Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.28K subscribers
45.3K photos
16.1K videos
381 files
28K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#TADBIR
🟢 Toshkent viloyati Ohangaron tumani 10- IDUMda 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔷Tadbirda Ohangaron tuman hokimyati xotin-qizlar qo‘mita raisi S.Dehqanova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tuman bo‘linmasi rahbari N.Merganova va mahalla raisi X.Eshboyeva, otinoyilar ishtirok etdi.

🔷Mehmonlar o‘quvchi qizlarga bugungi kunda mamlakatimizda qizlar salomatligini mustahkamlash, ularning to‘laqonli ta’lim olishlari, o‘zlari qiziqqan kasb-hunarga ega bo‘lishlari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligi, xususan, sog‘liqni saqlash sohasida qizlarning sog‘lom o‘sishlarini ta’minlash, ularning tibbiy savodxonligini oshirish borasida izchil choralar ko‘rilayotganligi haqida tushunchalar berib o‘tishdi.

🔷Tadbir o‘quvchilarimiz she’r, sahna ko‘rinishi, musiqiy raqs bilan yakunlandi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰#ОТА_ОНАЛАРАГА_МУРОЖААТ
📍Оҳангарон тумани

✍️Ohangaron tumani MMTB tasarrufidagi 53-umumta’lim maktabida pedagogik jamoaning ota-onalarga murojaati yo‘llandi.

➡️Ushbu murojaatnomani 53-maktab direktori Nilufar Abdikulova o‘qib berdi. Murojaatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutidagi o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida bildirilgan fikr va tashabbuslari, o‘qituvchilik kasbiga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik hamda keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasi va yoshlar tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor alohida e’tirof etildi.

➡️Murojaatda, bundan tashqari, maktab o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi, maktabning faoliyati haqida gapirib o‘tildi.

➡️Shuningdek, ushbu anjumanda inspektor-psixolog, katta leytenant Niyozaliyev Sh. va O‘razov A., kuzatuv kengashi raisi Isoqov A. Ungut MFY raisi Zulpiyev M., mahalla xotin-qizlar faoli M.Baratovna so‘zga chiqib, yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM