Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.18K subscribers
46.7K photos
16.3K videos
385 files
28.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#kun_tarixi

2️⃣5️⃣-YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


⚔️ 750 yil— Umaviylar armiyasi va Abbosiy tarafdorlari o‘rtasida jang bo‘lib, unda Abbosiylarning g‘alabasi Umaviy xalifaligiga chek qo‘ydi va XIII asrgacha hukmronlik qilgan Abbosiylar sulolasining boshqaruvini boshlab bergan;

🤝 1479 yil —Konstantinopol shartnomasi Venetsiya Respublikasi va Usmonli imperiyasi o‘rtasidagi 15 yillik urushni tugatgan;

🚫 1658 yil— Yangi Amsterdam gubernatori tennisni taqiqladi, chunki u odamlarni ibodat qilishdan chalg‘itadi deb o‘ylagan;

📌 1791 yil — Britaniya parlamenti Kvebekni Yuqori va Quyi Kanadaga (hozirgi Ontario va Kvebek) ajratgan;

🛳 1878 yil — Turkiya paroxodini Rossiya torpedasi cho‘ktirib yuborgan,bu torpeda oqibatida cho‘kkan ilk kema bo‘lgan;

📚 1878 yil — Leyden universitetida dunyodagi birinchi nazariy fizika bo‘limi ochilgan;

💎 1905 yil - Janubiy Afrikada eng katta olmos (3106 karat) topilgan;

☎️ 1915 yil — ixtirochi Aleksandr Bell birinchi trans-amerika telefon qo‘ng‘irog‘ini o‘tkazgan (Nyu-York-San-Fransisko).

📌 1919 yil— Antanta Millatlar Ligasini tuzish rejasini ma’qullagan;

⚔️ 1942 yil —Tailand Ikkinchi jahon urushi paytida AQSH va Angliyaga qarshi urush e’lon qildi;

🇮🇱🗳 1949 yil —Isroilda birinchi parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan;

🇮🇳1957 yil —Kashmir Hindiston tarkibiga kiritilgan;

1960 yil — SSSRda GULAG (Majburiy mehnat lagerlari, mehnat turar joylari va hibsga olingan joylar bosh boshqarmasi) tugatilgan;

⚔️ 1971 yil —Idi Amin Ugandada to‘ntarish uyushtirgan;

🛰 2004 yil — AQSHning Marsga ikkinchi sayohati amalga oshirilgan, "Opportunity" kemasi Mars yuzasiga qo‘ngan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣6️⃣-YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


👑 1340 yil— Eduard III Fransiya qiroli deb e’lon qilingan;

📌 1525 yil— Rossiyaning birinchi bosma xaritasi nashr etilgan;

📌 1531 yil —Lissabonda halokatli zilzila va sunami 30 mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan;

📌1788 yil — Sidney shahri tashkil topgan. U Avstraliyadagi ilk yevropaliklar aholi punkti bo‘lgan;

🇦🇺 1808 yil — Avstraliyada "rom qo‘zg‘oloni" deb nomlangan voqea sodir bo‘lgan;

⚔️ 1871 yil— Fransiya-Prussiya urushi: qamalda qolgan Parij garnizoni va Prussiya qo‘shinlari o‘rtasida sulh tuzilgan;

✈️ 1911 yil — Glen Kyortis boshqargan birinchi dengiz samolyoti uchib ketgan;

🛬 1914 yil— "Ilya Muromes" rusumli birinchi to‘rtta dvigatelli bombardimonchi samolyot parvozi amalga oshirilgan;

📌 1924 yil — Sovetlarning 2 Kongressi farmoni bilan Petrograd Leningrad deb o‘zgartirilgan;.

📄 1934 yil — Fashistlar Germaniyasi va ikkinchi Polsha Respublikasi o‘rtasida Gitler-Pilsudski shartnomasi imzolangan;

📌 1939 yil —Vashingtondagi nazariy fizika bo‘yicha mashhur konferensiyada Nils Bor uranni kashf etganligini e’lon qilgan;

🇦🇫 2004 yil —Prezident Hamid Karzay rasman Afg‘onistonning hozirgi Konstitutsiyasini tasdiqlagan;

🇺🇿 🛂 O‘zbekiston Respublikasida Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣9️⃣-YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


📌 1616 yil— Gollandiyalik sayohatchilar J. Lemer va V. Shoten Janubiy Amerikaning eng janubiy nuqtasi —Gorn burnini kashf etishgan;

🏢 1635 yil — kardinal Rishele Fransiya akademiyasiga asos solgan;

📜 1710 yil — Rossiya imperatori Pyotr I rus alifbosini rasmiy ravishda joriy etish to‘g‘risida farmoni chiqargan;

📚1804 yil— Sharqiy Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan biri bo‘lgan V. N. Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti ochilgan;

🚢1851 yil —Jon Adams paroxodli kemasi kuchli zarbadan so‘ng Mississippi daryosida cho‘kib ketgan, 123 kishi halok bo‘lgan;

📌 1856 yil— Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya mamlakatning eng oliy harbiy mukofoti bo‘lgan "Viktoriya Xochi"ni ta’sis etgan;

🚗 1886 yil — Germaniyada Karl Bens dunyodagi ilk benzinda yuradigan avtomobilga patent olgan;

📌 1896 yil— Amerikalik fizik E. Grubbe dunyoda birinchi bo‘lib saraton kasalligini davolash uchun radioaktiv nur terapiyasini qo‘llagan;

