Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.23K subscribers
44.5K photos
16K videos
381 files
27.7K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказида олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созидательной работой, проводимой в Центре исламской цивилизации в Узбекистане.

#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев улкан ва ноёб лойиҳа - Ислом цивилизацияси марказида олиб борилаётган ишлар билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ислом цивилизацияси маркази Янги Ўзбекистоннинг бунёдкорлик мактаби, илмий-маънавий салоҳиятимиз рамзи сифатида тарихга киради

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#KUN_TAVSIYASI

💎Shogirdning ustoz oldidagi odoblari

1️⃣. Avvalo, salom berish va kirishga izn so‘rash.

2️⃣. Behuda gaplarni gapirmaslik;

3️⃣. Ruxsatisiz so‘z boshlamaslik.

4️⃣. Unga “Falonchi bu borada boshqacharoq gapirgandi” va shu kabi so‘zlar ila e’tiroz bildirmaslik.

5️⃣. Odamlar “shogirdi ustozidan ko‘ra bilimdon ekan”, deb gapirishlari istagida unga qarshi chiqishdan saqlanish.

6️⃣. Dars vaqtida boshqalar bilan so‘zlashmaslik.

7️⃣. Darsda boshqa narsalar bilan chalg‘imaslik.

8️⃣. Ustoz turganda shogird ham o‘rnidan turishi.

9️⃣. U haqda yaxshi gumonda bo‘lish, ya’ni ko‘rinishidan noto‘g‘ri ishdek tuyulgan bir ishini ko‘riboq, u haqida yomon fikrga bormaslik.

💥Kuningiz xayrli o‘tsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🔴Bir tanishim shunday voqea­ni so‘zlab berdi:

🔣Qish faslining o‘rtalari edi. Anchadan beri betob yotgan tog‘amni ko‘rishga borgandim. Umri og‘ir mehnatda o‘tgan tog‘am yetmishdan oshgandi. Ranglari sarg‘aygan mo‘ysafidning bir necha kundan beri ishtahasi yo‘qligini, suyuq ovqatning suvidan, shunda ham kampirining qistovi bilan bir-ikki qoshiq ichayotganini aytishdi.
Suhbat orasida bemordan:
-Nima yegingiz kelyapti? Ayting, olib kelaylik, - deb so‘rashgandi, otaxon uzoq jim turib:
-Hozir husayni uzum bormikin?..-dedi. Shunda o‘g‘li o‘ylab ham o‘tirmay:
-E-e, hozir uzumni necha pulligini bilasizmi, o‘zi?- desa bo‘ladimi?
Otaxon:
-Ha, aytdim-qo‘ydim-da, o‘g‘lim. Odam qarisa, bolaga o‘xshab qolarkan - dedi.

Men o‘zimni zo‘rg‘a tiyib turdim. Tog‘amning o‘g‘liga tarsaki bo‘lmasin, deb ertasiga yana xabar olishni, uzum olib kelishni niyat qildim. Ammo bu sustkashligim bir umrlik armonga sabab bo‘ldi. Ertasiga tongda tog‘am uzildilar. Bir hafta o‘tib o‘g‘il elga katta dasturxon yozib, qo‘y so‘yib “ehson” qildi.

Onamning qistovlari bilan majbur bordim. Xizmat qilib, choy tashib yurib dasturxondagi noz-ne’matlar orasida oltindek husayni uzumni ko‘rib, ko‘z oldimga bir hafta oldingi manzara keldi. Tomog‘imga nimadir tiqildi. Ko‘chaga chiqib ketdim...
Axir tog‘am bolalarini boqaman deb issiq-sovuq demay, og‘ir mehnatda sog‘ligini ham yo‘qotgandi-ku. Ota tirikligida ravo ko‘rmagan ozgina narsani o‘g‘il endi elning oldiga sochib riyo qilishining nima keragi bor?!

❗️Yaqinlaringizni borida qadriga yeting!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TARIXI

3️⃣0️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


🚤 1790-yil —Angliyada dunyoda birinchi marta qutqaruv kemasi dengizda sinovdan o‘tkazilgan;

📜 1801-yil — Pol I Gruziyaning Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risida manifest e’lon qilgan;

👩‍❤️‍👨 1853-yil —Notr Dam soborida 45 yoshli Fransiya imperatori Napoleon III va Ispaniya grafinyasi Yevgeniya Montijoning nikoh marosimi bo‘lib o‘tgan;

1915-yil — Germaniya Fransiyaning Le Gavr portiga hujum qilishda birinchi marta suvosti kemalaridan foydalangan;

📌 1930-yil— Sovet meteorologi Pavel Molchanov tomonidan ixtiro qilingan dunyodagi birinchi atmosfera tadqiqotlari uchun radio zond ishga tushirilgan;

📌 1933-yil— Germaniya Prezidenti Gindenburg Adolf Gitlerni kansler etib tayinlagan;

1934-yil— "Osoaviaxim-1" stratosfera shari dunyoda birinchi marta 22 km balandlikka ko‘tarilgan. Tushish paytida u qulab tushgan va uchala ekipaj a’zolari ham halok bo‘lgan;

📐1935-yil —Amerikalik seysmolog Charlz Rixter zilzila kuchini o‘lchash uchun maxsus o‘lchovni taklif qilgan. Bugungi kunda u Rixter shkalasi sifatida tanilgan;

🇺🇿1938-yil— O‘zbekiston Respublikasi 1-Рrezidenti Islom Karimov tug‘ilgan;

⚔️ 1943-yil —Ikkinchi jahon urushidagi burilish nuqtasi sodir bo‘lgan— 6-nemis armiyasi Stalingradda taslim etilgan;

📌 1998-yil — MDHga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirliklari shaxsiy tarkibi bilan ishlash bo‘yicha qo‘mita tuzilgan;

❗️2000-yil — "Ikkinchi Chernobil falokati" yuz bergan: Ruminiya-Avstraliya qo‘shma kompaniyasi Aurul zavodidan Dunayga 100 ming kubometrdan ortiq metall chiqindisi tashlagan va oqibatda 100 tonnadan ziyod o‘lik baliq ovlangan;

🚀 2009-yil — Rossiyaning Plesetsk kosmodromidan Siklon-3 raketasi yordamida "Koronas-Foton" kosmik kemasi
uchirilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TARIXI

📆Bugun O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun

📱"O‘zbekistonni chorak asr davomida boshqargan davlat rahbari portretiga chizgilar"

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимиздаги Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к памятнику Исламу Каримову в столице.

#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X