Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.77K subscribers
40.3K photos
15.5K videos
372 files
26.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda vazir o’rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchilarni o’quv seminaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi hamda sertifikatlarni topshirdi.
____
Bugun shuningdek, kunning birinchi qismida:

“Umumta’lim maktablaridagi tarbiyaviy ishlarda zamonaviy yutuq va metodlardan samarali foydalanish”,
“Zamonamizning yangi usul maktablari” kabi mavzularda mahorat darslari bo’lib o’tdi.

Mashg’ulotlar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

🚰📌"Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, “O‘zsuvta’minot” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat boshqarmasi
Toshkent viloyati bo‘yicha inspektori hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan yosh avlod ongida suv iste'moli madaniyatini yanada rivojlantirish hamda ichimlik suvidan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida viloyatdagi ta’lim muassasalarida ochiq darslar tashkil etilmoqda.

📝📚 Tadbir Nuragshon shahrinining 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
🔰MA’NAVIYAT
🟢Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi
📍Bo‘stonliq tumani

Yangilanayotgan va Uchinchi Renessansga qadam qo‘yayotgan Yangi O‘zbekistonni va uning buyuk istiqbolini isloh etilayotgan ta’lim-tarbiya, ilm-fan va yuksak madaniyat ustunlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Zotan, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini, xususan, ta’limning asosiy va hal qiluvchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Sir emas, Davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya tizimi haqida so‘z yuritib, “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan konseptual g‘oyani ilgari surdilar.

Shu munosabat bilan mazkur g‘oya asosida maktablarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. “Barraj” MFY hududida joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Shohida Ismoilova, Lola Eltoyeva hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi Ulug‘bek Mirzahmedov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikrlarida biz misli ko‘rilmagan islohotlar, har bir soha va tarmoqlarda yangilanishlar yuz berayotgan tarixiy bir davrda yashayotganligimiz, bu esa o‘z navbatida har birimiz uchun yon-atrofdagi munosabatlarga nisbatan daxldorlik hissimizni yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad: yoshlar mustaqil, ozod va obod yurtda voyaga yetayotgani holda bugun boshlangan buyuk ishning ertaga davom ettirilishi, zamonaviy bilim va kasbni puxta egallash, muqaddas Vatanimizni qo‘riqlash, unga hamisha sodiq bo‘lishi kerakligi, intilayotgan yuksak maqsadlarga erishish hech qachon oson bo‘lmasligini o‘quvchilarga aytib o‘tildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM