Shaharses.uz | Rasmiy kanal
1.35K subscribers
13.4K photos
1.29K videos
94 files
4.8K links
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy telegram kanali - @toshsanepid

Rasmiy sayt: www.shaharses.uz
Instagram: https://instagram.com/shaharses.uz?igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg==
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100089118229071&mibex
Download Telegram
Noqonuniy tarzda tashkil etilgan somsaxona faoliyati to'xtatildi

Kuni kecha fuqaro tomonidan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasiga kelib tushgan murojaatga asosan o'rganish ishlari olib borildi.


📌Murojaatga ko'ra, poytaxtimizning Shayxontohur tumani "Koh ota" mahallasi hududida faoliyat olib borayotgan somsaxonada sanitariya qoidalari mutloq buzilgan tarzda xo'randalar uchun somsa tayyorlanayotgani haqida videomurojaat qilingan.

‼️Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan ushbu obyektda o'rganish ishlari olib borildi. Qayd etish kerakki, bugungi kunga qadar somsaxona sifatida faoliyat olib borayotgan obyekt faoliyati noqonuniy tarzda tashkil etilib, yashash xonadoni hududida tandirlar o'rnatilgani aniqlandi.

🔹Somsaxona noqonuniy tarzda tashkil etilganligi va u yerda mahsulot tayyorlanishi uchun Sanitariya qoida va me'yorlariga asosan sharoit yaratilmaganligi bois somsaxona faoliyati to'xtatildi hamda tandirlar buzdirildi.

🔹Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish uchun tegishli tashkilotlar orqali ro'yxatdan o'tib, Sanitariya qoida va me'yorlariga asosan sharoit yaratgan tarzda faoliyat yuritish lozim ekanligini eslatib o'tamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
Bakteriologiya laboratoriyasida qizg'in ish jarayoni olib borilmoqda

Bakteriologik laboratoriyalar, oziq-ovqatlarni sanitariya-bakteriologik tekshiruvdan oʻtkazadi. Veterinariya-bakteriologik laboratoriyalar hamda nazorat vazifasini oʻtaydigan tor ixtisosli bakteriologik laboratoriyalar ham mavjud.

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limidagi Bakteriologiya laboratoriyasida ayni vaqtda qizg'in ish jarayonlari olib borilmoqda.

‼️Qayd etish joizki, bakteriologiya laboratoriyasida  yuqumli kasalliklarning yoki yuqumli kasalliklarga gumon qilinganlarni, ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida tasdiqlangan zamonaviy usullar bilan to‘g‘ri va sifatli bakteriologik tekshiruvlar olib boriladi.

🔹Shuningdek, ushbu laboratoriya aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni kamaytirish va tashqi muhitni sog‘lomlashtirish borasida sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish kabi xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Har yili dunyoda 12-may Xalqaro hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi. Yurtimizda ham professional hamshiralar faoliyatining asoschisi Florens Naytingeylning tavallud kuni sharafiga belgilangan bu sanada o'rta tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnati e'tirof etiladi. Ularga e'zoz-u, ehtirom ko'rsatiladi.

📌Bugun ushbu kasb bayramiga bag'ishlangan asosiy tadbir poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo'lib o'tdi.

🥉''Yilning eng yaxshi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o'rta tibbiyot xodimi'' nominatsiyasi (3-o'rin) bilan Abdug'aniyeva Shoxista Atxamovna- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi, Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo'limi epidemiolog vrach yordamchisi taqdirlandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OIV infeksiyasini shifoxona ichi sharoitida tarqalish holatlarini oldini olish borasida o'quv seminari tashkil etildi

"Odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarorga asosan, shuningdek "Davolash profilaktika muassasalarida OIV infeksiyasini shifoxona ichi sharoitida tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari rejasi"dan  kelib chiqqan holda o'quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.

📌Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Davolash profilaktika muassasalarni nazorat qilish bo'limi xodimi Nodira Sultonmurodova, Toshkent shahar OITS ga qarshi kurashish markazi vrach epidemiologi Sh.Karimov va Olmazor tuman bo'limi mutaxassislari  tomonidan Olmazor  tumanida o'quv-seminari o'tkazildi.

🔹 Unda tumanda faoliyat yuritib kelayotgan barcha xususiy davolash profilaktika muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
⚡️Sifati kafolatlanmagan “Andijon muzqaymog’i" brakeraj qilindi

Bugungi kunda ko'chada ruxsat etilmagan idishlarda muzqaymoq sotish holatlariga guvoh bo'lmoqdamiz. Birinchi galda qayd etish kerakki, shu kabi muzqaymoqlar solingan idishlar muzlatgich emas, shu sababli ichidagi mahsulotni yetarli darajada salqin va sifatli tarzda saqlab imkonsiz.


📌
Shu bois, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida tumanda joylashgan 94- hamda 328-sonli maktablar oldida “Andijon muzqaymog’i” savdosi aniqlandi.

🍦Noma’lum sharoitda tayyorlangan, hech qanday hujjatlarsiz sotilayotgan mahsulotdan bakteriologik laboratoriya tekshiruvi uchun tahlil namunalari olinib, iste’molga yaroqsiz 10 kg muzqaymoq o’rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
Noma'lum sharoitda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bartaraf qilindi

📌Sergeli tumani mahalla hududlarida va shoh ko‘chalari bo'ylab o'tkazilgan nazorat reydlarida noma'lum sharoitda tayyorlangan, ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqarish ehtimoli yuqori bo'lgan mahsulotlar savdosiga chek qo'yish maqsadida nazorat tadbiri o'tkazildi.

‼️Tadbir natijasida tayyorlanish sharoiti, tarkibi va saqlash muddati noma'lum bo'lgan 7 kg muzqaymoq va 12 litr ayron ichimligi savdodan olinib,  brakeraj qilindi.

🔹Sotuvchilarga noma'lum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga qo‘yilgan taqiqlar va sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha qat'iy ogohlantirishlar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
#sayyor_qabul

❗️Joriy yilning 15-may (chorshanba) sanasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Nurmat Atabekov  tomonidan Shayxontohur tumanida aholini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o'rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabul o'tkaziladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
#bilasizmi

Osh tuzi — inson tanasiga natriy yetkazib beruvchi yagona ozuqaviy modda. U organizmda qon aylanishi va qon bosimini boshqarish, asab tizimi hamda mushaklar orasidagi uzviy aloqani ta’minlaydi.

‼️Osh tuzining me'yorda iste'mol qilinishi va oshirib yuborilishi inson organizmida qanday o'zgarishlarga olib kelishi haqida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi tomonidan tayyorlangan ushbu infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
⚡️Sifati kafolatlanmagan mahsulotlar iste’molidan saqlaning!

Barcha yuqumli kasalliklar orasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari ko‘proq uchraydi. O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari dunyoda yiliga deyarli 5 million bolaning o‘limiga sabab bo‘ladi.

🔹O‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga qarshi kurashishda ma’lum yutuqlarga erishilgan bo‘lsa ham, ular hamon ko‘p uchramoqda. Oqibatda mamlakatimizga anchagina iqtisodiy zarar keltirmoqda.

🔹Kasallik rivojlanishida qaysi omil yetakchi rol o‘ynashiga qarab, ichak infeksiyasi asosan uchta yo‘l orqali: suv, oziq-ovqat mahsulotlari va turmushda iflos qo‘l, uy - ro‘zg‘or buyumlari (idish-tovoqlar va boshqalar) orqali o‘tadi. Noqonuniy tarzda, yo‘l yoqalarida hamda noma’lum sharoitda tayyorlangan, sifatsiz oziq-ovqat  mahsulotlarini iste’mol qilish ham kasalliklarni ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Har qanday sharoitda ham mahsulotlarni ifloslanishdan saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rish zarur.

‼️Kuni kecha Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati, Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari hamda Shayxontohur tuman Soliq bo'limi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda noqonuniy ko‘cha savdosi bo‘yicha Shayxontohur tumanida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Bunda oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, mavsumiy rezavor meva – qulupnay mahsulotini noqonuniy tarzda, katta ko‘chalarning yoqalarida sotayotgan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.

🔹Tadbirkorlarga ushbu mahsulotlarni maxsus belgilangan joylarda sotish, sanitariya-gigiyenik qoidalarga rioya etgan holda savdo qilish, o‘tkir ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillar haqida va kasallik oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

‼️Shu o’rinda fuqarolardan ko‘chalar yoqasida sotilayotgan, nomalum sharoitda tayyorlangan, sifat sertifikatiga ega bo’lmagan, yaroqlilik muddati ko’rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlar hamda ichimliklarni sotib olmaslikni va iste'mol qilmasliklarini so’rab qolamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
⚡️Noma'lum sharoitda tayyorlangan qiyma go'shti savdosi bartaraf etildi

Go'sht va go'sht mahsulotlarining iste'molga yaroqlilik holatini tahlil qilish mahsulot sifatini aniqlash, shuningdek ozuqa tarkibini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Go'shtni tekshirish ishlari go'shtni qayta ishlashdan oldin va keyin, jonli hayvonlar, go'shtni sotish joylari nazoratidan boshlab amalga oshiriladi. Aslida, bu tekshiruvlar va tahlillar faqat talab yoki shikoyat bo'yicha emas, balki ma'lum bir tartibda amalga oshirilishi kerak.

📌Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan Mirobod dehqon bozorida navbatdagi sanitariya nazorat tadbirlari o'tkazildi va mahsulotlarning sifati hamda bozorning sanitar holati ko'zdan kechirildi.

🔹Nazorat davomida tayyorlanishi noma'lum bo'lgan, sifati kafolatlanmagan 12 kg tovuq go'shti qiymasi savdosi aniqlandi va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

❗️Eslatib o'tamiz, go'sht va go'sht mahsulotlari, xususan tayyorlanishi mutlaqo ko'rsatilmagan qiyma go'shtini sotish, sotib olish va iste'mol qilish, aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi, shuningdek, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga sabab bo'lishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
Belgilanmagan sharoitda go'sht mahsuloti saqlanayotgani ma'lum bo'ldi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, har bir iste’molchi, avvalo, o‘zi iste’mol qilayotgan mahsulotning kelib chiqishini bilishi kerak. Birinchi navbatda, mahsulotni turg‘un savdo shoxobchalaridan olish lozim. Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan go‘sht mahsulotlarini olmaslik tavsiya qilinadi. Shuningdek, sotib olinayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari, albatta, veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart. Bu hayvonlar maxsus belgilangan joylarda so‘yilgani, tekshiruvdan o‘tkazilgani va eng muhimi sifati kafolatlanganini ko‘rsatadi.

📌Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan  Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda tumanda joylashgan Navro'z dehqon bozorida mahsulotlarning sifati ustidan nazorat o'tkazildi.

🥩Nazorat vaqtida muzlatgichda 33 kg polietilen paketda saqlanayotga go'sht mahsuloti sotilayotganligi ma'lum bo'ldi.

🔹Ushbu go‘sht mahsuloti Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlariga iste'molga yaroqli yoki yaroqsizligini tekshirish uchun topshirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy: 369-bog‘chaning sanitar va gigiyenik talablari darajasi qay ahvolda?

O'zbekiston Milliy axborot agentligi “Reyd” loyihasining bu galgi sonida...

‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda Yakkasaroy tuman bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda 369-sonli  qo‘shma turdagi MTMning faoliyati, sog‘lom ovqatlanishning tashkil etilishi, sanitariya va gigiyenik talablariga qay darajada amal qilinayotganligi darajasi va boshqa sharoitlar tekshirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt