Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.68K subscribers
3.94K photos
1.4K videos
10 files
2.93K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: [email protected]
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
💠Ayni damda Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun “Turizm bilan bog’liq transport xizmati bozorini rivojlantirish” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

💠Ushbu uchrashuvdan ko’zlangan maqsad, mamlakatning turizm bilan bog’liq transport xizmati bozorini rivojlantirishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilishdan iborat.

Mazkur uchrashuv yuzasidan tayyorlangan maxsus reportajni tez orada ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali taqdim etamiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☀️🌡 Mamlakatimiz hududida juda issiq va quruq anomal ob-havo harorati kuzatilayotganligi munosabati bilan, "Toshshahartransxizmat" AJ, Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda Montella Daily kompaniyasi hamkorligida olib borilayotgan maxsus aksiya, ya’ni, jamoat transportidan foydalanuvchi yo`lovchilarga bepul mineral suvlarini tarqatish davom ettirilmoqda.

"Toshshahartransxizmat" AJ sizlarga sog`lik va oq yo`l tilaydi!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
📣DIQQAT E`LON! 📣

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarorga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 25-iyul kunidan boshlab, 143-sonli “Toshkent imtixon markazi – Chilonzor MUM" yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Yo‘nalish harakati to`g`ri yo`nalishda “Toshkent imtixon markazi"dan Daryo bo`yi 4-tor, Sofdil, Yangi Sergeli yo`li, Obihayot, Fayzli, Cho`ponota, Bunyodkor shox, Muqimiy, Chilonzor ko`chalari orqali "Chilonzor MUM"ga qaytish yo`nalishida Chilonzor, Cho`ponota, Fayzli, Obihayot, Yabgi Sergeli yo`li, Sofdil, Daryo bo`yi 4-tor ko`chalari orqali “Toshkent imtixon markazi"ga qadar harakatlanadi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
📣Yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan transport xizamatlari sifatini oshirish maqsadida, joriy yilning 25-iyul kunidan boshlab,
🔹75-sonli "Toshkent metallurgiya zavodi - Oqtepa maydoni" avtobus yo'nalishining harakati Chortoq ko'chasidan 4P21, A.Temur ko'chalari orqali "Obod mahallasi"ga qadar uzaytirilib, yo`nalish nomi 75-sonli "Obod mahallasi - Oqtepa maydoni" avtobus yo'nalishi deb nomlanganligini;
🔹74-sonli "Namuna mahallasi - Chilonzor metrosi" avtobus yo'nalishining harakati Namuna mahallasidan 4P4 ko'chasi orqali "Shoyim ko'prik" bekatigacha uzaytirilib, yo`nalish nomi 74-sonli "Shoimko`prik -Chilonzor metrosi" avtobus yo'nalishi deb nomlanganligini;
🔹185-sonli "Barkamol mahallasi - Qo'yliq dehqon bozori" avtobus yo'nalishining harakati THAY orqali "Qo'yliq 1-mavzesi"ga qadar uzaytirilib, yo`nalish nomi 185-sonli "Barkamol mahallasi - Qo`yliq 1-mavzesi" avtobus yo'nalishi deb nomlanganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#rasmiy_ma`lumot

Joriy yilning 17-iyul kuni, telegram ijtimoiy tarmog`ida "Avtobuslar nega konditsionerini ishlatmayapti?" sarlavhasi ostida post joylashtirildi.

🔹Mazkur murojaat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma`lum qiladi:
Hozirgi kunda Jamiyat tasarrufidagi avtobus va elektrobuslardan 271 tasi salonni sovutish tizimi bilan jihozlangan bo`lib, ularning iqlim nazorati tizimlari va havoni tozalab beruvchi filtrlari talab darajasida ishlashi doimiy nazoratdan o`tkazilmoqda.
Shu kunlarda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havoda salonni sovutish tizimi bilan jihozlanmagan avtobuslarda harakatlanayotgan yo`lovchilar orasida suvsizlanish va xushdan ketish kabi ko`ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida yo`lovchilarga bepul mineral suvlar tarqatilmoqda.
Shuningdek, barcha avtobus saroylari rahbarlariga yo`nalish vaqtida haydovchilar avtobus va elektrobuslarda mavjud salonni sovutish tizimi (konditsioner) ni yoqgan holda harakatlanishlarini hamda salonni sovutish tizimida texnik nosozliklar uchragan vaqtda darhol uni bartaraf etish choralarini ko`rishlari yuzasidan maxsus ko’rsatmalar berildi.

📌Eslatib o`tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-son qaroriga asosan xarid qilinayotgan harakat tarkibi (avtobus va elektrobuslar) salonni sovutish tizimi bilan to`liq jihozlangan.

Aziz yo`lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so`raymiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ОАВ_БИЗ_ҲАҚИМИЗДА

Ахборот 24 | Туризм билан боғлиқ транспорт хизмати бозорини ривожлантириш
#22july #uzbekiston24

📙Тошкент шаҳар транспорт бошқармаси матбуот хизмати.

Телеграмм: https://t.iss.one/toshdeptransport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

SEVIMLI|TURIZM TRANSPORTI IMKONIYATLARI KENGAYADI

#Toshkent_21:00 22.07.2022
Muxbir: Ixtiyor Siddiqov

📙Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati

Telegramm👉https://t.iss.one/toshdeptransport
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

🔰Xabaringiz bor joriy yilning 28-aprel kuni, "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddillari Toshkent davlat transport universitetining bitiruvchi talabalari bandligini ta`minlash yuzasidan tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ishtirok etgan edi.

🔹Bugun esa tizimda ishlash istagini bildirgan talaba yoshlar, shuningdek, universitet tomonidan yo`llanma asosida yuborilgan 23 nafar bitiruvchi yoshlarni ishga qabul qilish maqsadida Jamiyat boshqaruv raisi bilan suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida 15 nafar talaba yoshlarning bilim va ko`nikmalari sinovdan o`tkazildi hamda sohani rivojlantirish yuzasidan bergan takliflaridan kelib chiqqan holda ulardan 14 nafari tegishli lavozimlarga ishga tavsiya etildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Ҳурматли пойтахт аҳолиси ва меҳмонлари!

🚧 Йўл қурилиши ишлари олиб борилиши сабалли, Чилонзор туманининг Чилонзор кўчаси Муқимий кўчаси билан кесишган жойидан Гагарин ҳайкалигача бўлган қисмида автомобиллар ҳаракати учун ёпилади.

Йўл таъмирлаш-қурилиш ишлари 2022 йил 28 июлдан бошланади.

Бу даврда ҳайдовчилар Чилонзор тумани Арнасой кўчасидан фойдаланишлари мумкин бўлади.

Ноқулайликлар учун узр сўраймиз.
———

Уважаемые жители и гости столицы!

🚧 В связи с дорожно-строительными работами улица Чиланзар одноимённого района будет перекрыта для автомобильного движения в отрезке от пересечения с улицей Мукими до памятника Ю.Гагарину.

Работы по ремонту и строительству дороги начнутся 28 июля 2022 года.

В этот период водители могут пользоваться улицей Арнасай Чиланзарского района.

Приносим извинения за неудобства.

🎥 YouTube 🌏 Telegram 🌐 Web-site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌 Toshkent shahar Chilonzor tumanining Chilonzor ko`chasi Muqimiy ko`chasi bilan kesishgan joyidan Gagarin haykaligacha bo`lgan qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 28-iyul kunidan boshlab, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 2, 80, 84, 94, 98, 103 va 135-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati quyidagi vaqtinchalik harakatlanish chizmasi asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON ⚡️⚡️

🚌 Toshkentda 2022-yilning 29-iyuldan 7-avgust kuniga qadar Food Fest-2022 gastronomik festival bo'lib o'tishi doirasida Istiqlol ko'chasining Buyuk Turon ko'chasidan "Hyatt Regency" mehmonxonasigacha bo'lgan qismida, Zarafshon ko'chasining Istiqlol ko'chasidan Mustaqillik shoh ko'chasigacha bo'lgan qismida, J. Neru ko'chasining Mustaqillik shoh ko'chasidan Zarafshon ko'chasigacha bo'lgan qismidagi yo'llar avtotransport vositalari harakati uchun vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, mazkur ko'chalardan harakatlanuvchi 91 va 115-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati quyidagi vaqtinchalik harakatlanish chizmasi asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌 Toshkent shahar Sergeli tumani Dadaxo`jaev ko`chasining Quruvchilar mavzesidan Xonobod ko`chasigacha bo`lgan qismida yo`l va metro ta`mirlash-qurilishi ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 28-iyul kunidan boshlab, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 55, 66,117 va 130-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati quyidagi vaqtinchalik harakatlanish chizmasi asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
📣DIQQAT E'LON📣

🏢"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyati quyidagi lavozimlarda bo'sh ish o'rinlari mavjudligini ma'lum qiladi

☎️ Qo‘shimcha maʼlumot yoki savollar yuzasidan (+99871) 233-03-23, (+99890) 133-20-23 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingizni so'raymiz.

🤝Siz bilan biz birgalikda jamoat transporti sohasining rivojiga hissa qo‘shuvchi jamoani shakllantiramiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚌Siz ham “D” toifali guvohnomaga bepul o’qishni istaysizmi? 7 000 000 so’mgacha daromad topib haydovchi kasbida ishlashnichi? 🤩

☎️Unda hoziroq “Toshshahartransxizmat” AJning (+99890)133-20-23 va (+99871)233-03-23 telefon raqamlari yoki Instagramdagi (instagram.com/toshbus) manziliga direct orqali murojaat qiling.

“Toshshahartransxizmat” AJ sizni ahil jamoasida kutib qoladi😍