Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.18K subscribers
41.2K photos
15.6K videos
374 files
26.7K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Taʼlim_va_sport

Gimnastikaga ilk qadam

Bugun, Toshkent tumanidagi maktabgacha
taʼlim tashkilotida "Gimnastikaga ilk qadam" sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningi PQ-449-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda gimnastika sport turi ommaviyligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan musobaqada Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etdilar.

Bellashuvda, 1-oʻrin 27-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2-oʻrin 4-12-maktabgacha taʼlim tashkilotlari va 3-oʻrin 6-maktabgacha taʼlim tashkilotiga nasib etdi. Gʻoliblar tuman MMTBning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Taʼlim_va_sport

Gimnastikaga ilk qadam

Bugun, Toshkent tumanidagi maktabgacha
taʼlim tashkilotida "Gimnastikaga ilk qadam" sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningi PQ-449-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda gimnastika sport turi ommaviyligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan musobaqada Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etdilar.

Bellashuvda, 1-oʻrin 27-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2-oʻrin 4-12-maktabgacha taʼlim tashkilotlari va 3-oʻrin 6-maktabgacha taʼlim tashkilotiga nasib etdi. Gʻoliblar tuman MMTBning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#taʼlim

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hosil bayrami oʼtkazilmoqda

Xususan, tumandagi 20-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham oʼtkazilgan "Mehrjon" – hosil bayrami bolajonlar uchun shirin xotiralar bilan muhrlandi.

Аnʼanaviy tarzda oʼtkazilib kelinadigan bayram tadbiri, har yilgidanda koʼtarinki ruhda oʼtkazilib, bolajonlarning qalbiga quvonch va shodlik olib keldi.

Tarbiyachilar tomonidan sahnalashtirilgan bayram dasturida, bolajonlarning oltin kuz faslini tarannum etuvchi kuy-qoʼshiq va sheʼrlari hamda ertak qahramonlari asosida ijro etilgan sahna koʼrinishlari barchaga birdek koʼtarinki kayfiyat ulashdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Xitoy tajribasi Toshkent tumanida


Joriy yil 1-7-noyabr kunlari Chjeszyan viloyati, Xusjou shahri, Anji tumanida tashkil etilgan va amalga oshirilgan “2024 Anji Play xalqaro konferensiyasi”da Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etgan edi.


Natijada Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi "Anji Play” oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum Oʻzbekistonda “Anji Play”ni amalga oshirish, maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va innovatsiyalarga koʻmaklashish, uning sifatini oshirish va ikki tomonlama taʼlim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash boʻyicha hamkorlik asoslarini yaratishga qaratilgan. Bir-birini toʻldiruvchi afzalliklar, umumiy resurslar, chuqur hamkorlik va oʻzaro rivojlanish tamoyillari ushbu sheriklik doirasidagi barcha faoliyatni boshqaradi.

Joriy yilning 19-noyabr kuni esa Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari uchun oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Ubaydullayeva pedagoglarga “Anji Play” tajribasi “Oʻquv dasturlari bolalarning yosh xususiyatlarini, rivojlanish bosqichlarini hisobga olishi, zamonaviy oʻquv texnologiyalari va oʻyin usullari bilan bolalarning oʻrganish jarayoniga qiziqishini oshirish taʼlimni yanada samarali boʻlishiga yordam beradi” mavzusida master klass olib bordi.

Alohoda taʼkidlash joizki, ushbu kelishuvlar Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-, 9-,12-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “ANJI PLAY” xalqaro akademik almashinuv konferensiyasida ilgari surilgan tajribalar tatbiq etilib, 4-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hovlisini “Anji Play” oʻyingohiga aylantiriladi. Tumandagi 10 nafar pedagoglarni Shin-Yan Universitetida malaka oshirish kurslarida taʼlim olishlarini tashkil qilinadi. 9-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini xitoy tiliga ixtisoslashtiriladi.

🎚️Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida...

Toshkent tumanidagi 12 - umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktabgacha va maktab taʼlimi psixologi B.Raximova va 12,18- maktab psixologlari bilan birgalikda "Zoʻravonlikdan holi maktab" ni joriy qilish, turli koʻrinishdagi zoʻravonlik va bulling holatlari profilaktikasi hamda maktabda psixologik sogʻlom muhitni shakllantirish maqsadida oʻquvchilarning ota-onalari bilan "Bolalarni zoʻravonlikdan qanday himoya qilish kerak! " mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Ota -onalar bilan birgalikda:
- "Tanishuv" metodikasi
- "Baxtiyor damlar"mashqi
- "Gulchambar" mashgʻuloti
- " Uzum " texnologiyasi
- Zoʻravonlik holatlarini aniqlash boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazildi.

