Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.05K subscribers
48.5K photos
16.5K videos
386 files
29.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 tvuzedu.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332
@ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#Zangiota_tumani
#seminar

🔰Ilgari xabar berganimizdek, 35-DMTT da tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida tizimda mavjud muammolarni bartaraf etish, bolajonlarni ma'naviy,  axloqiy va milliy ruhda tarbiyalashda yangicha yondashuv masalalari hamda istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

🔰Seminarga tashrif buyurganlar dastlab ushbu ta'lim tashkilotida ma'naviyat sektori bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlar maskanlari va bolajonlar bilan olib borilayotgan tarbiya jarayonlari bilan tanishdilar.

🔰Taklif etilgan hamkor tashkilotlar mutasaddi xodimlari va tuman MMTB mas'ullarining bolajonlarni vatanga muhabbat, ma'naviy, axloqiy va milliy ruhda tarbiyalashga oid ma'ruzalari zo‘r qiziqish bilan tinglandi.

🔰Jajji tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va raqslar mavzuga haohang bo‘lib, hammaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Kanalga ulanish👇

https://t.iss.one/zangiotamanaviyatbolimi
👍2
#Seminar_trening

Bugun Toshkent shahridagi 34-EDMTTda poytaxtda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglari uchun xorijiy tajriba asosida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir "KOICA xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglari malakasini oshirish" mavzusiga bagishlangan bo‘lib, nazariy hamda qizgin amaliy mashg‘ulotlar tarzida tashkil etilgan.

Mahorat darslari davomida:

"Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda tasviriy san'at ta’limi";
"Bolalar uchun ekologik ta’lim";
"Keling, birgalikda o‘ynaymiz" — kreativ pedagog";
"Bolalarda kitob o'qish ta'limi va nazariyasi" kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etildi.

📍 Ma’lumot o‘rnida: tadbirda 30 nafardan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.

Ushbu treninglar kelgusida hududlar miqyosida kaskad usulida davom etishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kurslariga start berildi.

Tadbir "Mittivoy" (Малыш) loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda Respublikamiz boylab 100 nafar maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari tarbiyachilari ishtirok etishmoqda.

Treninglar davomida malakali mutaxassislar tomonidan:


“Tayyorlov guruhlari: mavsumiy intensiv”;
"Maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim jarayonining maqsad va vazifalarini rejalashtirish”;
"Maktab ta’limiga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari diagnostikasi”;
“Bolaning maktabga umumiy va maxsus tayyorgarligi diagnostikasi” kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Ma'lumot o‘rnida: ushbu loyiha 3 bosqichli bo'lib, 1-2 bosqichlarda 100 nafar, 3-bosqichda 500 nafar tarbiyachilar qamrab olinishi rejalashtirilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan AQSHning Mehribonlik korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari uchun treninglar tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidan 24 nafar metodist ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusiga bag'ishlangan.

📍 Jarayonlar 6 kun davom etadi, unda qatnashgan trenerlar kelgusida 128 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kaskad usulida o'z bilimlarini o‘z hamkasblari bilan o‘rtoqlashishadi.

Trening mashg‘ulotlari davomida pedagoglar yangi pedagogik usullar, bolalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim berishning innovatsion yondashuvlari bilan tanishishlari maqsad qilingan.

🔴 Ayni damda amaliy mashg‘ulotlar doirasida bolalarning o‘qish, yozish, muloqot qilish ko‘nikmalari hamda ratsional ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarini rivojlantirish haqida so‘z yuritilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Kasbiy_rivojlanish_kuni
#Seminar_trening

🔰"KASBIY RIVOJLANISH SOATI" VA "KASBIY RIVOJLANISH KUNI"NI TASHKIL ETISH


➡️Xabaringiz bor, bugun viloyatimizdagi mavjul umumta’lim maktablarida tabiiy fanlar yo‘nalishida "Kasbiy rivojlanish soati" seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

➡️Seminarlar Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari hamda umumta’lim maktablaridan tanlab olingn master-trenerlar va mentor-o‘qituvchilar ishtirokida olib borildi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov nazorati ostida olib borilayotgan o‘quv seminarlarida pedagoglar to‘liq ishtirok etib, xorijiy mutaxassislardan ZOOM platformasi orqali bilim va ko‘nikmalar olishdi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati"da “Tabiiy fanlar darsliklari va majmualari bo‘yicha umumiy ma’lumot” mavzusi yuzasidan Xalqaro ta’lim tashkiloti mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.


❗️O‘quvlar so‘nggida barcha maktablarda tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha "Kasbiy rivojlanish kuni" hamda "Kasbiy rivojlanish soati" tashkil etilishi belgilangan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#seminar

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt va gul ko'chatlarini ekish bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi

Qibray tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tashabbusi bilan tuman Fermerlar kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida o'tkazilgan seminarda, ta'lim maskanlari hududini ko'kalamzorlashtirish, ko'p yillik gul ko'chatlari va daraxt navlarini ekishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan ishlar to'g'risida mutaxassislar tomonidan amaliy ko'nikma va tushunchalar berildi.

Ta'lim maskanlarining rahbarlari hamda xo'jalik ishlari bo'yicha orinbosarlari uchun o'tkazilgan
seminar davomida gul va daraxt ko'chatlarini ekish tartibi va parvarishlash bilan birga, bo'sh yer maydonlarida atir gul va terak qalamchlarini yetishtirish bo'yicha ham mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Amaliy seminarda Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov ishtirok etdi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
👍1
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishidagi mas'ul xodimlar uchun o‘quv-
seminar o‘tkazilmoqda.

O‘quv-seminar davomida:

ta'lim muassalari faoliyatini tashkil etish;
maktab ta'limi tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
maktablarda o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish;
ta'lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirilmoqda.

📆 O‘quv-seminarning birinchi bosqichi joriy yilning 28-oktabr kuniga qadar davom etadi hamda vazirlikning 473 nafar hududiy bo‘linmalar mas'ul xodimlar ishtirok etadi.

Keyingi bosqichda 10 mingdan ortiq maktab direktorlari uchun kaskad usulida o‘quv-seminarlar tashkil etiladi hamda soha xodimlarining kasbiy va huquqiy savodxonligi oshiriladi.

💬 Seminar jarayonida ishtirokchilardan olingan taklif va muammolar tahlil qilingan holda ta'lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan loyihalar ishlab chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Kuni kecha turli tazyiq va zoʻravonlik koʻrinishlariga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish masalalariga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mas’ul xodimlari qatnashdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan muloqotda vazir oʻrinbosari Farhod Boqiyev taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ishtirokchilarga bir qator tavsiyalar berib oʻtdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”, “Aholiga psixologik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati, “Pedagoglar orasida hissiy emotsional charchoq va kasbiy stress profilaktikasi”, “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi doirasidagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

7-sonli eksperimental Davlat maktabgacha ta'limi tashkilotida Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarga va tarbiyachilarga bilim salohiyatini oshirishda "Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda qiziqarli o'yin texnologiyasini qo'llash" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

Seminar trening davomida soha mutaxassislar tomonidan "Qiziqarli o'yin faoliyatini tashkil etishda integrativ yondashuv asosida tarbiyachilarning o'yin orqali bolalarga ilm-fan va bilim berish usuli hamda bolalarning aqliy zakovati oshishi hamda mayda matorikasi rivojlanishi bo'yicha zarur tavsiya va ma'lumotlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
👍3
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarida seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning oʻqituvchilari uchun “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, seminar mashgʻulotlari ikki kunga moʻljallangan boʻlib, ayni vaqtda ingliz tili, informatika hamda fizika fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#seminar
#мактабгача_таълим

Bugun Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida tashkil etilayotgan “Maktabgacha taʼlim tizimi pedagoglari uchun transformativ amaliyotlar” mavzusidagi seminar-treningga start berildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Koreyaning KOICA xalqaro hamkorlik tashkiloti vakillari ishtirokida tashkil etilayotgan seminarda hududiy Mahorat markazlari va mazkur institut oʻqituvchilari qatnashmoqda.

Seminar mashgʻulotlari Koreyaning Dong-Eui institutining maktabgacha taʼlim boʻyicha professorlari — Jun Yun Sook, Jo Hyi Mi, Lee Na Ri, Diana Kimlar tomonidan olib borilmoqda.

Treninglarni oʻtkazishdan asosiy maqsad, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyinga asoslangan taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishdan iboratdir.

👉 Seminar-trening tadbirlari joriy yilning 18-yanvar kuniga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Bizning_faoliyat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabda pedagog kadrlar salohiyatini yanada oshirish maqsadida maktab direktori S.Sh.Sabirov tomonidan "Takomillashtirish fani: zamonaviy ta'lim muammolarining ildiz sabablarini o'rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish" mavzusida seminar tashkil etildi.

👉 Seminar davomida pedagog kadrlar zamon talabidan kelib chiqib, ta'limda o'rganish joiz bo'lgan ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Shuningdek, ustozlar ishtirokida mulohaza va fikrlar o'zaro almashildi.

🌐 Telegram| YouTube| Facebook
#seminar

Toshkent viloyati Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan o‘quv-
seminar tashkil etildi

Batafsil

Кириллда ўқиш

Telegram | Instagram |YouTube  |Website |Facebook
👍1
📰📰📰📰📰📰📰
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida umumtaʻlim maktablari fransuz tili fani oʻqituvchilari uchun o‘quv treninglari tashkil etildi.

🔰 Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – pedagog kadrlarning til bilish ko‘nikmalarini mustahkamlash va yangi metodologiyalarga o‘rgatishdan iborat.

🔴 Unda 100 nafar fransuz tili o‘qituvchilari xalqaro til bilish sertifikatlari imtihonlariga tayyorlash bo‘yicha 5 kunlik intensiv o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda.


Ushbu treninglarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan pedagoglar joriy yilning avgust oyida Fransiyada o‘z bilimlarini oshirib qaytishlari rejalashtirilgan.

Ma'lumot o‘rnida: tajribali mahalliy va xorijiy trenerlar tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulotlar joriy yilning 13-iyuniga qadar davom etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌1
#jarayon
#seminar

🇺🇿 Toshkent viloyati Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi 35-sonli DMTTda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

📍 Seminarda Zangiota tumani, Toshkent tumani, Yangiyo‘l shahri va tumani hamda Chinoz tumanidagi davlat, nodavlat, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosidagi va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan jami 100 nafar rahbar ishtirok etdi.

🗣 Tadbir davomida ishtirokchilar muhokama qilingan mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Seminar juda qiziqarli va samarali o‘tdi.

Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteIInstagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍1
#seminar

«Bolalarga nisbatan tazyiq, zo‘ravonlik va bulling» mavzusida seminar bo'lib o'tdi

Qibray tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va "Olmazor" mahalla xodimlari bilan birgalikda 10-umumta'lim maktabida bolalar huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash, shuningdek, maktab va oiladagi psixologik muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida fuqarolar hamda psixologlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda, ishtirokchilar ushbu salbiy holatlarning turlari, psixologik va jismoniy oqibatlari, ularni bartaraf etish usullari hamda profilaktika choralari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

“Zamonaviy ta’lim” dasturi doirasida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi


Joriy yil 9-iyul kuni Toshkent tumani tayanch 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-iyundagi 200-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni yangi dasturlar asosida ishlashga o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli "Zamonaviy ta’lim" o‘quv kursini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Seminarda Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi bosh metodistlari L. Maxamatgaziyeva va M. Toirova ishtirok etdi. Tadbirda tumandagi 38 ta davlat hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va direktor o‘rinbosarlari faol qatnashdi.

O‘quv kursi davomida M. Eshpo‘latova “Zamonaviy ta’lim” dasturining asosiy maqsad, vazifa va tamoyillari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, U. Soliyeva Singapur ta’lim modeli va uning ilmiy asoslari haqida pedagoglar bilan fikr almashdi.

Ma’lumki, Singapur maktabgacha ta’lim tizimi dunyodagi eng ilg‘or va samarali tizimlardan biri hisoblanadi. Mazkur model bolalarning har tomonlama, muvozanatli rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, “holislik yondashuv” tamoyiliga asoslanadi.

Seminar davomida ishtirokchilar dastur doirasida berilgan amaliy topshiriqlarni jamoalarda bajarib, o‘z taqdimotlarini namoyish qilishdi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM