Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.27K subscribers
45K photos
16.1K videos
381 files
27.9K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan

💥Microsoft kompaniyalaridagi eng so‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi ? IT olamining mashhur ekspertlari tajribalarini o‘rganishni-chi?

⚡️Bundan tashqari Microsoft va Amazon kompaniyalarining TOP MUTAXASSISLARI bilan uchrashish hamda AI, CloudComputing va DeveloperTechnoligist aloqador mavzularda o‘z bilimlaringizni oshirishingiz mumkin.

📍 Manzil: Yangi O'zbekiston Universiteti
📅 Sana: 2-dekabr
Soat: 9:00

Ro'yxatdan o'tish uchun: mdcuzbekistan.com

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#YIL_AYOLI
🟢Toshkent viloyatida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi

💎Tanlovning “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman(shahar) davlat organi”nominayiyasi bo‘yicha g‘oliblikni Yangiyo‘l shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Muhabbat Alimova qo‘lga kiritdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YIL_AYOLI
🟢Toshkent viloyatida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

💎O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 27 apreldagi qaroriga asosan o‘tkazilgan bu yilgi “Yil ayoli” milliy tanlovida viloyat hududlaridan 100 ga yaqin ayol ishtirok etgan bo‘lsa, “Gender tenglik faoli” milliy tanloviga 40 dan ziyod talabgor hujjat topshirgan. Viloyat bosqichiga o‘tgan nomzodlar ishlari 11 ta nominatsiya bo‘yicha tanlov komissiyalari tomonidan o‘rganilib, g‘oliblar aniqlandi.

💎Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni, roli va nufuzini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, qator loyiha va tanlovlar o‘tkazilayotganligini alohida ta’kidladi. “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari ham yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan.

💎Milliy tanlovlarning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”, “Yilning eng yangi goyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT dasturchi ayoli” nominatsiyalari bo‘yicha viloyat bosqichi g‘oliblariga viloyat hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

💎Shuningdek, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman(shahar) davlat organi”, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik subyekti”, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman (shahar) hokimligi”, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT”, “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng yaxshi teleradiodastur”, “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham taqdirlandi.

💎E’tiborlisi, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman(shahar) davlat organi”nominayiyasi bo‘yicha g‘oliblikni Yangiyo‘l shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Muhabbat Alimova qo‘lga kiritdi.

💎Hamkasbimiz Muhabbat opa Alimovani ushbu yutuq bilan chin yurakdan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🟢Joriy yilning 28-noyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanidagi 78-sonli alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar uchun ixtisoslashgan maktab internatida “Men hech kimdan kam emasman” mavzusida tadbir tashkil etildi.

📹Bu haqda markaziy telekanallarda keng yoritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📌Zangiotalik ixtirochi o‘quvchimiz Ozodbek Hoshimovning favqulotda holatlarni oldini olish uchun yasagan qo‘rilmasi bugun xorijlik olimlar nazariga tushdi. Kuni kecha Turkiya davlati bo‘lib o‘tgan festivalda ishtirok etib kelgan o‘quvchimiz, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi mavjud ta’lim muassasalari hududida joylashgan elektr taqsimlovchi punkt (transformator)larning soni, balansda saqlovchisi, xavfsizlik talablari hamda ularning texnik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilyapti.

❗️Shuningdek, vazirlikning hududiy bo‘linmalari va tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda elektr taqsimlovchi punkt (transformator)larning barcha talablarga to‘la mos ekanligi bo‘yicha zarur xatlov ishlari tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.

👉 Mazkur xatlov yakuni bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🔰Joriy yilning 28-30-noyabr kunlari Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nurfshon shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan olimpiadaning 2-turida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1700 nafardan oshiq 9-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

📹Bilimlar bellashuvi haqidagi lavha “Nurafshon” telekanali orqali namoyish etildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TILAK

🍁Bugun 30-noyabr - kuzning oxirgi kuni. Ertadan, ko‘ngillarga oppoq tuyg‘ularni, zumrad qish tashrif buyuradi.
Qorlari bilan quvontirguvchi qish qalblarimizga qordek oqlik olib kelsin!


ERTAGA QISH ❄️


Kuni bitgan kuzak bechora,
Qo‘lin cho‘zar qishning rohiga.
Berib oppoq tongdan ishora,
Qorlar chizar daraxt shoxiga,

Tushirgaydir bog‘ ham bugun,
Yelkasidan xazon yukini.
Zumrad osmon jilmayar gulgun,
Bugun kuzning oxirgi kuni!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_NAFASI

🟢Bugun qishning birinchi kuni. Kunlar bir birini quvib, shiddat bilan odimlamoqda. Ustozim, har lahza, har on hayotning eng oliy mukofotlariga loyiqman deb yashang. Shunda hayot haqiqiy loyiqlik uchun yo‘lni ko‘rsata boshlaydi... O‘zingiz anglamagan holda loyiqlar yo‘lidan yurasiz va eng oliy mukofotlarga chindanda loyiq bo‘lib borasiz... Eng muhimi, siz o‘zingizga ishonsangizgina, u yo‘lni ko‘ra olasiz va har qanday qiyinchiliklardan chiqish yo‘lini topasiz!

Kuningiz xayrli o‘tsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_HIKMATI
❗️shunchaki muhim...


Har bir odamga hurmat va yaxshilik bilan qarang - ular shunga loyiqliklari uchun emas, siz INSON bo‘lganligingiz uchun
Konfutsiy

✍️ Konfutsiy

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BUGUNNING_GAPI

“Temir intizom” hammamiz uchun eng birinchi masala bo‘lib qolishi kerak. Korxonalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligisohasi va qurilish maydonlari, transport va jamoat joylarida ham ushubu talablarga qat’iy amal qilimsh lozim.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TARIXI
1️⃣ DЕKABR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


🇺🇸 1774 yil — Birinchi Kontinental Kongress tashabbusi bilan Buyuk Britaniya va uning Shimoliy Amerika koloniyalari o‘rtasidagi savdo boykoti kuchga kirgan;

🏀 1891 yil — Jeyms Neysmit basketbol o‘yinini ixtiro qilgan;

⚔️ 1913 yil— Birinchi Bolqon urushidan so‘ng yarim mustaqillikni qo‘lga kiritgan Krit Gretsiya tomonidan bosib olingan;

🇮🇸1918 yil — Islandiya Daniya qirolligi tarkibida suveren davlatga aylangan;

🇯🇵 1941 yil— Imperator Xiroxito AQSHga qarshi urush boshlash bo‘yicha yakuniy qarorni tasdiqlagan;

📌1943 yil — SSSR (Stalin), AQSH (F. Ruzvelt) va Buyuk Britaniya (U. Cherchill) uchta ittifoqchi davlat hukumat rahbarlarining Tehron konferensiyasi yakunlangan;

🤵‍♀️ 1945 yil —Xalqaro demokratik ayollar federatsiyasi tashkil topgan;

📜1959 yil — Antarktika shartnomasi imzolangan, unga ko‘ra Antarktidadan har qanday harbiy maqsadlarda foydalanish taqiqlangan;

🇺🇳1988 yil—BMTga a’zo davlatlar tomonidan 1 dekabr— Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni sifatida tasdiqlangan;

🇺🇿1989 yil— Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan;

🇻🇦 1989 yil —Mixail Gorbachev Vatikanga tashrif buyurgan birinchi Sovet rahbari bo‘lgan;

🇺🇦1991 yil — Ukrainada prezidentlik saylovlari va Mustaqillik bo‘yicha butun Ukraina referendumi bo‘lib o‘tgan;

🇰🇿1991 yil — Qozog‘istonda birinchi umumxalq prezidentligi saylovi bo‘lib o‘tgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
⚡️Bugundan boshlab oylik maoshlarni oshirilgan miqdorda hisoblash boshlanadi

Ma'lumki, Prezidentning 17-noyabrdagi 196-sonli farmoni bilan 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilishi belgilangan.

Oshirilgan maoshlar bo‘yicha hisoblanganda bugundan boshlab pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

Maktab direktori:
4 mln 084 ming 179 so‘m (400 o‘quvchigacha)
4 mln 360 ming 917 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 624 ming 262 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 891 ming 647 so‘m (1600dan ortiq)

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
3 mln 814 ming 502 so‘m (400 o‘quvchigacha)
4 mln 084 ming 179 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 360 ming 917 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 624 ming 262 so‘m (1600dan ortiq)

Direktorning ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
1 mln 618 ming 065 so‘m (400 o‘quvchigacha)
1 mln 765 ming 457 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
1 mln 919 ming 114 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
2 mln 078 ming 589 so‘m (1600dan ortiq)

*CHQBT rahbari:
2 mln 948 ming 543 so‘m

2024-yil 15-yanvardan boshlab CHQBT rahbari:

Mutaxassis – 2 mln 948 ming 543 so‘m;

Ikkinchi toifali – 3 mln 301 ming 055 so‘m;

Birinchi toifali – 3 mln 678 ming 381 so‘m;

Oliy toifali – 4 mln 064 ming 865 so‘m

**Psixologlar
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m

Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m

Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m

Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m

O‘qituvchilar
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 756 ming 194 so‘m

Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 948 ming 543 so‘m

Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 301 ming 055 so‘m

Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 678 ming 381 so‘m

Oliy toifali o‘qituvchi – 4 mln 064 ming 865 so‘m

Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 458 ming 770 so‘m

Kutubxona mudiri:

O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 941 ming 691 so‘m

Oliy ma’lumotli – 2 mln 118 ming 548 so‘m

Kutubxonachi:

O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 683 ming 734 so‘m

Oliy ma’lumotli – 1 mln 772 ming 354 so‘m

❗️Izoh: *2024-yil 15-yanvardan boshlab CHQBT rahbarlariga ham boshqa fan o‘qituvchilari singari malaka toifasi berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Shundan so'ng ularning oylik maoshi ham malaka toifasiga ko'ra farqlanadi.

**Psixologlar oylik maoshi ham malaka toifasiga ko'ra farqlanadi. Ammo ularni attestatsiyadan o'tkazish masalasidagi muammolar haligacha bartaraf etilmagan.

Ta'lim muassasasining boshqa toifadagi xodimlarining oylik maoshlari haqida keyinroq qo'shimcha ma'lumot beramiz.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
#Matbuot_anjumani

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari" mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

👉Bizni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🟢Xabaringiz bor joriy yil 29-noyabr kuni Toshkent viloyati bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan respublika “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.

🎞Mazkur tadbir markaziy telekanallarda keng yoritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988 yilidagi qaroriga asosan, 1 dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. 2022 yilda dunyoda taxminan 39 million nafar OIV bilan yashovchi odamlar ro‘yxatga olingan, ularning uchdan ikki qismi Afrika mintaqasi aholisidir.

Shuningdek, o‘tgan yili 630 000 odam OIV bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etgan va 1,3 millionta yangi OIV yuqish holatlari qayd etilgan.

Bu esa, o‘z navbatida inson salomatligi, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda xavfsizligiga rahna solayotir.

Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda barcha yo‘nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yo‘l bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat, afsuski, mamlakatimizda ham kuzatilyapti. Masalan, o‘tgan yili ro‘yxatga olingan bemorlarning 79 foiziga kasallik jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqqanligi gumon qilingan.

JSST tomonidan bemorlarni virusga qarshi davolash kasallikning bosqichidan qat’iy nazar, u aniqlangan kundan boshlanishi zarurligi tavsiya etiladi.

Shu yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra, yurtimizda OIV infeksiyali bemorlarning 83 foizi davolashning dunyoda tan olingan usuli — antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat budjeti mablag‘lari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook