Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.65K subscribers
39.7K photos
15.5K videos
372 files
26.2K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#TASHABBUS
🌳"YASHIL MAKON" LOYIHASI DOIRASIDA
🌳"BOG‘CHANI BOG‘ QILAMIZ"
📍Ohangaron shahar

➡️Xabaringiz bor, 21-oktabr kuni davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

➡️Unda joriy yilda ham mazkur an’anani davom ettirib, respublika bo‘ylab, loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilishi borasida muhim topshiriqlar berildi.

➡️Ayni tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda, viloyatimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida "Bog‘chani bog‘ qilamiz" shiori ostida mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda. Kuni kecha Ohangaron shahridagi 16-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TASHABBUS
🌳"YASHIL MAKON" LOYIHASI DOIRASIDA
🌳"BOG‘CHANI BOG‘ QILAMIZ"
📍Zangiota tumani

➡️Xabar berganimizdek, joylarda "Yashil makon" loyihasi doirasida samarali ishlar qilinmoqda. Xususan, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq.

➡️Zangiota tumanida mavjud 31ta maktabgacha ta’lim tashkilotida dolazarb 40 kunlik doirasida hududlarni obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlari ekish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

📌📌Jumladan, tumandagi 18-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida ikki kunda 60 ta terak, 25 mevali, 12 ta bo‘ta, 4 ta golland lavandasi ko‘chatlari ekildi.

🟢Tashabbus doirasida tadbirlar davom etmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning umumta’lim, musiqa va san’at maktablaridagi pedagoglar bilan jonli muloqoti boshlandi.

📍Tadbir poytaxtimizdagi Sinpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Online vebinar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 5-6-sinflar uchun yangi “Tabiiy fanlar" darsliklari asosida dars o‘tish metodlariga bag‘ishlangan vebinar tashkil etilmoqda.

Unda 5-6-sinf tabiiy fanlar o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.


Sana: 27-noyabr, soat 14:00

Vebinar maqsadi:


O‘qituvchilarni yangi “Tabiiy fanlar” darsliklari, mashq daftarlari va o‘qituvchilar kitoblarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
5-6-sinflarda dars berayotgan tabiiy fanlar o‘qituvchilarga yangi darsliklar asosida o‘qitish metodlarini o’rgatishdan iborat.

👉 Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT
💎QALB JAROHATI

Savdo-sotiq gullab-yashnagan shaharda bir amaldor yashagandi. Kunlarning birida u bozor maydonidan o‘tib borayotganida, qandaydir notanish juldur kiyimli kishi yoniga yaqinlashib, haqoratli so‘zlarni aytib baqira boshladi va yuziga tupurgach, qayoqqadir chopib ketdi. Bu sharmandalikni ko‘tara olmagan amaldor xastalanib yotib qoldi.

Ahvol shu tarzda davom etsa, u o‘lib qolishi ham mumkin edi. Ammo do‘stlari uni qalb jarohatlarini ham davolay olish mahorati bilan tanilgan tabib huzuriga borishga ko‘ndirishdi. Amaldor borgach, tabib unga beshta dori berdi va har kecha aniq bir vaqtda uyg‘onib, ulardan birini ichishni buyurdi.

Qorong‘i tushdi. Amaldor tunda uyg‘onib birinchi dorini ichdi. Uyquga yotgach, u tushida o‘sha bozor va qarshisiga kelib yuziga tupurgan juldur kiyimli kishini ko‘rdi. Chidab bo‘lmas darajadagi bu tahqirlash va uyatdan bemor g‘oyat qattiq ingrab yubordi hamda uyg‘onib ketdi.

Keyingi tunda u ikkinchi dorini qabul qildi va aynan o‘sha tushni ko‘rdi. Biroq bu safar uning qalbi sharmandalik o‘rniga yurakni muzlatib yuboruvchi qo‘rquvni his qildi. Uchinchi kechada ham bemor xuddi o‘sha tushni ko‘rdi, ammo endi uyalish va qo‘rquvni emas, balki chuqur qayg‘uni his etdi. Amaldor bu holatdan ajablandi, ammo tabib ko‘rsatmalarini oxirigacha bajarishga qaror qildi va keyingi tunda to‘rtinchi dorini ichdi. Albatta u yana o‘sha tushni ko‘rdi, biroq bu tush oldingi tunlardagidek og‘riqli bo‘lmadi, amaldor faqat yengil hayratnigina his etdi. Beshinchi tunda esa amaldor kutilmaganda qalbida quvonch paydo bo‘lganini sezdi. Nima deb o‘ylashni ham bilmagan bemor, darhol o‘rnidan turib, maslahat so‘rash va yangi dori olish uchun tabib huzuriga yo‘l oldi.

– Dorilarimni qabul qilgach, nimani his etdingiz? – so‘radi tabib.

– Har kecha bir xil – o‘sha notanish kishi yuzimga tupurganini tushimda ko‘rdim, – dedi amaldor. – Ammo har bir tushim menda yangi tuyg‘ular uyg‘ondi. Men goh sharmandalikni, goh qo‘rquvni, goh g‘am-qayg‘u, gohida esa hayratni boshimdan kechirdim. Biroq oxirgi kechada qalbimda quvonch uyg‘ondi va bu tuyg‘u meni hali ham tark etgani yo‘q. Hozir esa men dovdirab qoldim – aslida o‘sha vaziyatda nimani his qilishim kerakligini ham bila olmayapman…

Amaldorning bu gapini eshitib, tabib kuldi va izoh berdi:

– Nima yuz berishidan qat’i nazar, bu voqeaga o‘zingiz qanday qarash kerak deb hisoblasangiz, shunday munosabatda bo‘ling. Axir har qanday holatda ham qayg‘uga botishingiz yoki xursand bo‘lishingiz o‘z tanlovingizga bog‘liq. Yuzingizga tupurganlariga kelsak, o‘zini aqlli deb bilgan odam bu narsaga shunchaki e’tibor bermay qo‘ya qolardi. Ayniqsa, sizni xafa qilgan kishi aqldan ozgan bir tentak bo‘lsa… uning tupugi birdan ko‘tarilib, ko‘zingizga chang to‘ldirgan shamolning tahqirlashidan ortiq emas…

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#UNUTMANG!

🟢4 ta qoidani hayotingiz uchun asos qilib oling!

1. Odamlarni rozi qilaman deb o‘zingizni o‘zgartirmang!

2. Odamlarning olqishi uchun boshqa odamlarga taqlid qilmang!

3. Omadsizlik sababli g‘amga botmang!

4. Yutuqlaringiz bilan kibrga berilmang!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM