishi harakati bir tomonlama Oqqo’g’on ko’chasidan Mustaqillik, Mirzo Ulug’bek, Parkent ko’chalari orqali Parkent ko’chasida qisqartiriladi.
Yo’nalishning qaytish harakati Parkent ko’chasidan boshlanib keyingi harakati o’zgartirishsiz davom ettiriladi.

MA’LUMOT UCHUN: M.Yusuf ko’chasi so’nggi bekatida 88-sonli yo’nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo’lovchilar endilikda “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti” bekati orqali ushbu yo’nalish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo’ladi.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |Facebook|