🔰NAVOIYXONLIK TADBIRLARI
💎 Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimiz maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarda ham millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy hamda shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanmoqda.
💎 Yuqori Chirchiq tumanidgani 7-sonli umumta’lim maktabida “Barhayot siymolar” deb nomlagan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida maktabning iqtidorli o‘quvchilari hazrat Alisher Navoiy hamda Mirzo Bobur ijodidan namunalar ijro qilishdi.
Mazkur tadbirda adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar mehmon bo‘lishdi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIYXONLIK_TADBIRLARI
💎 Ayni kunlarda o‘zbekning ikki buyuk siymosi hazrat Navoiy hamda Mirzo Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
💎 Ana shunday tadbirlardan biri Yuqori Chirchiq tsmanidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tdi. Bolajonlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur tadbirda buyuk siymolar ijodidan namunalar ijro qilindi.
💎 Shu o‘rinda aytish joizki, farzandlarimiz qalbiga millatimiz buyuklarini bolalikdan jo qilish, ularning ilmiy-ma’rifiy merosidan boxabar qilish kelajak uchun katta natija beradi. Buni chuqur his qilgan pedagoglarimiz bugun nafaqat maktablarda, shu bilan birga bog‘cha yoshidagi bolajonlarimizga ham buyuk siymolarimizni yaqindan tanishtirishga, ularning adabiy merosiga oshno qilishga bel bog‘lashgan.
📸 Tadbirdardan fotolavhalar.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AngrenSHMMTB
#9_fevral
#8_maktab
Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 2-"G" sinf o‘quvchisi Abdumalikov Burxoniddinning 9-fevral sheriyat mulkining sultoni mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab tayyorlagan video roligi.
📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram|Facebook|YouTube|Sayt

#KUN_NAFASI
💎 Navoiyni bilmaganlarga…
Gurjistonda shunday udum bor:
Qizga kelsa yigitdan sovchi,
Kimligiga qilmay e’tibor
Kosibmi u, dehqonmi, ovchi…
Ilk savoli faqat shu bo‘lar,
O‘qiganmi Rustavelini?
Shu vajdati shoirin bilar
Gurjilarning kuyov-kelini.
Har o‘zbekning uyiga birrov
Buyurganda sovchilar tashrif.
Navoiyni bilarmi kuyov?
Deb so‘rashni qilurman taklif.
Shunday talab qo‘yilsa, alhol
Qo‘rqmang, qolmas qizlarimiz toq
Buyuk shoir she’rlarin darhol
Yod olardi, har oshiq bo‘ydoq.
Nazmi – millat
Yuragi Vatan,
Navoiydan poklanar iymon.
Navoiyni dunyo olar tan,
Bizga nasib navoli chaman.
Ulug‘likka timsol, andoza,
Har bir so‘zi ilohiy va haq.
Vijdoni but, yuragi toza,
Navoiydan madad olgan xalq.
Qalbini ishq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli o‘zlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin bironta o‘zbek!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Gurjistonda shunday udum bor:
Qizga kelsa yigitdan sovchi,
Kimligiga qilmay e’tibor
Kosibmi u, dehqonmi, ovchi…
Ilk savoli faqat shu bo‘lar,
O‘qiganmi Rustavelini?
Shu vajdati shoirin bilar
Gurjilarning kuyov-kelini.
Har o‘zbekning uyiga birrov
Buyurganda sovchilar tashrif.
Navoiyni bilarmi kuyov?
Deb so‘rashni qilurman taklif.
Shunday talab qo‘yilsa, alhol
Qo‘rqmang, qolmas qizlarimiz toq
Buyuk shoir she’rlarin darhol
Yod olardi, har oshiq bo‘ydoq.
Nazmi – millat
Yuragi Vatan,
Navoiydan poklanar iymon.
Navoiyni dunyo olar tan,
Bizga nasib navoli chaman.
Ulug‘likka timsol, andoza,
Har bir so‘zi ilohiy va haq.
Vijdoni but, yuragi toza,
Navoiydan madad olgan xalq.
Qalbini ishq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli o‘zlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin bironta o‘zbek!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_NAFASI
🔰9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Mir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.
Alisher Navoiyning ilmiy va ijodiy merosi bitmas-tuganmas ummondir. Buyuk ajdodlarimizning betakror ilmiy-maʼnaviy merosi biz uchun hayotiy dasturga aylanishi lozim.
Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

#KUN_HIKMATI
❗️shunchaki muhim...
Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.
✍️ Alixonto‘ra Sog‘uniy

#BUGUNNING_GAPI
Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

#Kun_tarixi
9️⃣-FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR
📝 1441 yil— Hirot shahrida shoir, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (taxallusi Navoiy) tug‘ilgan;
👑 1654 yil — Shvetsiya qirolichasi Kristina taxtdan voz kechgan;
⚔️ 1695 yil —Moray urushi: Inousses orollari yaqinida dengiz jangi bo‘lib o‘tgan va durang bilan tugagan. 10 kundan keyin jang yana davom etgan va turklar Venetsiya flotini mag‘lubiyatga uchratgan;
⚔️ 1788 yil —Avstriya Turkiyaga qarshi urush e’lon qilgan;
🤝 1801 yil —Lunevil shahrida Fransiya va Avstriya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan. Fransiya tomonidan Jozef Bonapart, Avstriya tomonidan tashqi ishlar vaziri Kobenzl imzolagan. Shartnoma fransuzlarga qarshi ikkinchi koalitsiyaning tugatilishiga sabab bo‘lgan;
📌 1849 yil — Millatlar bahori: Juzeppe Garibaldining taklifiga binoan Italiya respublika deb e’lon qilingan;
🇯🇵 1889 yil — Yaponiya Konstitutsiyasi kuchga kirgan;
✈️ 1920 yil — ingliz mustamlakachilari qo‘shinlari Dervish davlatining poytaxti Talehga kirib kelishgan. Dervish qo‘shinlari birinchi marta samolyotlarga duch kelib, qochib ketishgan;
📌 1924 yil —Ozarbayjon SSR tarkibida Naxichevan ASSR tashkil topgan. (1990 yil noyabrdan — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi Naxichevan Avtonom Respublikasi).
🤝 1929 yil —Moskvada SSSR Tashqi ishlar xalq komissari o‘rinbosari Maksim Litvinovning tashabbusi bilan SSSR, Polsha, Ruminiya, Latviya va Estoniya o‘rtasida milliy siyosat vositasi sifatida urushdan voz kechish to‘g‘risida bitim imzolangan;
🇮🇷 1979 yil — Eronda Pahlaviylar sulolasi ag‘darilgan;
⛓ 1990 yil — Nelson Mandela ozodlikka chiqqan;
💣 1998 yil —Gruziya prezidenti Eduard Shevardnadzega qarshi suiqasd uyushtirilgan. Tbilisining markazida uning avtouloviga granata uloqtirilgan va avtomatlardan o‘qqa tutilgan. Biroq, zirhli Mercedes uning hayotini saqlab qolgan;
📌 2016 yil — Gravitatsiya to‘lqinlari kashf etilgan.