♻️Tadbir davomida oʻquvchilardan olingan blits soʻrovnomalar oʻqib eshittirilib, ota -onalar fikrlari bilan solishtirildi hamda oʻquvchilar tomonidan yozilgan "Mehr maktublari" ota- onalarga taqdim etildi. Tadbir soʻngida ota-onalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбарига мактабгача ва мактаб таълими тизимида 2025 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар бўйича ахборот берилди.

Главе государства доложена информация о приоритетных задачах в системе дошкольного и школьного образования на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Chinoz_tumani
#Taʼlim

Yangi baholash tizimini joriy etilishi boʻyicha oʻtkazilgan seminarlarda baholashning yangi mezonlari va tizimi haqida maʼlumotlar berildi.

Seminarda, oʻqituvchilar va metodistlar oʻquvchilarga baholashning anʼanaviy usulidan farqli ravishda, yangi tizimda qanday yondashuvlar, metodlar va imkoniyatlar mavjudligini tushuntirishdi. Bu yangi tizimda oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini yanada toʻliqroq baholashga imkon beradigan usullar taqdim etildi.


👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Forwarded from Zangiota tumani hokimligi (...)
#taʼlim

🔰 Zangiota tumani 14-umumtaʼlim maktabida 2024-2025-o‘quv yilida a’lo o‘qishlari, namunali xulqi va o‘qishdagi erishgan yutuqlari bilan ajralib turgan oʻquvchilar, ularning ustozlari va ota-onalari Zangiota tumani hokimligi va tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan taqdirlandilar.

🔰Taqdirlanganlar orasida sosiy fan olimpiadasining tuman bosqichlarida yuqori natijalarga erishib, viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 4 nafar oʻquvchilarga faxriy yorliq va estalik sovgʻalari topshirildi va muvaffaqiyatlari yuksak baholandi.

🔰Bu kabi tashabbuslar yoshlarni yuqori marralar sari intilishga undaydi va yurtimizning kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.

Taqdirlangan o‘quvchilar:

To‘laganova Odina Nosir qizi (9-maktab)

Mirzoxidova Sarvinoz Mirkomil qizi (21-maktab)

Isakova Umida Talg‘at qizi (12-maktab)

Tojiddinov Muhammad Baxtiyor o‘g‘li (14-maktab)

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Taʼlim

TMSI umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda


Kuni kecha, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida, Toshkent tumanidagi-umumtaʼlim maktablarining 11- sinf bitiruvchilari uchun  seminar oʻtkazildi.

Oʻquvchilar uchun institut hududi boʻylab ekskursiya uyushtirilib, turizm, moliya, moda va biznes-inkubator laboratoriyalari hamda taʼlimning asosiy yoʻnalishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, kelajak kasblarini tanlash boʻyicha oʻquv-treninglar boʻlib oʻtdi.

Hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri maktab oʻquvchilariga oliy oʻquv yurtlarida muvaffaqiyatli oʻqish va kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur boʻlgan amaliy koʻnikma va bilimlarni egallash imkonini beruvchi qoʻshma taʼlim tadbirlari va loyihalari tashkil etiladi.

Ushbu hamkorlik taʼlim tizimining yuqori va oʻrta boʻgʻinlari oʻrtasida ilgʻor tajriba almashishga qaratilgan boʻlib, maktablarga ilgʻor ilmiy manbalardan, jumladan, institutning yetakchi professor-oʻqituvchilari maʼruzalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Loyihalarga yangi 2025-2026 oʻquv yilidan start beriladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Ajdodlarga munosib avlod


Toshkent tumanidagi taʼlim muassasalarida buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat arbobi va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan maʼnaviy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Ularning biri bugun, 9-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazildi. Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy tadbirda bogʻcha tarbiyalanuvchilari tomonidan goʻzal kuy va qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari tayyorlanib, tadbirda ajdodlarimiz oʻgitlariga boʻlgan hurmat va ehtirom namoyish qilindi.

Ajdodlarga munosib avlod boʻlishni maqsad qilgan bolajonlar, oʻzbek milliy liboslari hisoblangan atlasda sahna koʻrinishlarini ijro etib, tomoshaga kelgan mehmonlar va maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyatiga hush kayfiyat bagʻishladilar.

📸Jarayon fotolavlavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zangiota tumani hokimligi (...)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM