๐—ง๐—ข๐—ฆ๐—›๐—ž๐—˜๐—ก๐—ง ๐—ฌ๐—ข๐—ฆ๐—›๐—Ÿ๐—”๐—ฅ๐—œ
12.3K subscribers
8K photos
1.54K videos
13 files
3.34K links
๐“๐จ๐ฌ๐ก๐ค๐ž๐ง๐ญ ๐ฌ๐ก๐š๐ก๐š๐ซ ๐˜๐จ๐ฌ๐ก๐ฅ๐š๐ซ ๐ข๐ฌ๐ก๐ฅ๐š๐ซ๐ข ๐›๐จ๐ฌ๐ก๐ช๐š๐ซ๐ฆ๐š๐ฌ๐ข๐ง๐ข๐ง๐  ๐ซ๐š๐ฌ๐ฆ๐ข๐ฒ ๐ญ๐ž๐ฅ๐ž๐ ๐ซ๐š๐ฆ ๐ค๐š๐ง๐š๐ฅ๐ขโœ…

๐Œ๐ฎ๐ซ๐จ๐ฃ๐š๐š๐ญ๐ฅ๐š๐ซ ๐›๐จ'๐ฅ๐ข๐ฆ๐ข @yoshlar_portali_bot
Download Telegram
โœ…โ€œBir boสปlsak โ€” yagona xalqmiz, birlashsak โ€” Vatanmiz! shiori ostida harbiylashtirilgan majmuaviy sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi oสปtkazildi.
Mazkur musobaqaga Toshkent shahridagi tumanlar kesimida oสปtkazilgan bosqichda birinchi oสปrinni qoสปlga kiritgan yoshlardan iborat 12 ta jamoa toโ€˜rtta yoสปnalish boสปyicha oสปzlarining jismoniy, aqliy salohiyati, hamda vatanparvarlik sifatlarini namoyish etishdi.

Barcha shartlar hakamlar hayสผati tomonidan oqilona va shaffof tarzda baholab borildi.

๐Ÿฅ‡Birinchi oสปrin โ€” Chilonzor tumanining โ€œVatanparvarโ€ jamoasiga;

๐ŸฅˆIkkinchi oสปrin โ€” Olmazor tumanining โ€œLochinlarโ€ jamoasiga;

๐Ÿฅ‰Uchinchi oสปrin โ€” Yangihayot tumanining โ€œBayroqdorlarโ€ jamoasiga nasib etdi.

Gสปolib va sovrindorlar Yoshlar ittifoqi Toshkent shaha Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan diplom, medal va esdalik sovgสปalari bilan taqdirlandi.

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy party SHAYXONTOHURda

โšก๏ธAziz Shayxontohurliklar joriy yilning 18-avgust, soat 20:00da O'zbek sirk oldi maydonida, yulduzli osmon ostida, konsert dasturi bo'lib o'tadi.

๐ŸŽŠHar bir daqiqa unutilmas onlarga boy bo'ladi!

๐ŸŽงKonsert dasturlari mutlaqo bepul, siz aziz Shayxontohurlikar uchun amalga oshiriladi.

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟMustaqilligimizning 33-yilligiga
_____________________________________

14-kun qoldi

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
โšก๏ธOramizda yosh tadbirkorlar yoki tadbirkorlik qilmoqchi bo'lgan yoshlar bormi?

Qoraqalpog'iston, Xo'jayli tumanidamiz. Yosh tadbirkor Yusufbek 400 nafarga yaqin ishchi o'rinlari yaratgan. Baliqchilik koperatsiyalari orqali yoshlarni ish bilan ta'minlamoqda.

Izohlarda batafsil video lavhalar qoldiraman.
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟMustaqilligimizning 33-yilligiga
_____________________________________

13-kun qoldi

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bugun, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogโ€˜iston Respublikasiga tashrif buyuradi.

Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini koโ€˜zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.

20-avgust kuni Nukus shahrida Oโ€˜zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti boโ€˜lib oโ€˜tadi.

@alisher_sadullaev
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟMustaqilligimizning 33-yilligiga
_____________________________________

12-kun qoldi

BIZNING SAHIFALARIMIZ:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
Sizlarning ishli boโ€˜lganingizni, koโ€˜zingizdagi ishonchni koโ€˜rib, xursand boโ€˜ldim. Oโ€˜zi mening eng katta maqsadim shu - xalqimni rozi qilish, baxtli koโ€˜rish.

Prezidentimiz tashrif davomida Kegeyli tumanidagi Juzimbagโ€˜ mahallasida boโ€˜lib, shu yerda dehqonchilik qilayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdilar.

Yoshlarning takliflari asosida qishloq xoโ€˜jaligi mahsulotlari uchun sovutkichli ombor qurish, ehtiyojmand yigit-qizlarning toโ€˜ylari va shartnoma toโ€˜lovlariga koโ€˜maklashish boโ€˜yicha koโ€˜rsatmalar berdilar.

@alisher_sadullaev
Forwarded from Alisher Sadullaev
โšก๏ธBirozdan soโ€˜ng Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi.

Qoraqalpogโ€˜istonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar toโ€˜plandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yoโ€˜lga qoโ€˜ygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etadi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashadi.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoโ€˜shimcha sharoitlar yaratish boโ€˜yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

@alisher_sadullaev
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bu yilning oสปzida tadbirkorlarning tovar aylanmasi oสปtgan yilga nisbatan 25 foizga koสปpayib, 986 trillion soสปmga yetdi.

โ€ขYillik aylanmasi 10 milliard soสปmdan 100 milliard soสปmgacha boสปlgan oสปrta korxonalar 2 karra koสปpaydi.

โ€ขAylanmasi 100 milliard soสปmdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham oสปtgan yilga nisbatan 2 baravar koสปp boสปldi.

โ€ขSoliq, bank, moliya, butun iqtisodiyot kompleksi โ€œmahallabayโ€ va โ€œmijozbayโ€ ishlashni boshlagani natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trillion soสปm foydaga chiqdi.

@alisher_sadullaev
Forwarded from Alisher Sadullaev
โ€ขMikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qoโ€˜llab-quvvatlash davom ettiriladi. Ularga joriy yildagi 1,6 trillion soโ€˜mga qoโ€˜shimcha 1 trillion soโ€˜m resurs ajratiladi

โ€ขShu bilan birga, ustav kapitali kamida 50 milliard soโ€˜m boโ€˜lgan mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi;

โ€ขUshbu banklar kredit portfelining kamida 70 foizi kichik va oโ€˜rta biznesni moliyalashtirishga yoโ€˜naltiriladi;

โ€ขMikromoliya tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat koโ€˜rsatish va litsenziya asosida toโ€˜lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

@alisher_sadullaev
Forwarded from Alisher Sadullaev
โ€ข Mutasaddilarga vatandoshlarimiz bilan yaqindan ishlab, ular bilan โ€œsavdo va investitsiya boสปyicha maslahatchiโ€ sifatida hamkorlik qilish, ularning taklif, tashabbus va loyihalariga koสปmaklashish topshirildi;

โ€ข Energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yoสปl kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi.

โ€ขMahalliy korxonalar esa ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoสปlga qoสปyadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yoสปnaltiriladi.

@alisher_sadullaev