Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.25K subscribers
46K photos
16.2K videos
383 files
28.2K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#PISA

Bangkokda PISA 2025 tadqiqotining xalqaro darajadagi uchrashuv va treninglari boshlandi

🔴 Mazkur treninglarda OECD, ACER, Westat, cApStAn, OAT, Hallstat tashkilotlari hamda dunyoning 91 ta mamlakati qatorida O'zbekiston vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlari ham ishtirok ham etishmoqda.

O'quv seminarlari milliy loyiha menejerlari hamda tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ekspertlar uchun bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 3-fevraliga qadar davom etadigan ushbu xalqaro tadbirda:

PISA 2025 tajriba-sinovini tashkil etish,
maktablar va ishtirokchilarni tanlab olish,
ularning ishtirokini ta’minlash,
tadqiqotni o‘tkazish platformasini joriy etish, ma’lumotlarni boshqarish,
kognitiv materiallarni kodlashtirish va baholash bo‘yicha ACER tizimini o‘rganish kabi masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

❗️Bundan tashqari, ACER va Westat tashkilotlari bilan ham uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Тараққиёт стратегияси” маркази “Ўзбекистон–2030” стратегиясини “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамасига қўйилганини эълон қилади.

Давлат дастури лойиҳасида “Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг 5 та йўналиши бўйича 2024 йилда амалга ошириладиган чора-тадбирлар ва ишлаб чиқилиши лозим бўлган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхатлари белгиланмоқда.

Ҳужжат лойиҳасида ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш, ижтимоий-иқтисодий, экология, давлат бошқаруви, суд-ҳуқуқ, хавфсизлик ва ташқи сиёсат йўналишларида 2024 йилга мўлжалланган ислоҳотлар назарда тутилмоқда.

2024 йилги Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этиш истагида бўлган фуқаролар ўз таклифларини Марказнинг махсус uzbekistan2030.uz онлайн портали орқали билдиришлари мумкин.

Муҳокамалар жорий йилнинг 9 февраль кунига қадар давом этади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#TADBIR
"Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi"


Piskent tuman IIBB YHXB tomonidan muntazam ravishda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida profilaktik tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Huddi shunday tadbir Piskent tumanidagi 15-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘tkazildi.

Tarbiyalanuvchilarga turli yo‘l belgilari yordamida, qiziqarli qilib profilaktika xodimlari qoidalar haqida tushunchalar berdi. Ular bilan mashqlar bajarishdi.
Bu kabi tadbirlar viloyat IIBB YHXB tomonidan barcha hududlarda o‘tkazib kelinmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Марказий Осиёдаги биринчи хусусий аэродром Ўзбекистонда қурилади

Шэньчжэн шаҳрида Ўзбекистон-Хитой бизнес-форуми доирасида Тошкент вилояти Оҳангарон туманидаги "Янги ҳаёт" маҳалласида аэродром қуриш бўйича келишувлар имзоланди. Аэродром қурилиши 2024 йилнинг иккинчи ярмида бошланиши режалаштирилган. Унинг қиймати 380 миллион долларга баҳоланган. Қайд этилишича, лойиҳа хитойлик инвесторларнинг 100 фоиз капитали иштирокида амалга оширилади.

Каналга уланиш:   
@uzauz
Forwarded from davletovuz
Энди “Ташаббусли бюджет”да бир киши фақат бир марта овоз бера олади

Эртагадан “Ташаббусли бюджет” лойиҳасининг жорий йилги биринчи мавсуми учун ташаббуслар қолдириш бошланади. 1-мавсум учун жами 3 трлн сўм маблағ ажратилмоқда.

Ҳар битта ташаббус учун максимум 1 млрд 360 млн сўм маблағ сўраш мумкин.

Жорий йилдан бошлаб энг катта янгилик — бу овоз беришда соғлом рақобат муҳитини яратиш мақсадида “Бир фуқаро – бир овоз” тизими жорий этилади.

Яъни энди номида нечта сим-картаси бўлишидан қатъи назар 1 киши фақат 1 марта овоз бера олади.

Шунингдек, бундан буён “Ташаббусли бюджет” доирасидаги лойиҳалар ташаббускорлар, маҳалла раиси ва фаолларининг иш сифати юзасидан розилиги олинганидан кейингина фойдаланишга қабул қилиш тартиби жорий этилиши кутилмоқда.
#жадидчилик

O‘quvchilarni jadidchilik faoliyati bilan keng tanishtirish maqsadida yangi loyiha yo‘lga qo‘yilmoqda


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kitobxonligini oshirish, ularni buyuk vatandoshlarimizning shonli hayot yo‘li va ijodiy merosi bilan tanishtirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda o‘tgan asr boshlarida faoliyat yuritgan buyuk jadid taraqqiyparvarlarining hayoti va ijodi bilan tanishtirish hamda faol kitobxonlar safini kengaytirishga qaratilgan yangi loyiha (tanlov) tashkil etilmoqda.

🔹Kuni kecha mazkur loyihani yuqori darajada tashkil etish uchun yurtimiz madaniy hayotida faoliyat olib borayotgan malakali ekspertlar — filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov, tarixchi olim Bahrom Irzayev, yozuvchi Javlon Jovliyev, adabiyotshunos Shahnoza Nazarovalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda mazkur tanlov Nizomi loyihasi ishlab chiqildi hamda keng muhokama qilindi.

✔️ Qizg‘in muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda ekspertlar tomonidan har bir shartga alohida e’tibor qaratish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, bunda o‘quvchilarga xos bo‘lgan jihatlarini inobatga olish, tanlov shaffofligini ta’minlash bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#SEMINAR
🟢Baholashning yangi tartibi


💎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanidagi 3-maktabda "Baholashning yangi tartibi" joriy etilgan maktablar uchun boshqarma boshlig'i Ilyor Akbarov boshchiligida viloyatdagi 28 maktab mas'ullariga seminar tashkil etildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Эълон

📣📣 Farzandingiz shaxmatni mustaqil o‘rganishi uchun maxsus bot!

❗️Zamonamizning mashhur sport turlaridan birini o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan sportning shaxmat turidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumta'lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun video-darslar yaratildi.

⚡️Bu darslar orqali o'quvchilarimiz shaxmat sport turini mustaqil o'rganibgina qolmay, video-darslarda berilgan topshiriqlarni bajarish orqali esdalik sovg‘alarini ham qo‘lga kiritishlari mumkin!

👇 Darslar bilan quyidagi manzillarda tanishing:

🔹Telegram bot
🔸YouTube

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Telegram | Instagram |Facebook | Youtube