Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.65K subscribers
39.7K photos
15.5K videos
372 files
26.2K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#сўраган_эдингиз

Yangi baholash tizimiga doir 3 savolga 3 javob


Xabaringiz bor, 2024-2025-oʻquv yilida mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi va ayni vaqtda ushbu taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning bilim darajasi mazkur tizim asosida baholanmoqda.

👉 Shu oʻrinda yangi baholash tizimi boʻyicha pedagoglar va ota-onalardan kelib tushayotgan ayrim savollarga javob berib oʻtsak.

1. Savol: Biz turli ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali CHSB test savollarini olyapmiz, ammo ushbu savollarda turli tafovut va noaniqliklarni kuzatyapmiz. Buning sababi nimada?

❗️ Javob: Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktab oʻquvchilari bilimini baholash uchun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan namunaviy test savollari ishlab chiqilgan hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining e-maktab.uz platformasiga joylashtirilgan.

Pedagoglar va ota-onalardan yangi baholash tizimi boʻyicha barcha fanlarga tegishli namunaviy test savollarini faqat e-maktab.uz platformasidan yuklab olishlarini soʻraymiz. Boshqa turdagi axborot kanallari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi savollarning toʻgʻriligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos emas.

2. Savol: CHSB imtihonlari uchun sarflanayotgan qogʻoz va bosmaxona xarajatlari qaysi mablagʻlar hisobidan qoplanyapti? Buning uchun ota-onalardan mablagʻ talab etiladimi?

❗️ Javob: Yoʻq, ota-onalardan mablagʻ talab etilmaydi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 17-oktabrdagi tegishli buyrugʻiga asosan, 2024-yil I va II chorak imtihonlari Toshkent shahar, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi tanlab olingan va yangi baholash tizimi joriy etilgan 168 ta maktabda e-maktab.uz platformasi orqali onlayn, qolgan 1332 ta maktabda anʼanaviy tarzda tashkil etilishi belgilangan.

Anʼanaviy tarzda imtihon oʻtkaziladigan 582 ta maktab uchun ajratiladigan (6400 ta oʻram) qogʻoz mahsulotlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Shuningdek, ushbu maktablarning nazorat materiallari hududiy boshqarmalarga maxsus ajratilgan printer qurilmalarida chop etiladi.

Qolgan 750 ta maktabga ajratiladigan nazorat materiallari oʻrnatilgan tartibda vazirlik tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etib kelinmoqda.

Mazkur xarajatlar uchun ota-onalardan pul mablagʻlari talab etilishi mumkin emas.

3. Savol: Agar imtihon kunlari farzandim kasal boʻlib qolganligi sababli sinovlarda qayta ishtirok etsa, imtihon ballari tushib ketar ekan, shu toʻgʻrimi?

❗️Javob: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimini umumiy oʻrta taʼlim maktablariga joriy etish boʻyicha tartib”da bu haqida batafsil aytib oʻtilgan.

Unga binoan, asosli sabablar (kasal boʻlganligi, yaqin qarindoshlaridan birining vafoti, turli olimpiada va tanlovlardagi ishtiroki)ga koʻra baholash jarayonida qatnasha olmagan oʻquvchilar uchun sinovlar alohida oʻtkaziladi. Bunda oʻquvchilarga amaldagi baholash mezonlari (maksimal 40 ball)ga koʻra olgan ballari qoʻyiladi.

Uzrsiz sabablarga koʻra baholashda qatnashmagan, ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun jarayondan chetlashtirilgan yoki 12 balldan past natija qayd etgan oʻquvchilarning maksimal bali 26 balldan oshishi mumkin emas.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash
#Сўраган_эдингиз

Yangi baholash tizimi — CHSB imtihonlarida tushgan savollarni qayerdan olish mumkin?


Savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov javob beradi:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan markazlashgan tartibda o‘tkazilayotgan CHSB imtihonlarida tushgan test savollari bilan https://t.iss.one/natijalaruz1bot orqali, javoblar varaqasi bilan esa https://t.iss.one/natijalaruzbot bot manzili orqali tanishishingiz mumkin.

Bunda ID raqamingizni kiritish orqali javoblar varaqasini, fan va tilni tanlab esa savollar kitobini olishingiz mumkin.
________
❗️Ushbu bot manzillarida faqat markazlashgan tartibda o‘tkaziladigan fanlarga oid CHSB savollar kitobi va javoblar varaqasi joylashtirilgan.

Markazlashgan tartibda o‘tkazilmayo
tgan barcha CHSB va BSB sinov savollari esa maktablarga yetkazilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Tele
gram 🌐 Facebook
🌐 You
tube 🌐 Instagram
🔎 Veb-
sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим

Bogʻchalardagi metodist shtati direktor oʻrinbosariga oʻzgartirilibdi, shu toʻgʻrimi? Ularning oylik maoshi hamda vazifalari qanday belgilanadi?

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida:

2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda.

Ushbu lavozim maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda tashkil etiladi.

👉 Maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari taʼlim sifatini taʼminlash, pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, taʼlim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish vazifalarini bajarishi koʻzda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#maktabga_qabul

Yurtimizda yashovchi chet el fuqarolari oʻz farzandlarini davlat maktablari yoki bog‘chalariga joylashtirish tartibi qanday? Buning uchun ulardan toʻlov undiriladimi?

❗️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlangan.

Unga koʻra, farzandini Oʻzbekistondagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilinishini istagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali oʻrnatilgan tartibda ariza yuboradi.

⭕️ Arizalar vazirlikning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan tegishli komissiya tomonidan yetti ish kunida koʻrib chiqiladi va belgilangan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilishga yoʻllanma berish yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Ariza beruvchi komissiya qaroriga asosan farzandini tegishli davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzi murojaat qilgan portaldagi shaxsiy kabinetidan yuklab oladi.

👉 Eslatma: davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim olish barcha (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham) uchun bepul.
____


❗️ Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda toʻliq bayon etilgan.

Unga koʻra, yurtimizdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda barcha uchun bir xil talab mavjud hamda ota-onalardan olinadigan oylik badal toʻlovlari ham mahalliy va chet el fuqarolari uchun bir xil miqdorlarda belgilangan.

👉 Mazkur maʼmuriy reglament bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Yuqorida keltirib o‘tilgan davlat xizmatlarini koʻrsatilganligi uchun ariza beruvchi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)dan yigʻim undirilmaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Farzandimni xususiy maktabdan Toshkent shahridagi davlat maktabiga o‘tkazishim uchun qayerga murojaat qilishim kerak?

Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn shaklda ariza yuborish lozim.

Yuborilgan ariza maktab ma’muriyati tomonidan 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va arizaga ijobiy javob berilgan taqdirda bu haqda elektron tizim orqali xabar beriladi.

Shundan so‘ng, o‘quvchining hujjatlari (baholar tabeli, tibbiy kartasi) avvalgi maktabidan olinib, yangi maktabiga olib borib beriladi va farzandingizni maktabga qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM