Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.88K subscribers
41K photos
15.6K videos
374 files
26.6K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Shukuh

🌞Bola kulsa,dunyo kuladi. Uning beg‘ubor chehrasidagi tabassumida, shirin qahqahasida hayotimiz, umrimizning ma’nosi bor.

🌈1 iyun-“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Chinoz tumanidagi yoshlar bog'ida tuman Madaniyat bo'limi tomonidan tayyorlangan turli xil chiqishlar, tomoshalar, konsert dasturlari kichkintoylarga bir olam zavq-u shavq ulashdi.

🔉Bolalarga xos sho‘x ohanglar jajji qalb sohiblarini tantanalar sayliga chorladi.

☀️Bu kun bolajonlarga unutilmas onlarni tuhfa etdi.

📹Jarayonlar videolavhada👆

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#1_iyun
#bolalarni_himoya_qilish_kuni

Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 6-sonli DMTTda “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan koʻngilochar tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda tarbiyalanuvchilar tinchlik, baxtiyor bolalik, Vatan, goʻzal yoz fasli haqida sheʼr, kuy va qoʻshiqlar ijro etishdi.
Qoʻgʻirchoq Barbi, Koʻk Traktor, Quyoshxon va boshqa bolalar uchun mo‘ljallangan ertak va multfilm qaxramonlari tadbirga koʻtarinki kayfiyat berishdi. Tadbir oxirida bolalar “BIZ TINCHLIK ISTAYMIZ” mavzusida asfaltga rasmlar chizishdi.

@chirchiq_sh_mmtb
#байрам_шукуҳи
#эътибор

“Биз Ватан фарзандлари – умид ниҳолларимиз!”

1 июн "Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни" муносабати билан Оққўрғон тумани ҳокимлиги ташаббуси билан туман Тарих ва Ўлкашунослик музейи экобоғида тумандаги ижтимоий ҳимояга муҳтож ва боқувчисини йўқотган оилалар фарзандлари учун байрам тадбири ўтказилди.

Тадбир дастурхони атрофида жам бўлган болажонларга Халқ депутатлари Тошкент вилояти Кенгаши депутати Н.Ботиров томонидан туман ҳокими Т.А.Боболовнинг байрам табриги ўқиб эшиттирилди.

Шунингдек, тадбир давомида туман Маданият бўлими ва туман "Тарих ва ўлкашунослик" музейи ходимлари иштирокида саҳналаштирилган қизиқарли дастурлар болажонларга бир олам қувонч улашди.

Тадбир давомида Маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмаси томонидан болажонларга бадиий китоблар улашилди. Шунингдек "Тарих ва ўлкашунослик" музейидаги тарих сарҳадларидан сўзловчи экспонатлар жойлашган бўлимга болажонларнинг сайёҳати ташкил этилди.

✍️ Оққўрғон туман ҳокимлиги Ахборот хизмати
@Oqqorgon_hokimligi