✈️ 1916 yil — Germaniyaning Parijga so‘nggi havo hujumi yuz bergan;

🚫 1919 yil — Qo‘shma Shtatlarda Konstitutsiyaga alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish, tashish va sotishni taqiqlovchi 18-tuzatish kiritilgan;

🏫 1927 yil — Angliyada ilk vannali mehmonxona paydo bo‘lgan;

📌 1960 yil — birinchi sun’iy buyrak yaratilgan;

1997 yil
—Nyu-York sudi Vyacheslav Ivankovni ( laqabi "Yaponchik") 7 yil 9 oylik qamoq jazosiga hukm etgan;

🛩 2010 yil — Rossiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti Su-57 dastlabki parvozini amalga oshirgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TARIXI

3️⃣0️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


🚤 1790-yil —Angliyada dunyoda birinchi marta qutqaruv kemasi dengizda sinovdan o‘tkazilgan;

📜 1801-yil — Pol I Gruziyaning Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risida manifest e’lon qilgan;

👩‍❤️‍👨 1853-yil —Notr Dam soborida 45 yoshli Fransiya imperatori Napoleon III va Ispaniya grafinyasi Yevgeniya Montijoning nikoh marosimi bo‘lib o‘tgan;

1915-yil — Germaniya Fransiyaning Le Gavr portiga hujum qilishda birinchi marta suvosti kemalaridan foydalangan;

📌 1930-yil— Sovet meteorologi Pavel Molchanov tomonidan ixtiro qilingan dunyodagi birinchi atmosfera tadqiqotlari uchun radio zond ishga tushirilgan;

📌 1933-yil— Germaniya Prezidenti Gindenburg Adolf Gitlerni kansler etib tayinlagan;

1934-yil— "Osoaviaxim-1" stratosfera shari dunyoda birinchi marta 22 km balandlikka ko‘tarilgan. Tushish paytida u qulab tushgan va uchala ekipaj a’zolari ham halok bo‘lgan;

📐1935-yil —Amerikalik seysmolog Charlz Rixter zilzila kuchini o‘lchash uchun maxsus o‘lchovni taklif qilgan. Bugungi kunda u Rixter shkalasi sifatida tanilgan;

🇺🇿1938-yil— O‘zbekiston Respublikasi 1-Рrezidenti Islom Karimov tug‘ilgan;

⚔️ 1943-yil —Ikkinchi jahon urushidagi burilish nuqtasi sodir bo‘lgan— 6-nemis armiyasi Stalingradda taslim etilgan;

📌 1998-yil — MDHga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirliklari shaxsiy tarkibi bilan ishlash bo‘yicha qo‘mita tuzilgan;

❗️2000-yil — "Ikkinchi Chernobil falokati" yuz bergan: Ruminiya-Avstraliya qo‘shma kompaniyasi Aurul zavodidan Dunayga 100 ming kubometrdan ortiq metall chiqindisi tashlagan va oqibatda 100 tonnadan ziyod o‘lik baliq ovlangan;

🚀 2009-yil — Rossiyaning Plesetsk kosmodromidan Siklon-3 raketasi yordamida "Koronas-Foton" kosmik kemasi
uchirilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TARIXI

📆Bugun O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun

📱"O‘zbekistonni chorak asr davomida boshqargan davlat rahbari portretiga chizgilar"

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

6️⃣-FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 1806 yil —
Napoleon urushlari davrida Santo-Domingo jangi bo‘lib o‘tgan. Santo-Domingo oroli yaqinida ingliz va fransuz eskadronlari to‘qnashgan;

🏕 1820 yil — Amerikalik mustamlakachilar jamiyatining ko‘magi bilan 86 nafar afroamerikalik immigrant hozirgi Liberiya hududiga ko‘chishni boshlagan;

📌 1832 yil— London konferensiyasida (Angliya, Rossiya, Fransiya ishtirokidagi) Gretsiya mustaqilligi tan olingan;

📌 1840 yil— Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylangan;

⚔️ 1862 yil — AQSHda fuqarolar urushi: Fort Genri jangi. Ittifoq va General Uliss Grant birinchi yirik g‘alabaga erishgan ;

📜 1899 yil —Qo‘shma Shtatlar Senati 1898 yildagi Ispaniya-AQSH urushini tugatib, Parij shartnomasini ratifikatsiya qilgan;

1940 yil —
natsist me’mori Fridrix Pabst Reyx rahbariyatiga Varshavani qayta qurish rejasini ("Pabst rejasi") taqdim etgan, unda shaharni tag-tugi bilan yo‘q qilib, o‘rnida Germaniyaning 130 ming aholisi uchun yangi shahar qurilishi ko‘zda tutilgan. Varshavaning urushgacha bo‘lgan aholisi 1,5 millionni tashkil etgan;

👑 1952 yil —
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qirolichasi va davlat boshlig‘i, Hamdo‘stlik tarkibidagi 15 davlat rahbari Yelizaveta II taxtga o‘tirgan;

🛩 1958 yil — Myunxenda bortida "Manchester Yunayted" futbol jamoasi mavjud bo‘lgan samolyot qulab tushgan. 23 ta qurbon orasida klubning sakkizta a’zosi ham bor edi;

⚔️ 2000 yil — Ikkinchi chechen urushi: Rossiya armiyasi tomonidan Grozniy qo‘lga kiritilgan. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Vladimir Putin Grozniyni ozod qilish bo‘yicha operatsiya yakunlanganligini e’lon qilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

7️⃣-fevral sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy hodisalar


📚 1812-yil— ingliz yozuvchisi Charlz Dikkens (1812—1870) tug‘ilgan;

⚔️ 1807-yil — To‘rtinchi koalitsiya urushi: Napoleon armiyasi Rossiya qo‘shinlariga qaqshatqich zarba bergan;

⚔️ 1865-yil—AQSHda fuqarolar urushi: Run jangida shimolliklar g‘alaba qozongan;

📌 1942-yil — Ustash Banja Luka atrofida serblar qirg‘in qilingan— 2300 dan ortiq serblar o‘ldirilgan, ulardan 551 nafari bolalar edi;

⚔️1942-yil —Yaponiya qo‘shinlari Singapur oroliga bostirib kirishgan;

⚔️ 1943-yil — Gvadalkanal jangi: Yaponiya qurolli kuchlari tomonidan Gvadalkanaldan quruqlikdagi kuchlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha "Ke" operatsiyasi o‘tkazilgan.

📣 1944-yil — O‘zining radio murojaatida Estoniya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Yuri Uluots umumiy safarbarlik e’lon qilgan va Estoniyani Qizil armiyadan himoya qilish uchun estoniyaliklarni Germaniya armiyasining Estoniya qismlariga (20-SS diviziyasi) qo‘shilishga chaqirgan;

🇪🇺 1992-yil — Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo 12 davlatning tashqi ishlar va moliya vazirlari tomonidan Yevropa Ittifoqini tuzish to‘g‘risida shartnoma imzolangan;

🇺🇦🗳 2010-yil — Ukrainadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Viktor Yanukovich Yuliya Timoshenkoni mag‘lub etgan;

🏒 2014-yil— Sochida XXII qishki Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

8️⃣-FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


📄 1672 yil — Isaak Nyuton o‘zining yorug‘lik va rang tabiati haqidagi nazariyasi haqidagi mashhur ma’ruzasini o‘qigan;

🚫 1815 yil — Vena kongressida qullar savdosini taqiqlovchi deklaratsiya qabul qilingan;

🦮 1816 yil—Shotlandiyaning Aberdinshir shahrida dunyoda birinchi marta politsiya operatsiyasiga itlar jalb qilingan;

🔫 1837 yil — Aleksandr Sergeyevich Pushkin va Jorj de Gekkern (Dantes) o‘rtasida duel bo‘lib o‘tgan. Duel natijasida Pushkin og‘ir yaralanib ikki kundan keyin vafot etgan;

1904 yil — Yaponiyaning Port-Arturga hujum qilishi bilan Rossiya-Yaponiya urushi boshlanib ketgan. Rasman urush e’lon qilmay, 8 ta yapon suvosti kemasi Port-Arturdagi rus floti kemalariga hujum uyushtirgan;

📌 1924 yil — Qo‘shma Shtatlarning Nevada shtatida Tyorner ismli qamoqxona stomatologi tashabbusi bilan jinoyatchini qatl qilish uchun birinchi marta gaz kamerasidan foydalanilgan;

🇮🇳 1931 yil — Hindistonning yangi poytaxti Nyu-Dehlining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tgan;

⚔️ 1945 yil — G‘arbiy Germaniyani bosib olish, Maas va Reyn daryolari orasidagi hududni tozalash va Reynga yetib borish maqsadida Germaniya armiyasiga qarshi ittifoqchi kuchlarning Maas-Reyn operatsiyasi boshlangan;

🚌1956 yil — Londonda ikki qavatli avtobus (Doubledecker) ishga tushgan. U hozirda Londonning ramziga va dunyodagi eng mashhur avtobusga aylangan;

🇨🇿🇸🇰 1993 yil —Chexoslovakiya toji o‘rniga alohida Chexiya va Slovakiya tojlari, ya’ni Chexiya Respublikasida Chexiya va Slovakiyada Slovakiya toji joriy etilgan;

🇺🇦 1994 yil —Ukraina NATOning Tinchlik uchun Hamkorlik dasturining asosiy hujjatini imzolagan;

🏒 2002 yil — Solt Leyk-Siti shahrida XIX qishki Olimpiya o‘yinlari Jorj Bush tomonidan ochib berilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Kun_tarixi
9️⃣-FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


📝 1441 yil— Hirot shahrida shoir, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (taxallusi Navoiy) tug‘ilgan;

👑 1654 yil — Shvetsiya qirolichasi Kristina taxtdan voz kechgan;

⚔️ 1695 yil —Moray urushi: Inousses orollari yaqinida dengiz jangi bo‘lib o‘tgan va durang bilan tugagan. 10 kundan keyin jang yana davom etgan va turklar Venetsiya flotini mag‘lubiyatga uchratgan;

⚔️ 1788 yil —Avstriya Turkiyaga qarshi urush e’lon qilgan;

🤝 1801 yil —Lunevil shahrida Fransiya va Avstriya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan. Fransiya tomonidan Jozef Bonapart, Avstriya tomonidan tashqi ishlar vaziri Kobenzl imzolagan. Shartnoma fransuzlarga qarshi ikkinchi koalitsiyaning tugatilishiga sabab bo‘lgan;

📌 1849 yil — Millatlar bahori: Juzeppe Garibaldining taklifiga binoan Italiya respublika deb e’lon qilingan;

🇯🇵 1889 yil — Yaponiya Konstitutsiyasi kuchga kirgan;

✈️ 1920 yil — ingliz mustamlakachilari qo‘shinlari Dervish davlatining poytaxti Talehga kirib kelishgan. Dervish qo‘shinlari birinchi marta samolyotlarga duch kelib, qochib ketishgan;

📌 1924 yil —Ozarbayjon SSR tarkibida Naxichevan ASSR tashkil topgan. (1990 yil noyabrdan — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi Naxichevan Avtonom Respublikasi).

🤝 1929 yil —Moskvada SSSR Tashqi ishlar xalq komissari o‘rinbosari Maksim Litvinovning tashabbusi bilan SSSR, Polsha, Ruminiya, Latviya va Estoniya o‘rtasida milliy siyosat vositasi sifatida urushdan voz kechish to‘g‘risida bitim imzolangan;

🇮🇷 1979 yil — Eronda Pahlaviylar sulolasi ag‘darilgan;

1990 yil — Nelson Mandela ozodlikka chiqqan;

💣 1998 yil —Gruziya prezidenti Eduard Shevardnadzega qarshi suiqasd uyushtirilgan. Tbilisining markazida uning avtouloviga granata uloqtirilgan va avtomatlardan o‘qqa tutilgan. Biroq, zirhli Mercedes uning hayotini saqlab qolgan;

📌 2016 yil — Gravitatsiya to‘lqinlari kashf etilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TARIXI
🔰MA’RIFAT KЕCHASI

🏦Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida


➡️Ayni kunlarda buyuk bobokalonlarimiz, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhamad Bobur tavalludi munosabati bilan ta’ltim muassasalarida "Buyuk siymolarga e’htirom" shiori ostida ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

➡️Toshkent tumanidagi 12-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Bobomiz Bobur tavalludi" mavzusida tadbir tashkil etldi. Tadbirda bolajonlar Zahriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar ijro qilishdi. Mumtoz kuylarga raqsga tushishdi.

📌Bu kabi tadbirlar joylar tashkil etilmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TARIXI

🌐BUGUN XALQARO KITOB ULASHISH KUNI

📚Bugun xalqaro kitob ulashish kuni. Olishdan ko‘ra berish ko‘proq baxt beradi odamga. Eng avval oilangizdan boshlang. Turmush o‘rtog‘ingizga, farzandlaringizga kitob sovg‘a qiling.

☺️Bolajoningizga kitob sovg‘a qilar ekansiz, unga bugun shunday kun ekanligini, kelasi yillar ham shu kuni unga yana yangi kitoblar sovg‘a qilishingizni, katta bo‘lganida o‘zi ham do‘stlariga, yaqinlariga kitoblar ulashishi kerakligini ayting.

💚Bolalarimizda shunday go‘zal qadriyatlarni shakllantiraylik.
❗️Eslab ko‘ring,
bolaligingizda oilangiz bilan bog‘liq bo‘lgan qandaydir odatlarni iliq xotiralar bilan eslaysiz, sog‘inasiz, hozir ham ularni takrorlagingiz keladi.

😊Kichkintoylarimizning bolalik xotiralarini shunday chiroyli yarataylik. Ertaga albatta farzandingizga yoki shirintoy jiyanchalaringizga kitoblar sovg‘a qiling.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

1️⃣6️⃣ FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


🗡 1568-yil —Ispaniya inkvizitsiyasi Niderlandiyaning barcha aholisiga o‘lim jazosini e’lon qilgan;

⚔️ 1704-yil — Varshava Konfederatsiyasi amaldagi qirolni lavozimidan bo‘shatishi oqibatida Polshada fuqarolar urushi boshlanib ketgan;

📜👑 1722-yil — Pyotr I taxtga merosxo‘rlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagan, unga ko‘ra imperator merosxo‘rni yoshiga emas, balki o‘z xohishiga ko‘ra voris tayinlashi belgilangan;

🛳 1837-yil — Man oroli yaqinida inglizlarning "Jeyn" va "Margaret" kemalari halokatga uchrashi oqibatida ikki yuzdan ortiq odam halok bo‘lgan;

🇰🇿 1854-yil — 1929-1997-yillarda Qozog‘iston Respublikasining poytaxti bo‘lgan Verniy (1921 yildan —Olma-ota) qal’asiga asos solingan;

⚔️ 1916-yil — general Yudenichning Kavkaz qo‘shini og‘ir kechgan janglarda Turkiyaning uchinchi armiyasini mag‘lubiyatga uchratib, Erzurumga kirib kelgan;

🇱🇹 1918-yil — Litvaning Rossiya va Germaniyadan mustaqilligi e’lon qilingan;

📌 1918-yil — Mustaqil Kuban Xalq Respublikasi tashkil topganligi e’lon qilingan;

🧱 1923-yil— Xovard Karter fir’avn Tutanxamon qabrini ochgan;

🎖1957-yil — SSSRda "Cho‘kayotgan odamlarni qutqarganligi uchun" medali ta’sis etilgan;

👮‍♂️1968-yil —Alabama shtatining Xeylivill shahrida AQSHda birinchi marta 911 qutqaruv xizmati ish boshlagan;

🚛 1976-yil — SSSRda birinchi KAMAZ avtomobili "Kama" avtomobil zavodining konveyeridan chiqarilgan;

📌 1978-yil — birinchi kompyuterlashtirilgan elektron e’lonlar taxtasi— BBC yaratilgan;

📌 1992 yil — Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO) yig‘ilishida Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zolikka qabul qilingan;

💣 1999 yil —
Toshkentda terakt sodir etilgan, shaharda bir qator portlashlar yuz bergan. Jumladan, birinchi Prezident Islom Karimov raisligida parlament majlisi o‘tkazilayotgan Oliy Majlis binosida ham portlashlar bo‘lgan;

💣 2001-yil — Prishtina shahrida (Kosovo) terakt sodir etilgan; "Nish Express" avtobusi portlatib yuborilgan;

📄 2005-yil — Kioto protokoli kuchga kirgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

1️⃣9️⃣ FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


⚔️ 197-yil — Lugdun jangi boshlangan bo‘lib, unda uzurpator Klodiy Albin Rim imperatori Septimiy Sever qo‘shinlari tomonidan mag‘lubiyatga uchragan;

🪐 1473-yil— buyuk polyak astronomi va matematigi Nikolay Kopernik tug‘ilgan;

📌 1726-yil— Rossiya imperatori Yekaterina IIning farmoni asosida Oliy Maxfiy Kengash tashkil etilgan;

🚫1793-yil— Rossiya imperiyasining inqilobiy Fransiya bilan barcha aloqalari to‘xtatilgan;

🇫🇷 1800-yil — Napoleon Bonapart o‘zini Fransiyaning birinchi konsuli deb e’lon qilgan;

🛳 1841-yil—
AQSHning "Govener Fenner" kemasi Liverpuldan Nyu-Yorkka suzib ketayotganida halokatga uchrab 122 kishi vafot etgan;

🌍 1855-yil — fransuz matematik olimi va astronomi Urban Le Verriyer Parij Fanlar akademiyasiga dunyodagi birinchi ob-havo xaritasini namoyish qilib, o‘sha kuni ertalabki Yevropa uchun ob-havo ma’lumotini xarita orqali taqdim etgan;

🎙1878-yil — Amerikalik ixtirochi Tomas Edison fonografni patentlagan;

⚔️ 1905-yil — Rus-yapon urushi davridagi Mukden jangi boshlangan, bir oydan ortiq davom etgan to‘qnashuvlarda Yaponiya g‘alaba qozongan;

⚔️ 1915-yil — Birinchi jahon urushi davridagi Dardanell operatsiyasi boshlangan;

📌 1938-yil —dunyodagi birinchi shimoliy qutb stansiyasi— "Shimoliy qutb-1" o‘z ishini yakunlagan;

🇺🇦 1954-yil — Qrim viloyatini RSFSR tarkibidan Ukraina SSR tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risida SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni qabul qilingan;

📑 1990*yil— "O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida"gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilingan, ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlangan;

🇮🇷 ✈️ 2003-yil— Erondagi Islom inqilobiy kuchlarning Il-76MD samolyoti Kirmon shahri yaqinida qulab tushishi oqibatida 275 kishi halok bo‘lgan;

🇨🇺 💼 2008-yil — Kuba rahbari Fidel Kastro siyosatdan ketishini e’lon qilgan;

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣0️⃣ FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


1705-yil— Rossiyada Pyotr I farmoni bilan birinchi marta rekrutlikka olishda tanlov o‘tkazish joriy qilingan;

⚔️ 1864-yil — AQSH fuqarolar urushi davrida Florida shtatida Olast jangi bo‘lib o‘tgan;

🖼 1872-yil— Nyu-Yorkda Metropolitan muzeyi ochilgan;

📌 1922-yil— Vilnyus Seymi Vilnyus va Litvaning janubi-sharqiy qismining Polshaga qo‘shilishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan;

✈️ 1942-yil — Buganvillda havo jangi yuz bergan;

💣 1945-yil — SSSRning qurol-yarog‘ omborlari Uraldan Moskvaga qaytarib olib kelingan;

🚀 1962-yil — Yerni uch marta aylanib chiqqan Jon Glenn birinchi Amerika orbital kosmik parvozini amalga oshirgan;

🚀 1986-yil —"Mir" orbital stansiyasining tayanch qismi orbitaga chiqarilgan;

📌 1988-yil —Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi "Ozarbayjon SSR va Armaniston SSR Oliy Kengashlariga Tog‘li Qorabog‘ viloyatini Ozarbayjon SSRdan Armanistonga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma jo‘natish to‘g‘risida qaror qabul qilgan;

🇺🇿 🗳1991-yil —O‘zbekiston Oliy Kengashining rayosati referendum o‘tkazishni ma’qullab, SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qilgan. Qo‘shimcha byulletenga "Siz O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?" degan savol qo‘yilgan. Saylovchilarning 93 %i bu savolga «Ha» deb javob bergan;

🚀 1999-yil — "Soyuz TM-29" so‘nggi ekspeditsiyasi "Mir" orbital stansiyasiga yuborilgan;

🇰🇬🗳 2000-yil — Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengesi (parlamenti) ga saylovlar bo‘lib o‘tgan;

🇱🇻 2009-yil — Latviya Prezidenti Valdis Zatlers Bosh vazir Ivars Godmanisni iste’fosiga chiqargan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣1️⃣-FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR

⚔️ 1495 yil— Italiya yurishi paytida Fransiya qiroli Charlz VIII Neapolga hujum qilib, u yerni jangsiz qo‘lga kiritgan;

📚 1632 yil— Galileo Galiley o‘zining shoh asari "Dunyoning ikkita asosiy tizimi— Ptolemey va Kopernik tizimlari bo‘yicha dialog"ni nashr ettirgan, bu esa Yevropada astronomiya fanining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan;

⚔️ 1744 yil — Avstriya vorisligi uchun urushlar paytida Tulon jangi boshlangan;

🇬🇧 1797 yil — Birinchi koalitsiya urushi paytida inqilobiy Fransiya kuchlarining Buyuk Britaniyaga hujumi sodir bo‘lgan. Bu ingliz tarixiga "oxirgi bosqin" sifatida kirgan;

🇺🇸 💰1819 yil— Vashingtonda Adams-Onis shartnomasi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra Florida Ispaniyadan AQSHga ko‘chirilgan (5 mln dollarga sotilgan);

🌡 1828 yil — Fridrix Vyuller organik moddalar, karbamid, noorganik moddalardan sintezi haqida ommaga e’lon qilgan;

🤝 1828 yil— Rossiya va Fors davlati o‘rtasida Turkmanchoy tinchlik shartnomasi imzolangan;

🇫🇷 1848 yil — Parijda burjua-demokratik inqilobi boshlanib, iyul monarxiyasining ag‘darilishiga olib kelgan;

🛳 1901 yil — XX asrning eng yirik kema halokatlaridan biri sodir bo‘lgan: "Rio-de-Janeyro" yo‘lovchi tashuvchi kemasi toshlarga urilib cho‘kib ketgan; 128 kishini hayotdan olib ketgan;

🇲🇽 1913 yil —
Meksika inqilobi: Meksika prezidenti Fransisko Madero davlat to‘ntarishida o‘ldirilgan;

🇧🇬 1943 yil— Bolgariya hukumati natsistlarning Polshadagi o‘lim lagerlariga Bolgariya fuqaroligiga ega bo‘lmagan Makedoniya va Trakya yahudiylarini yuborish haqidagi talabiga bo‘ysunishga majbur bo‘lgan;

🇺🇾 1945 yil —
Urugvay Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilgan;

🧪 1946 yil— Doktor Zelman Vaksman antibiotik streptomitsinni kashf etgan;

🇺🇸 1946 yil—AQSHning Moskvadagi elchisi J.Kennan birinchi marta SSSRga nisbatan "qamoq siyosati" rejasini ishlab chiqqan;

🇪🇬🇸🇾 1958 yil—Misr va Suriya prezidentlari ikki mamlakatni BAAga birlashtirish to‘g‘risidagi aktni imzolashgan;

🇬🇧🚀 1958 yil — Angliya o‘z hududida AQSH yadro qurollarini joylashtirilishiga ruxsat bergan bitim imzolangan;

🚀 1966 yil— Ichida Veterok va Ugolok laqabli itlari bo‘lgan "Kosmos-110" sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchirilgan;

📌 1979 yil —Sent-Lusiya Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan;

📌 1983 yil— Amerikalik Aleks Chervinskiy 390 tangadan 4 metr balandlikda piramida qurgan va jahon rekordini o‘rnatgan;

🇦🇿 1993 yil — Ozarbayjon zobiti Surat Husaynov Ganjada hukumatga qarshi isyon ko‘targan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣-APRЕL KUNI SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 1769 yil — Rossiya-Turkiya urushi paytida rus qo‘shinlari Taganrog shahrini turklardan qaytarib olishgan;

🛳 1801 yil — Admiral Nelson boshchiligidagi Britaniya floti Kopengagen ko‘rfazidagi Shimoliy dengiz kuchlari ittifoqini mag‘lub etishgan;

💍 1810 yil— Napoleon Bonapartning Avstriya imperatori Frans II ning qizi Mariya Luizaga uylangan;

💒 1836 yil —
ingliz yozuvchisi Charlz Dikkens va Ketrin Xogartning to‘yi bo‘lib o‘tgan, ular 10 farzand ko‘rishgan, ammo 1858 yilda ajrashib ketishgan;

🇮🇹 1860 yil — Turinda birlashgan Italiyaning birinchi parlamenti yig‘ilgan;

💍 1868 yil — Karl Marksning qizi Laura va 1911 yilda u bilan birga o‘z joniga qasd qilgan xalqaro ishchilar harakatining taniqli vakili Pol Lafargening to‘yi bo‘lib o‘tgan;

⚖️ 1868 yil — so‘nggi marotaba qotil ayol— angliyalik Frensis Kidder omma oldida qatl qilingan;

🔫 1879 yil— imperator Aleksandr II ga suiqasd uyushtirilgan. Terrorchi Aleksandr Solovyov 5 marta imperatorga qarata o‘q uzgan, ammo nishonga tegmagan;

🛳 1912 yil — "Titanik" sinov uchun dengizga chiqarilgan va u muvaffaqiyatli o‘tgan;

🚫 1917 yil —Muvaqqat hukumat Rossiyadagi milliy va diniy cheklovlarni bekor qilgan;

📩 1918 yil— "Alash" qozoq milliy harakati rahbarlari Lenin va Stalin bilan Qozog‘istonga avtonomiya berish to‘g‘risida to‘g‘ridan to‘g‘ri telegrafiya muzokaralari o‘tkazishgan;

📌 1922 yil —Falastindagi Ranana shahriga asos solingan;

🌪 1958 yil — Texas shtatidagi Vichita Fols shahrida 450 km/soat tezlikda tornado qayd etilgan;

🛥1963 yil — Argentina dengiz flotida qo‘zg‘olon boshlangan;

🛸 1966 yil —Sovet Ittifoqining "Luna-10" sun’iy yo‘ldoshi Oy atrofida aylanib chiqqan dunyodagi ilk kosmik kemaga aylangan;

🇬🇧⚔️1982 yil — Folklend orollari ustidan Angliya-Argentina qurolli to‘qnashuvi boshlangan (14 iyungacha davom etgan);

🛫 1986 yil —Afina yaqinida livanlik ayol portlovchi moddalarni ishga tushirishi natijasida Boeing 727 yo‘lovchi to‘rt yo‘lovchi halok bo‘lgach samolyot Afinaga qo‘ngan;

🛩 1987 yil — Sivash ko‘rfazida ikkita Il-76 samolyoti to‘qnashib ketgan;

📌 1989 yil — Falastin Milliy Kengashi Yosir Arafatni Falastin davlatining Prezidenti etib saylagan;

🇧🇾🇷🇺 1996 yil— Boris Yelsin va Aleksandr Lukashenko Rossiya va Belorusiya Hamjamiyatini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolashgan.

🇺🇿 2002 yil— Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlangan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

3️⃣-APRЕL KUNI SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


🌍 1502 yil— Xristofor Kolumbning to‘rtinchi ekspeditsiyasi boshlangan;

📜 1559 yil —1494-1559 yillardagi Italiya urushlarini tugatgan Kato-Kambreziya shartnomasi tuzilgan;

📌 1829 yil— ingliz Jeyms Karrington qahva donalarini maydalaydigan mashinaga patent olgan;

📨 1860 yil —AQSHda qit’alararo pochta xizmati ishga tushirilgan. Otliq kurerlar 10 kun ichida 3 ming kilometr masofaga 75 kilogramm xatlar yetkazib berishgan;

🇧🇬 1879 yil — Sofiya Bolgariya poytaxti deb e’lon qilingan;

🚗 1885 yil — nemis ixtirochisi Gotlib Daymler o‘zining ilk yarim ot kuchiga ega dvigateliga patent olgan;

📌 1926 yil— Iosif Stalin Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining Bosh kotibi etib saylangan;

📚 1928 yil— "Alisa mo‘jizalar mamlakatida" qo‘lyozmasi amerikalik xaridorga 15.400 funt sterlingga (75,260 AQSH dollari) sotilgan;

✈️ 1933 yil — birinchi marta Everest cho‘qqisi ustidan samolyot uchib o‘tgan;

📄 1948 yil— AQSH prezidenti Garri Trumen Marshall rejasini ma’qullagan. SSSR esa loyihada ishtirok etishdan bosh tortgan;

🛰 1966 yil — Sovetlarning "Luna-10" avtomat stansiyasi dunyoda ilk marotaba Oy atrofidagi orbitaga chiqqan;

📺 1967 yil — "Kavkaz asirasi yohud Shurikning yangi sarguzashtlari" filmining premerasi bo‘lib o‘tgan;

🎥 1972 yil— 20 yillik muddatdan so‘ng Charli Chaplin AQSHga qaytib kelgan;

📌 1979 yil — XXR Tashqi ishlar vazirligi 1950 yilda Stalin va Mao Szedun o‘rtasida imzolangan "Do‘stlik, ittifoq va o‘zaro yordam shartnomasi"ni yangilamaslik niyati haqida e’lon qilgan;

🚫 1987 yil —Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining shtab-kvartirasida chekishni taqiqlash joriy etilgan;

💣 2017 yil — Sankt-Peterburg metrosidagi terakt oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 87 kishi yaralangan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#kun_tarixi

2️⃣9️⃣-APRЕL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM VOQЕALAR


998 yil — Muqaddas Rim imperatori Otton III buyrug‘i bilan Papa Gregori Vga qarshi qo‘zg‘olon rahbari, patritsiy Jon Kresensiy qatl etilgan;

🌏 1770 yil —ingliz dengizchi sayyohi Jeyms Kuk birinchi marta Avstraliyaga qo‘ngan;

🚃 1882 yil— Berlinda Siemens tomonidan qurilgan dunyodagi birinchi tajriba-sinov trolleybus liniyasi ish boshlagan;

👩‍🎓 1884 yil— Oksford universiteti ayollarni o‘qishga qabul qilishga rozi bo‘lgan;

🧑‍🔬 1897 yil — ingliz fizigi Jozef Tomson London Qirollik jamiyati yig‘ilishida nutq so‘zlab, elektronni kashf etganligini e’lon qilgan;

💰 1909 yil —
Buyuk Britaniya moliya vaziri Lloyd Jorj o‘zining "Xalq budjeti"ni taqdim etgan. Mudofaa va ijtimoiy ta’minotga xarajatlarni ko‘paytirish uchun yer egalariga yerlarni sotish uchun soliq, shuningdek, yuqori daromadlilarga super soliq joriy etilishi ko‘zda tutilgan;

📺 1931 yil — SSSRda birinchi tajriba-sinov teleuzatish o‘tkazilgan;

⚔️ 1941 yil — nemis qo‘shinlarining kuchli bosimi ostida ingliz ekspeditsiya kuchlarini janubiy Yunonistondan evakuatsiya qilish tugallangan;

⚔️ 1945 yil — ittifoqchilar tomonidan Daxau konslageri ozod qilingan;

⚔️ 1975 yil — Vetnam urushida Saygondan amerikaliklarni evakuatsiya qilish boshlangan;

🇨🇳 1982 yil — Xitoy aholisi bir milliarddan oshgan;

🔥1986 yil —Los-Anjeles markaziy kutubxonasidagi yong‘in oqibatida 350 ming kitob zarar ko‘rgan;

🌊 1991 yil — Bangladeshdagi siklon natijasida 138,000 kishi halok bo‘lgan;

🏰1993 yil —Yelizaveta II Bukingem saroyi birinchi marta sayyohlar uchun ochiq bo‘lishini va kirish chiptalarini sotishdan olingan yig‘im yong‘inda zarar ko‘rgan Vindzor qal’asini ta’mirlashga yo‘naltirilishini e’lon qilgan;

🇺🇿 1996 yil— "O‘zbekkino" davlat aksionerlik kompaniyasi tashkil etilgan;

📌 1999 yil — Falastinliklar 1999-yil 4-mayda Isroildagi saylovlar yaqinlashayotganligi munosabati bilan o‘z davlatlarini e’lon qilishdan bosh tortgan;

👸🤴 2011 yil — Kembrij gersoginyasi Ketrin va Kembrij gersogi shahzoda Uilyamning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TARIXI

🟢Davlat xizmatchilariga ish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar

1. Kuningizni oldindan rejalashtiring. Tunda yoki tongda ertasi kuni bajariladigan muhim ishlarni rejalashtiring.

2. Muhim ishlarni har bir detaligacha o‘ylab oling. Muhimi qaysi ishlar eng muhimi ekanligini to‘g‘ri aniqlab olish va shularni bajarishga ustuvorlik qaratish.

3. Vaqt va vazifalarni samarali taqsimlash uchun "Pomodoro" yoki GTD (Getting Things Done) usullaridan foydalaning.

4. Diqqatingizni bo‘lmang.
Etiboringizni bo‘ladigan barcha gadjetlarni o‘chiring, o‘zingiz uchun qulay ish sharoitini yarating.

5. Muntazam tanaffus qiling.
Dam olib, diqqatni jamlash uchun har soat boshida tanaffus qiling.

6. Ishlarni keyinga surmang.
Ishlar yig‘ilmasligi uchun ularni o‘z vaqtida va joyida hal qiling.

7. Hamkasblar bilan muloqot qiling.
Samarali yechim topish uchun muammo va vazifalarni muhokama qiling.

8. Ish rejasiga qat’iy amal qiling.
Ish va shaxsiy hayotingizda muvozanat saqlash uchun ishga vaqtida kelib, vaqtida keting.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TARIXI

🌐5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

📎Butunjahon atrof-muhit kuni xalqaro miqyosda nishonlanadigan ekologik sanalar orasida mazmuni, mohiyatiga ko‘ra o‘zgacha kasb etadi. Mazkur sananing xalq orasida ekologlar bayrami, deya yuritilishining o‘ziyoq uning ekologik taqvimdagi bosh bayram, barcha eko sanalarning asosiysi, muqaddimasi ekanligini isbotlaydi.

📎Mazkur sana BMT Bosh Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrda o‘tkazilgan 27-sessiyasida ta’sis etilgan. Anjumanda shuningdek, yangi tashkiliy tuzilma —Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha BMT Dasturi — YUNЕPga asos solingan. Shundan beri YUNЕP rahbarligida har yili butun jahonda atrof-muhit kuni nishonlanadi.

📎Ushbu tadbir uchun nega aynan 5-iyun sanasi tanlangan, degan savol tug‘iladi. Javob oddiy: aynan 5-iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolmda BMTning Atrof-muhit masalalariga bag‘ishlangan konfrensiyasi o‘z ishini boshlagan edi.

📎Stokgolm konfrensiyasi yakunlari yuzasidan qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq ta’sis etilgan ekologik sana Yer yuzida istiqomat qiluvchi barcha insonlarni tabiat muhofazasi bilan bog‘liq faoliyatga jalb etish, keng jamoatchilik ongi-tafakkurida tabiiy resurslarni asrash, ulardan oqilona foydalanish orqali tabiiy boyliklarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish mas’uliyatini anglatishga qaratilgan.

📎Butunjahon atrof-muhit kuni mazmun-mohiyatiga ko‘ra, insoniyat oldida turgan keng ko‘lamli va chuqur ildiz otishga ulgurgan muammolarga yechim izlashga yo‘naltirilgan sana. Atrof-muhit kuni nafaqat ekologlarning kasb bayrami, balki atrof-muhit muammolari xaqida yana bir karra uylash, mulohaza yuritish fursati hamdir.

📎Bundan tashqari, BMT doirasida har yili suvni, havoni va boshqa tabiat resurslarini muhofaza qilish kunlari o‘tkaziladi. Bu kabi sanalar munosabati bilan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar amalga oshiriladi. Butunjahon atrof-muhit kunida ham dunyo bo‘ylab turli tadbirlar amalga oshiriladi, bu esa insoniyatning ekologiya muammolarga befarq emasligidan, tabiat xaqida qayg‘urayotganligidan darak beradi.

📎Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun jahon miqyosida dolzarb bo‘lgan ekologik muammolar to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi. Yillar osha mazkur sana 100 dan ortiq mamlakatda nishonlanib, hozirda ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona yerimizni asrab qolishga o‘zining shaxsiy hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘ladilar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM