Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.17K subscribers
41.2K photos
15.6K videos
374 files
26.7K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Shoshiling

📣 Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish bugun
yakunlanadi!

Eslatib o'tamiz, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

❗️Sinov materiallari bilan vazirlik saytida batafsil tanishing: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 29, 2024
#TANLOV_HAQIDA
🔴“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi

➡️2021-2022-o‘quv yilidan boshlab, Vazirlar Mahkamasining 9-sentyabrdagi 562-sonli qarori asosida har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
📌Uch (tuman/shahar, viloyat, respublika) bosqich doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovning birinchi- tuman bosqichi joriy yilning 26-fevral kuni Toshkent viloyati tumanlari kesimida tashkil etildi.
➡️Viloyatning 22 ta tuman (shahar)larida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etgan maktab jamoalari o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilib, muvaffaqiyatli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Ma'lumki mazkur tanlovda birinchi o‘rinni egallagan maktablar jamoalari viloyat bosqichida ishtirok etadi.
❗️Navbatdagi viloyat bosqichi 26-aprel kuni Olmaliq shahridagi 19-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz,
📌tuman(shahar) bosqichida g'olib bo'lgan maktablar tuman hokimligi tomonidan:
1-o'rin – 100 million so'm;
2-o'rin – 75 million so'm;
3-o'rin – 50 million so'm.


📌Viloyat bosqichida g'olib bo'lgan maktablar viloyat hokimligi tomonidan:
1-o'rin – 250 million so'm;
2-o'rin – 200 million so'm;
3-o'rin – 150 million so'm.


📌Respublika bosqichida g'olib bo'lgan maktablar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan:
1-o'rin – 500 million so'm;
2-o'rin – 400 million so'm;
3-o'rin – 300 million so'm


➡️Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan maktablar ballar ketma-ketligiga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 29, 2024
#UCHRASHUV
🟢VAZIFALAR IJROSI
➡️Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevlar viloyatdagi maktab direktorlari bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” tashabbusini ilgari surdi. “O‘qituvchilar va o‘quvchilar telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti beriladi” dedi hokim.

Uchrashuvda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ham bugungi kunda o‘qituvchilarga berlayotgan imkoniyatlar, qo‘layliklar haqida gapirib, tizimda amalga oshirish lozim bo‘lgan masalalarga to‘xtaldi.

🌐BATAFSIL

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 29, 2024
February 29, 2024