Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.68K subscribers
3.93K photos
1.4K videos
10 files
2.93K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: [email protected]
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Video
#rasmiy_maʼlumot

Facebook ijtimoiy tarmog'ida joylashtirilgan tandiqiy post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Joriy yilning 9-avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmog’ida 121-sonli avtobusning validatorining QR-kod belgisi yo'qligi haqida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma’lum qiladi:
Ushbu holat "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, saroy raqami 692-bo’lgan "MAN CNG" rusumli, 121-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha - "Chinni bozori" avtobus yo’nalishida kuzatilgan bo’lib, mas’ul xodimlar tomonidan tezkor tekshiruv o’tkazilganda mazkur validator eski turdagi validatorlardan biri ekanligi aniqlandi. Ushbu nosozlik tezkorlik bilan bartaraf etilib, hozirda 121-sonli "Yuusobod mavzesi 9-daha - "Chinni bozori" yo’nalishida harakatlanuvchi mazkur avtobusning validatorlari yangi turdagisiga almashtirilganligini va yo'lovchilar mobil ilovalar yordamida validatorlardagi QR-kodni skanerlash orqali elektron to'lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda ATTO operatori bilan hamkorlikda avtobuslardagi barcha eski turdagi validatorlar yangi turdagisiga bosqichma-bosqich almashtirilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

📌Aziz yo'lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺O’zbekiston 24 telekanali, “Fakt 24” dasturi | Endi poytaxt jamoat transporti - avtobus va elektrobuslardagi xizmat ko’rsatish sifatini baholashingiz mumkin

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
⚡️⚡️DIQQAT E'LON !⚡️⚡️

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o’tkazish belgilangan.

🚌Shu munosabat bilan, joriy yilning 8-avgust kunidan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 71, 74, 97, 114, 121, 124, 126, 148-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshirila boshlaganligini ma’lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
"Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisi A.Z.Djuraevning HN nashriga bergan intervyusi...

🔹" Qanday qilib O‘zbekiston megapolisi bir necha yil ichida ekologik transport sohasida mutlaq yetakchiga aylana oldi?"
🔹"Nima uchun Toshkent jamoat transportini rivojlantirishga urg‘u beradi?"
🔹"Transport tizimining zamonaviy kontseptsiyasini rejalashtirish masalalari..."

➡️ Batafsil...

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 O’zbekiston 24 telekanali, “Fakt 24” dasturi|Uzunligi 18 metrli 200 ta avtobus 14 ta yo‘nalishda harakatlanmoqda

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
⚡️⚡️DIQQAT E’LON !⚡️⚡️

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, joriy yilning 14-avgust kunidan boshlab,

🚌 171-sonli “Bo'zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda. Yo'nalish harakati Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Boʻzsuv QFY hududidan 4K716, M-39 avtomobil yoʻllari va Bunyodkor shoh koʻchasi orqali “Chilonzor metrosi” bekatiga qadar, ish tartibi soat 05:30 dan 21:10 gacha etib belgilandi. Mazkur yo'nalishda xizmat ko`rsatish huquqi Jamiyatning "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilib, yo'nalishda kichik sig'imli ISUZU rusumli avtobuslar harakatlanishi belgilanganligini ma'lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Diqqat e’lon !

🚌 “D”, “E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etamiz!

Avtobus haydovchisi kasbida ishlang va:
* 15 kunlik ish smenasi;
* 5.000.000dan 10.000.000 so’mgacha miqdorida oylik maoshi;
* Maxsus kiyim-bosh;
* Kafolatlangan mehnat ta’tili;
* Ahil jamoada ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

📌Eslatib o’tamiz, ishga qabul qilish jaroyonida sizning nazariy va amaliy jihatdan haydovchilik ko'nikmalaringiz sinovdan o'tkaziladi.

☎️ Jamoat transporti haydovchisi kasbida ishlash istagida bo’lganlar (71) 233-03-23 va (93) 505-03-23 telefonlari orqali murojaat qilishlarini so’raymiz.

☝️😎Katta bolalar KATTA AVTOBUS boshqaradi!😎

#katta_akalar_qatorida_bol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Radio_muloqot

📻 “O'zbekiston” radiokanali “Shu kunning mavzusi” eshittirishi

Jamoat transportida olib borilaotgan so'nggi o'zgarishlar va islohotlar xususida, "Toshshahartransxizmat” AJ Yo‘lovchi tashishlarni tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Aziz Oripov, Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Murod Musaxadjayev bilan jonli muloqot.

©️FM 103.1 “O'zbekiston” radiokanali

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

"Saz Le-60" rusumli avtobus ishtirokida sodir bo’lgan yo’l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹Joriy yilning 14-avgust kuni soat 15:10 larda, "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Saz Le-60" rusumli, davlat raqami 01|850 ZJA bo'lgan, 184-sonli "Toshloq mahalla - Sergeli-4 mavzesi" yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi I.B boshqaruvidagi avtobus Yangihayot tumani, THAY bo'ylab harakatlanayotgan vaqtda, “Atlant qirilish mollari do‘koni” oldida avtobus bilan bir yo'nalishda harakatlanayotgan tirkamali yuk mashinasi avtobusning yo‘nalishiga halaqit berishi natijasida, haydovchi avtobusni avval o‘ng tarafdagi stolbaga, so‘ng yo‘lni ajratuvchi betonli to‘siqga urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Mazkur yo'l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilar jarohatlanmagan, haydovchi o‘ng oyoq tizza pasini lat yoyish tan jarohati bilan 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborilgan. “Saz Le-60” rusumli avtobus texnik shikastlangan.

🔹Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB JHH YHXB xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog’ida e’lon qilingan tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹
Joriy yilning 15-avgust kuni, Telegramm ijtimoiy tarmog‘ida 52-sonli avtobus yo‘nalishi belgilangan bekatda to'xtamay o'tib ketganligi to'g'risida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu qoidabuzarlik "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan, davlat raqami 01| 457 BKA, saroy raqami 265-bo’lgan 52-sonli “Uchuvchilar shaharchasi – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishi haydovchisi R.N tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur qoidabuzarlikka nisbatan tezkor chora ko'rish maqsadida, “2-Avtobus saroyi” filialining mas'ul xodimlari avtoshoxbekatga yetib borib, qoidabuzar haydovchiga nisbatan tushuntirish ishlari ya'ni, yo'lovchi tashish va korxona tomonidan belgilangan tartib qoidalarga amal qilgan holda ishlash yuzasidan maxsus yo'riqnoma o'tkazildi. Shuningdek, belgilangan bekatda to'xtamay o'tib ketganligi va yo'nalish vaqtida telefondan foydalanganligi sababli haydovchidan tushuntirish xati olinib, qoidabuzar haydovchiga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko'rilishi belgilanligini ma’lum qilamiz.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga yoki tashbus.uz veb-saytining "Aloqa➡️Fuqarolar murojaati" bo'limi orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺"O'zbekiston 24" telekanali, "Studiya 24" dasturi | Najmiddin Davlatov - “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari bilan jonli suhbat (Mavzu: Jamoat transporti: Yangi avtobuslar, sifat va samaradorlik)

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
#rasmiy_munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog’ida e’lon qilingan tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹
Joriy yilning 15-avgust kuni, Telegramm ijtimoiy tarmog‘ida 57-sonli avtobus yo‘nalishida chiptachi yo'lovchining ID kartasini olib qo'yganligi to'g'risida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu qoidabuzarlik "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan, davlat raqami 01| 063 NKA bo'lgan 57-sonli “Oloy bozori bekati – Erkin qo'rg'oni” avtobus yo‘nalishi chiptachisi K.A tomonidan amalga oshirilganligi aniqlandi. O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi "Shahar yo'lovchilar transport to'g'risida"gi qonuni 25-moddasiga muvofiq Imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurishlari va ko'rsatishlari majburiy etib belgilangan. Shunungdek, hozirda ayrim universitet va institutlarda talabalik guvohnomasi ID karta ko'rinishida berilayotganligi va ushbu ID kartalar ham talabalik guvohnamasi sifatida teng kuchga egaligi munosabati bilan, talabaning ID kartasini nohaq tortib olganligi hamda yo'lovchi tashish qoidasini buzib  o'z xizmat vazifasini to'g'ri bajarmaganligi sababli, mazkur chiptachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganlini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga yoki tashbus.uz veb-saytining "Aloqa➡️Fuqarolar murojaati" bo'limi orqali  murojaat qilishingizni so'raymiz!

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Президент Шавкат Мирзиёев транспорт, энергетика ва саноат соҳаларидаги лойиҳалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов в области транспорта, энергетики и промышленности.

#Mirziyoyev #taqdimot #transport #energetika #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter