Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.71K subscribers
39.2K photos
15.4K videos
372 files
26K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Xotira_kechasi #Remembrance_evening

Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140-yilligi keng nishonlandi

👉 Batafsil


The 140th anniversary of the birth of Sidqi Khondaiqi is widely celebrated

👉 In detail


Широко отмечен 140-летний юбилей Сидки Хандайлики

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Seshanba tongi muborak bo‘lsin!
O‘zingizni ehtiyot qiling!
❤️

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#KUN_TAVSIYASI

💎Siz qaysi guruhga kirasiz?

➡️Telefon ishlatishda ba’zi oilalar o‘ta qattiqqo‘l, ba’zilar esa judayam beparvoligini ko‘ramiz.

Quyida, telefon ishlatishda oilalarning farzandiga bo‘lgan 7 xil munosabatini ko‘rib chiqamiz:


1. Avtoritar oila — bu turdagi oilalarda ota-ona haddan ortiq nazoratchi bo‘ladi. Uyda qat’iy qoidalar o‘rnatilar ekan — bolaning rivojlanish xususiyati va talab-istaklari umuman e’tiborga olinmaydi.

Ichki qoidalar buzilsa — avtomatik jazo choralari qo‘llaniladi va hech qanday tushuntirish berilmaydi.

Bunday oilada o‘sgan bolalar — boshqalarning fikriga qaram, o‘ziga ishonchi past va irodasiz bo‘lib ulg‘ayishadi. Voyaga yetgach atrofda ularni boshqaradigan avtoritar muhit izlashda davom etishadi.

2. E’tiborsiz oila — bu oilalarda bolaning xohish-istaklariga chegara qo‘yilmaydi, tamoman befarqlik hukm suradi.

Odatda bu turdagi oilalar yo ko‘p ishlaydigan oliy ma’lumotli, yoki ta’lim darajasi past ota-onalardan iborat.

Bola o‘ziga diqqat qaratish uchun turli — ijobiy, salbiy yo‘llarni sinab ko‘radi.

E’tiborsizlik — xulq-atvor buzilishiga olib keladi. Natijada, ota-ona keskin jazo ko‘rishni boshlashadi.

Bu muhitdagi bolalar — tajovuzkor, o‘ziga ishonchi past, beqaror xarakterli bo‘ladi.

3. O‘ta bag‘ri keng oila — odatda bir farzandli oilalarda kuzatiladi. Bu oilalarda bolaning "og‘zidan chiqqani" muhayyo qilinadi. Ta’qiq yo‘q — erkinlik chegarasi osmonu falakkacha cho‘ziladi. Bola uy xo‘jayiniga aylanadi va televizor pulti ham uning qo‘lida turadi.

Bu oilada o‘sgan bolalar — to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata olmaydi, xavf-xatar yoqasida yashaydigan, mas’uliyatsiz inson bo‘lib ulg‘ayadi.

4. Tuturiqsiz oila — bu oilada qachon nima qilish kerakligi aniq emas. Bir kun bola 10 soatlab telefon o‘ynasa indalmaydi, ertasiga endi qo‘liga olgach baqirish boshlanadi. Ota-ona zid harakati bolani chalg‘itadi — bolaga ota telefon sovg‘a qiladi, onasi esa uni olib qo‘yadi.

Bu kabi oilalarda bola — insonlarga ishonmaydi, qaror qabul qilishga qiynaladi, yo o‘ta o‘zboshimcha, yoki doim bo‘yin egadigan bo‘ladi.

5. Haddan tashqari himoyalovchi oila — ota-ona doimo boladan xavotirda bo‘ladi. Bolaning yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlanadi — qoqilishga berilmaydi. Bola ulg‘ayganda ham texnologiyadan foydalanishga ruxsat berishga o‘ta ehtiyotkor bo‘lishadi.

Bunday bolalar — o‘zini himoya qila olmaydigan, qaror qabul qilishni bilmaydigan bo‘lib voyaga yetadi. Himoya qobig‘laridan chetga chiqishlari bilan dovdirab — ularga panoh bo‘ladigan odam izlashadi.

6. Perfeksionist oila — bolani har qanday sohada muvaffaqiyatli bo‘lishga majburlashadi, balet kursidan tortib matematikagacha. Farzandlari maktabiga tinimsiz qatnashadi.

"Barchasi farzandim kelajagi uchun", deb yugurayotgan ota-ona — aslida o‘zlarining o‘tmishdagi jarohatlariga malham qo‘yayotgan bo‘lishadi. Bolani planshetda o‘tkazgan har bir daqiqasini foydaga yo‘naltirish kerak, deb biladi.

Bu oilalarda bola — xavotirchan, o‘ziga ishonchi past bo‘ladi. Qolaversa, qadrsizlik hissi va muvaffaqiyatsizlik qo‘rquvi bola ruhiyatiga singib ketadi.

7. Demokrat oila — bolaga ishonadi, qo‘llab-quvvatlaydi, samimiy munosabatda bo‘ladi. Texnologik jihozlardan foydalanish bo‘yicha qarorlar birgalikda qabul qilinadi. Farzandga ishonilsada, yosh xususiyatlari nazoratdan chetda qolmaydi. Bolalarga mas’uliyat yuklanadi. Tartib qoidalar buzilsa — jazolar aniq va avvaldan belgilangan bo‘ladi. Ishonch tuyg‘usi birinchi o‘rinda turadi.

❗️Bunday oilada katta bo‘lgan bolalar — o‘ziga ishonadigan, moslashuvchan, mustaqil va mas’uliyatni his qiladigan bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI

🟢Bir kuni ustoz o‘z o‘quvchilaridan ular yomon ko‘radigan odamlarning ismini qog‘ozga yozishlarini so‘radi. Ular bu ishni bajarib bo‘lgach, ustoz ularning har biriga qog‘ozda nechta ism yozilgan bo‘lsa, ertaga o‘zlari bilan o‘shancha pomidor olib kelishlarini buyurdi.

Ba’zi o‘quvchilar xaltachada ikki dona pomidor olib kelishdi, boshqalari uchta, beshta yoki hattoki o‘nta. Ular bu pomidorlarni ikki hafta davomida o‘zlari bilan olib yurishlari kerak edi. Ammo 2 kun o‘tar-o‘tmas, o‘quvchilar aynishni boshlagan bu sabzavotlarning hididan noliy boshlashdi. O‘quvchilarning bir nechtasi o‘zlari bilan o‘nlab pomidorlarni olib yurishga juda qiynalishar edi. Ularning hidi juda kuchli va o‘tkir edi.

Bir haftadan so‘ng ustoz barcha o‘quvchilarni yig‘ib, ularning shikoyatlariga yana quloq tutdi va dedi:
— Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizmi? Bu sizga ba’zi odamlar yoqmaganida o‘z qalbingizda olib yurgan narsaga judayam o‘xshaydi. Nafrat tuyg‘usi qalbni kemiradi va uni kasal qiladi. Agar siz bir haftadan so‘ng aynigan pomidorlarning hidiga chiday olmayotgan bo‘lsangiz, siz har kuni o‘z yuragingizda, qalbingizda olib yurgan xusumat, adovat, alamlarning badbo‘y hidini tasavvur qilib ko‘ring-a! Qalb — bu shunday go‘zal bog‘dirki, uni yovvoyi o‘tlardan muntazam tozalab turish kerak, ya’ni sizni g‘azablantirgan odamlarni kechirishingiz kerak. Bu unda haqiqatda ezgu ishlar uchun joy ochib beradi.
Hayotdan har narsani olavermang, faqat eng yaxshisini oling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📍Angren shahar

🟢"Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida Angren shahridagi 20-sonli umumta’lim maktabida sport zal qurib foydalanishga topshirildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📍Bekobod shahar

➡️"Jadidlar izidan" respublika ko‘rik-tanlovi Bekobоd tuman bosqichi tafsilotlari

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📍Chinoz tumani

🟢"Jadidlar izidan" respublika ko‘rik-tanlovi tuman va shahar bosqichi joylarda uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Chinoz tumanida bo‘lib o‘tgan tanlov tafsilotlari.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📍Toshkent tumani

🟢Tumanda ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar trening tashkil etildi. Batafsil, "Nurafshon" telekanali informatsion dasturlarida

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📍Yangiyo‘l tumani

🔰Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Jadidlar izidan" respublika ko‘rik-tanlovi Yangiyo‘l tumani bosqichidan videolavha

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ONLAYN

#KUN_XABARI
🔰XALQARO HAMKORLIK


🟢Ayni damda viloyatimiz Maktabgacha va maktab ta’limi vakillari Xitoyning Anszi shahrida o‘tkazilinayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishmoqda.

🌐Batafsil birozdan so‘ng.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM