Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.26K subscribers
45.1K photos
16.1K videos
381 files
27.9K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#ғалаба

🔥⚡️👏Тошкент вилояти боксчиси чорак финалга йўл олди

Кейинги рақиб Олимпиада чемпиони!

Бокс бўйича Ўзбекистон миллий жамоасининг энг ёш аъзоси, Чиноз ўғлони Тўрабек Ҳабибуллаев Париж-2024 Олимпиадаси бокс баҳсларини ғалаба билан бошлади.

-80 кг тоифасидаги ўзбекистонлик 20 ёшли боксчи 1/8 финалда филиппинлик Токио-2020 совриндори Эумир Марсялга қарши рингга кўтарилди. Жанг давомида рақибидан устунлигини кўрсата олган Тўрабек уч раунд якунларига кўра, Марсялни мағлубиятга учратди – 5:0.

Унинг чорак финалдаги рақиби кубалик Рио олимпиадаси чемпиони Арлен Лопес бўлади.

@haqiqatonline_24
#IBRAT_SOATI

💎Italiyadagi bir qahvaxona egasi odamlarga odob o‘rgatmoqchi bo‘lib, peshtaxta yoniga quyidagicha narxnomani ilib qo‘ydi:

«Bitta qahva» – 3 yevro.

«Iltimos, bitta qahva» – 2 yevro.

«Xayrli kun. Iltimos, bitta qahva» – 1 yevro.

Axloqning ham qiymati bor.

Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAVSIYASI
💎Kamtarlik

Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan.

©️ Erkin Vohidov


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUNNING_GAPI

Qizlarimiz timsolida biz avvalambor bo‘lg‘usi onalarni, ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom avlodni o‘zimizga tasavvur qilamiz, naslimiz davomchilarini ko‘ramiz. Hech shubhasiz, qiz bola sog‘lom, bilimli, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lsa, u quradigan oila ham, bu oilaning mevasi bo‘lmish bola ham sog‘lom va baxtli bo‘ladi. Oila sog‘lom va baxtli bo‘lsa, butun jamiyat barqaror va farovon bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

3️⃣1️⃣ IYUL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR

🌍1498 yil— Ispan dengizchisi Xristofor Kolumbning uchinchi ekspeditsiyasi Trinidad orolini kashf etgan;

🚆1815 yil — tarixdagi birinchi temiryo‘l halokati yuz bergan (AQSHda);

🇩🇪 1919 yil — Veymarda o‘tkazilgan milliy yig‘ilishda Germaniyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingan. Germaniya respublikaga aylangan. Veymar Respublikasi 1933 yilda fashistlar diktaturasi o‘rnatilishi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatgan;

🇬🇧1925 yil — Britaniya konchilarining ish tashlashi ularning to‘liq g‘alabasi bilan yakunlangan («Qizil juma»);

1937 yil —NKVD tomonidan o‘tkazilgan ommaviy operatsiya chog‘ida bir kunda minglab chechenlar hibsga olingan;

📜 1941 yil — Germann Gering SS Obergruppenfyureri Reynxard Geydrixga "yahudiylar masalasining yakuniy yechimi" yahudiylarni jismoniy qirg‘in qilishni buyurgan;

✈️ 1944 yil —yozuvchi va uchuvchi Antuan de Sent Ekzyuperi halok bo‘lgan;

⚖️ 1948 yil — Germaniyaning Krupp korporatsiyasi rahbari Alfrid Krupp natsistlar bilan hamkorlik qilgani uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan;

🌍 1962 yil —Tanzaniyaning Dar -as -Salom shahrida bo‘lib o‘tgan Afrika ayollar konferensiyasida bu kun Afrika ayollari kuni deb e’lon qilingan;

1965 yil — Buyuk Britaniyada sigaretni televizorda reklama qilish taqiqlangan;

🚫 1966 yil — Angliyada mustamlakachilik idorasi tugatilgan;

🏈 1976 yil— Afrikaning deyarli barcha mamlakatlari XOQ janubiy afrikalik regbi o‘yinchilarini qabul qilgani uchun Yangi Zelandiyani jazolashdan bosh tortgani uchun o‘z sportchilarini Monreal Olimpiadasida qatnashishni taqiqlab qo‘ygan;

📜 1991 yil—Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha Sovet-Amerika shartnomasi imzolangan (START-1);

1996 yil — Nyu-York federal sudi Internetda so‘z erkinligini cheklovchi qonunni bekor qilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🌈"YOZ O‘TMOQDA SOZ"

💥Viloyatimizdagi barcha Maktabgacha ta’lim muassasalarida 1-iyuldan 30-avgustgacha yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi davom etmoqda.

💥Mazkur mavsum davomida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyasilari, uslubchilari uchun seminarlar ham tashkil etilmoqda.

📹Jarayonlar Ohangaron shaharidagi 16-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotidan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#AYNI_PAYTDA

📚HORIJ TAJRIBALARI UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA TADBIQ ETILMOQDA


🔰O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 7- iyun kuni “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etilgan edi.

➡️Mazkur konferensiyalar davomi sifatida viloyatimiz Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi doirasida Singapur tajribasi asosida maktab rahbarlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirishga doir ilg‘or tajribalarni almashish, o‘quvchilar bilimi va ko‘nikmalarini baholash hamda rivojlantirishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish, ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha soha mutaxassislarining mavjud bilimlarini yanada oshirish maqsadida seminarlar tashkil etilmoqda.

🔴Ayni paytda ushbu seminar O‘rta Chirchiq tumanilagi 3-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Nurafshon shahar, O‘rta Chirchiq va Piskent tumani umumta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Sertifikatlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-son qoʻshma qarori izoh qismi 2-bandida majburiy attestatsiyada imtiyoz beriladigan sertifikatlar roʻyxati belgilangan. Bunda faqat til bilish sertifikatlari qabul qilinadimi?

Mazkur imtiyoz qarorning 3-bobida keltirilgan Common European Framework of Reference (CEFR) tizimiga mos keladigan xorijiy til bilish sertifikatlari uchun amal qiladi.

Matematika boʻyicha SAT (Digital Scholastic Assessment Test) sertifikatini topshirishda yoshning ahamiyati bormi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Collegeboard xalqaro tashkiloti o‘rtasida olib borilgan hamkorlik natijasida joriy yildan boshlab matematika bo'yicha SAT sertifikatini topshirishdagi yoshga doir cheklov bekor qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi:

Matematika fani oʻqituvchisi;
Biologiya fani oʻqituvchisi;
Ingliz tili fani oʻqituvchisi;
Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tili) fani oʻqituvchisi;
Texnologiya (informatika, robototexnika) fani oʻqituvchisi;
Sanʼat (tasviriy sanʻat, chizmachilik) fani oʻqituvchisi.

📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

👨‍🏫 Talabgor oʻqituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega boʻlishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📥 Hujjatlarni joriy yilning 10-avgust kuniga qadar ushbu manzilga yoki quyidagi telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

📞 945774717
📞 995500444

📍Manzil: Jizzax shahar, Sh.Rashidov koʻchasi, 1-uy.
📌Mo‘ljal: “Oʻzbekiston” mehmonxonasi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
📣 Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish istagidagi pedagoglar uchun muhim eslatma!

Avval xabar qilinganidek, navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlariga pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar tomonidan murojaatlar yuborish davom etmoqda.

❗️Murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun: mazkur sinovlarda joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda sinovlardan oʻta olmagan stajor-oʻqituvchilar ham qatnashishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM