Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15.4K photos
1.17K videos
6 files
8.68K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Ohangaron tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan  Tut mahallasida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmon ijrosi yuzasidan uyma-uy yurib aholining huquqiy muammolari aniqlandi va huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyati bo‘yicha huquqiy tushunchalar berilib, ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Bilasizmi

💳 Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

🤔Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

🏠 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

✔️Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

✔️Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

📝Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

🆗 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📄Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

📎Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2008-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil infografikada👆

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi davom etadi


 Xabaringiz bor, adliya vazirligi tomonidan 1 avgustdan 30 avgustga qadar “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Mazkur aksiyada “Adliya kuni”, “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida olis va chekka hududlarda sayyor qabullar, xotin-qizlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilib, xotin-qizlarning huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi tomonidan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida  mahallalarda uyma-uy yurgan holda xotin-qizlarning huquqiy muammolarini aniqlash yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

 Tadbir davomida xotin-qizlar huquqlari, ularga berilgan imtiyozlar, gender tenglik, saylov  masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar  berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Bilasizmi

📄Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🗓Sertifikati talabgorlarga 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

📎Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

📌Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

💳Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2009-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil infografikada👆

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

 Xabaringiz bor,  yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda o‘tkaziladi.

 Toshkent viloyat adliya boshqarmasida viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xodimlari uchun Saylov qonunchiligi, unga kiritilgan o‘zgarishlar, saylov o‘tkazish tartibi va uning huquqiy ahamiyati to‘g‘risida seminar tashkil etildi.

 ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan seminarda mutaxassislar tomonidan saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilishi, bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linishi, quyi palata deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanishi borasida maʼlumotlar berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Saylov_2024

📝 Qonunchilikka ko‘ra, saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

⚠️ Bunda, yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali taʼminlanadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

“Shavg‘oz”da sayyor qabul


  Fuqarolarni uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilish maqsadida   Ohangaron tumanidan 20 chaqirim olisda joylashgan Shavg‘oz mahallasida tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi hamda uyma-uy yurib aholining huquqiy muammolari aniqlandi va huquqiy maslahatlar berildi.    

  Sayyor qabul davomida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tubdan isloh qilinib, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etilganligi, jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona maʼmuriy reglamenti to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, fuqarolarga pensiya tizimiga hisobga qo‘yish, bolani maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, kadastr sohasidagi xizmatlar bo‘yicha 20 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram