🔰UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI
📍OLMALIQ SHAHAR
✅Bugungi kunda mamlakatamizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri bu shubhasiz TA’LIM, maktablar infratuzilmasini yaxshilash, yangi o‘quvchi o‘rinlarini yaratish, jamiyatda ustozlarning maqomini oshirish bo‘lib turibdi. Bu borada Prezidentimiz boshchiligidi juda ko‘p islohotlar qilindi va hozirgi kunda ham bu ishlar davom etmoqda. Bularni natijalarini siz-u biz tizimdagi o‘zgarishlardan ham bilib turibmiz.
📌O‘qituvchi deganda – zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni, maktab deganda – bilim va ma’rifat yog‘dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo‘yiladigan tabarruk maskanni ko‘z oldimizga keltiramiz. Barchangizga ma’lumki, Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Joriy yil 23-avgust kuni Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida "Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida III-Ustozlar milliy forumi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅Ushbu tadbirda Respublika maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Sh. Hamroev, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i X.Turg‘unboev ishtirok etdi.
✅Tadbirni bo‘lim boshlig‘i kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tgan davr mobaynida ta'lim tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berdi. Shuningdek mehmon sifatida tashrif buyurgan Sh.Hamroev so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini Mustaqilligimizning 33-yilligi bilan samimiy tabrikladi va pedagog-hodimlarni kelgusi ish faoliyatlariga omad tiladi.
📌Shuningdek, ustoz va murabiylar fanlar kesimida tashkil etilgan xonalarda sho'ba yig'ilishlari davom etib, ularda trener o'qituvchilar tomonidan namunaviy dasturlar asosida treninglar olib borildi. Sohaga oid muammolar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb

Telegram
Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi rasmiy kanali
Kanal OLMALIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI BOSHLIG'I X.M.TURG'UNBOYEV TASHABBUSI BILAN YARATILDI.