Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15.4K photos
1.17K videos
6 files
8.68K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🏢 Qonunchilikka ko'ra, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to'lovi quyidagicha miqdorda qoplanishi belgilangan:

🔹10 foizi Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang'ich badal sifatida);

🔹90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi tomonidan Farovon, Fayzli, Mezon, Olmos va Yangibog‘ mahalla aholisi uchun  “Adliya kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda adliya vazirligi masʼul xodimi ishtirok etib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan taʼminlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Shuningdek, Davlat kadastr palatasi tuman bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida  “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida maʼlumotlar ham berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

"Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i B.Rahimov va Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Farovon, Niyozbosh, Gulbog‘, Paxta, Madaniyat, Bo‘ston, Binokor mahalla aholisi ishtirok etdi.

 Fuqarolarning mehnat qonunchiligi, xotin-qizlarning huquqlari va ularga berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatni boshlash, kadastr pasportini shakllantirish, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, aholiga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida maʼlumotlar ham berildi. Tadbirda 15 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi.

#Bilasizmi #Balandlik #Sanoat #Alpinizm #Litsenziya

📃Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yuridik shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasi bo‘lgan norezident yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lgan mutaxassislarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatiladi;
v) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarining tavsiflari.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 kun

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM