Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.9K subscribers
40.8K photos
15.6K videos
373 files
26.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
🔰MA’NAVIYAT VA SAN'AT
📚USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI DOIRASIDA

📍Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 17-sonli umumta’lim maktabida "Ustoz-shogird" maktabi an’analari doirasida mahorat darslari tashkil etildi

➡️Kuni kecha mazkur ta’lim muassasaida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori Avazbek Shomurodov boshchiligida mahorat darslari o‘tkazildi. Tadbir doirasida markazning “Ustoz-shogird” maktabi bo‘limi ustozlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nuriddin Aminjonov, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev yosh iqtidor egalari bilan o‘z bilim va tajribalarini ulashishdi.

➡️Mahorat darslari davomida maktabning iqtidorli o‘quvchilari kuy, qo‘shiq va she’r ijrolari bilan ishtirok etishdi. Har bir ijroni tinglagan ustozlar o‘quvchilarga kerakli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlarni berib, ularning ijodiy rivojlanishi uchun qimmatli maslahatlar bilan o‘rtoqlashishdi.

❗️Ma’lumot o‘rnida, mazkur mahorat darslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3391-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

🟢Maqom san’ati orqali yosh avlodning milliy san’atga bo‘lgan mehrini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tashabbuslar davom etadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#ONLAYN
#PKA_2024 #Pedagoglarga_yordam
🔰Attestatsiya
📆13-kun ma’lumotlari


➡️Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 572-son qaroriga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining pedagoglari joriy yilning 29-oktabridan malaka test sinovlarini topshirishmoqda.

➡️Sinov jarayonlarining 13 kuni bugun 14-oktabr sanasida har doimgidek soat 9:00da boshlandi. Rus tili, qozoq tili, qirg‘iz tili hamda tojik tili fanlari doirasida o‘tkazilgan test sinovlarida Toshkent viloyatidan 416 nafar pedagoglar ishtirok etdi.

➡️Ustozlarimizning natijalari juda yaxshi bo‘lib, ayni paytda yuqori ballarni qo‘lga kiritib birinchi va oliy toifaga da’vogarlik qilishdi.

❗️Eslatib o‘tamiz, attestatsiyada ishtirok etish uchun Toshkent viloyatidan 13 817 nafardan ortiq pedagoglar onlayn ariza topshirgan bo‘lib, ularning 9732 nafari attestatsiyada ishtirok etishi kutilmoqda.

💐Ustozlarimizga omad tilaymiz!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
🟢VAZIR TASHABBUS DOIRASIDA
📚“Kasbiy ta’limni rivojlantirish kuni” hamda "Kasbiy ta’limni rivojlantirish soati" doirasida seminarlar o‘tkazilmoqda


➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan "Kasbiy ta’limni rivojlantirish kuni" hamda "Kasbiy ta’limni rivojlantirish soati" doirasida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

➡️Bugun viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida kasbiy ta’lim ustalari uchun aniq fanlar doirasida “Kasbiy ta’limni rivojlantirish kuni” munosabati bilan tasdiqlangan reja grafik asosida viloyat miqyosida seminar o‘tkazilmoqda.

➡️Tadbirlarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, kasb-hunar joriy qilingan maktab direktorlari, o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#ONLAYN
#PKA_2024 #Pedagoglarga_yordam
🔰Attestatsiya
🏆KUN QAHRAMONLARI


➡️Malika Meliyeva
📍Bekobod shahar 9-sonli umumta’lim maktabi rus tili fani o‘qituvchisi.
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan malaka toifasi attestatsiyasida test sinovlarida 84 balni qo‘lga kiritdi.


💐Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lsin, aziz ustozlar!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#профилактика

⚡️Нурафшон шаҳрида мактаб ўқувчиси иштирокида содир бўлган йўл-транспорт ҳодисаси муҳокама қилинди.

"Барча йўл-транспорт ҳодисаларини, айниқса пиёдалар билан боғлиқ аварияларни олдини олиш профилактикаси ойлиги” доирасида жорий йилнинг 30-октябр куни Нурафшон шаҳрида жойлашган 1-сонли мактаб ўқувчисини транспорт воситаси бошқариши натижасида содир бўлган йўл транспорт ҳодисаси ўзи тақсил оладиган мактаб ўқувчи ва уларнинг ота-оналари иштирокида муҳокама қилинди.

Телеграм 📸 Instagram
🔴#SPORT
#biznikilar🇺🇿

📣Bugun — o‘yin kuni!

🇺🇿🇶🇦Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatar bilan kuch sinashadi.

🕰Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi.

🏆Yigitlarimizga omad tilaymiz. G‘alaba yor bo‘lsin

Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI?

Savol:


🔷Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga qancha vaqtga tajribali pedagog biriktiriladi?

❗️Javob:

🔷Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davomida tajribali pedagog biriktiriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook