Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.76K subscribers
3.85K photos
1.38K videos
10 files
2.9K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: [email protected]
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Video
#rasmiy_munosabat

"4-Avtobus saroyi" filialida sodir bo'lgan janjal yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Joriy yilning 19-iyul kuni "4-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi korxonaga shippakda kelganligi bois korxona texnika va ishlab chiqarish bo’yicha muhandisi tomonidan kaltaklandi degan xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
Ushbu holat 2023-yilning 12-iyul kuni sodir bo'lgan bo'lib, "4-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi Q.SH jadval asosida o'zining dam olish kunida, o'zining shaxsiy ishlari bilan korxonaga kelgan. Korxonaga o‘rnatilmagan kiyim kiyish tartibida yaʼni shippak, futbolka va shortikda kelganligi bois korxonaning texnika va ishlab chiqarish bo‘yicha muxandisi A.Q profilaktik suhbat o‘tkazish uchun xizmat xonasiga chaqirib uyga qaytib ketishi to‘g‘risida bir necha bor ogohlantirgan va haydovchi korxona hududini tark etgan. Ammo ma'lum bir vaqt o'tgach haydovchi Q.SH o'zining 5 nafar yaqini (akasi va do'stlari) bilan korxona hududiga kelib, korxona texnika va ishlab chiqarish bo'yicha muxandisi A.Qga nisbatan e'tiroz bildirib janjallashib ketishgan. Janjal oqibatida Q.SH bilan birga kelgan akasi B.SH hamda korxona texnika va ishlab chiqarish bo'yicha muxandisi A.Qlar tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani Ichki ishlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan surishtirib ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌 Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo'nalishining navbatdagi bosqichini qurish ishlari doirasida, 2023-yil 19-21-iyul kunlari Xonabod-1 Nurliyo'l ko'chasining THAY bilan kesishmasidan, Xonabod 1-tor va Qipchoq ko'chalari bo'ylab Yangi Sergeli va Qipchoq ko'chalari kesishmasigacha bo'lgan oraliqdagi yo'l vaqtincha to'liq yopilishi munosabati bilan, avtobus yo’nalishlari harakatiga vaqtinchalik quyidagi chizmada ko’rsatilgan ko’chalar orqali o’zgartirishlar kiritiladi:
🔹55-sonli yo'nalish harakati Qo'yliq 7-mavzesi bekatida qisqartiriladi;
🔹66-, 130-sonli yo'nalish harakati THAY, Fayzli, Obihayot, Yangi Sergeli yo'li ko'chalari orqali;
🔹 104-, 105- va 1M-sonli yo'nalishlar harakati Qanora, Rayhon, Daryo bo'yi ko'chalari orqali tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌Toshkent shahridagi Keles yo’li ko’chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida ushbu ko’chaning Noraztepa ko’chasidan Uzumbog’ ko’chasigacha bo’lgan qismi avtomobillar harakati uchun yopilganligi munosabati bilan, 2023-yil 19-iyul kunidan boshlab, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi avtobus yo’nalishlari harakatiga vaqtinchalik quyidagi chizmada ko’rsatilgan ko’chalar orqali o’zgartirishlar kiritiladi:
🔹42-, 118- va 120-sonli yo'nalishlar harakati Keles yo'li ko'chasidan Qora qamish-3, Qora qamish-1, Ostona, Moyariq, Keles yo'li ko'chalari orqali tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 "Yoshlar" telekanali, "Yangi davr" informatsion dasturi | Poytaxtda brutto-shartnoma asosida ishlayotgan avtobus yo'nalishlari haqida

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Diqqat e’lon !

🚌 “D”, “E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etamiz!

Avtobus haydovchisi kasbida ishlang va:
* 15 kunlik ish smenasi;
* 5.000.000dan 10.000.000 so’mgacha miqdorida oylik maoshi;
* Maxsus kiyim-bosh;
* Kafolatlangan mehnat ta’tili;
* Ahil jamoada ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

📌Eslatib o’tamiz, ishga qabul qilish jaroyonida sizning nazariy va amaliy jihatdan haydovchilik ko'nikmalaringiz sinovdan o'tkaziladi.

☎️ Jamoat transporti haydovchisi kasbida ishlash istagida bo’lganlar (71) 233-03-23 va (93) 505-03-23 telefonlari orqali murojaat qilishlarini so’raymiz.

☝️😎OMADINGIZNI BOSHQARING !😎
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#СМИ_О_НАС

📺 Пойтахт |Остановка с солнечной панелью

✍️Пресс-служба АО "Тошшахартрансхизмат"

🌐Следите за нами в социальных сетях!
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

"Yutong CNG" rusumli yengil avtomobil ishtirokida sodir bo’lgan yo’l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹Joriy yilning 19-iyul kuni soat 17:30 larda, "7-A vtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong CNG" rusumli, davlat raqami 01|492 LKA bo'lgan, 77-sonli "Chilonzor mavzesi 25 - Mahalliy aeroport-3" yo'nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.D boshqaruvidagi avtobus "Bobur" ko'chasi bo'ylab Aeoport ko'prigidan "Askiya" bozori chorraxasiga yaqinlashgan vaqtda, yo'lning qatnov qismida piyodalar uchun belgilanmagan joydan yo'lni kesib o'tayotgan piyoda G’.K (1972-yilda tug’ilgan) yo'lidan yengil avtomashina chiqishi natijasida to'satdan orqaga harakatlanishi sababli, harakatlanib kelayotgan avtobus piyodani urib yuborgan. Yo'l-transport hodisasi natijasida avtobus yo'lovchilari orasida jabrlanganlar yo'q.
Avtobusning oldi oldi qismiga tanasi va bosh qismi bilan urilgan piyoda G’.Kga tez tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida, 16-sonli TTYKTMga olib borilgan. Yo’l-transport hodisasida olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

🔹Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB JHH YHXB xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli piyodalar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги бунёдкорлик ишлари билан танишди, кўчалар ва транспорт инфратузилмасини такомиллаштириш бўйича вазифаларни белгилаб берди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проводимой в городе Ташкенте созидательной работой, обозначил задачи по совершенствованию уличной и транспортной инфраструктуры.

#Mirziyoyev #tanishuv #Toshkent #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📣📣📣DIQQAT E‘LON !📣📣📣

60-sonli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadida,

2023-yil 24-iyul kunidan boshlab:

🚌 60-sonli “Elektrokabel zavodi - Toshkent MUM” oralig'ida yangi avtobus yo’nalishi tashkil etilmoqda.

🔹
Ushbu avtobus yo’nalishida 4 ta jadval asosida “Yutong” rusumli elektrobuslar harakatlanadi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site