Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.77K subscribers
40.3K photos
15.5K videos
372 files
26.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Qibray_tumani

"Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!"

O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tumandagi 45-sonli Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!" shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.

Katta va rus tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari hamda ota-onalar ishtirokida o'tgan bayram dasturida bollar tomonidan ijro etilgan sho'x kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarga bayramona kayfiyat bag'ishladi.


✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz Ustozlar!

Dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ xalqimizning,
Buyuk ona Vatanimizning
eng ulug‘, eng aziz bayrami muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston degan nom jahon sahnasida, dunyo xaritasida mangu yarqirab tursin.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#MUTOLAAA
🇺🇿JONIM ICHRA JONIMDURSAN


Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo‘qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Tuprog‘ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko‘zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

O‘zbek elim, nuri diydam, qarog‘imsan,
O‘zbek elim, osmonimu tuprog‘imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog‘imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Sohibqiron qo‘llarida qalqon bo‘lding,
Ulug‘bekning nigohida osmon bo‘lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo‘lding,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Qo‘li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko‘ksi yurtga doim balogardon elim,
O‘z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

✍️Xurshid Davron

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUNNING_GAPI

Bugun shiddatli hayotning o‘zi barchamizni yanada ulkan marralar sari da’vat etmoqda. O‘z kuchimiz va salohiyatimiz bilan barpo etgan mustaqil davlat, erkin va ozod jamiyatni yanada kuchli, yanada go‘zal va obod etish bosh vazifamizga aylanmoqda. Bu shunday yuksak marraki, unga erishish uchun har qancha mehnat qilsak arziydi. Bu shunday buyuk, sharafli maqsadki, unga butun borlig‘imizni baxsh etsak arziydi,

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
1️⃣ SЕNTYABR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR

⚔️1870 yil — Fransiya -Prussiya urushi: Fransiya armiyasi Sedan jangida mag‘lubiyatga uchragan, imperator Napoleon III asirga olingan;

⚔️1880 yil— Qandahor jangida Muhammad Ayyubxon armiyasi Britaniya qo‘shini tomonidan yakson etilgan va ikkinchi ingliz-afg‘on urushi tugagan;

🎶 1887 yil —Emil Berliner grammofon uchun patent olgan;

🇱🇧 1920 yil — Fransiya poytaxti Beyrut bo‘lgan Livan davlatining tashkil etilganligini e’lon qilgan;

🇦🇱 1928 yil — Albaniya qirollik deb e’lon qilingan;

⚔️ 1932 yil — Peru -Kolumbiya urushi boshlangan;

⚔️ 1939 yil—Germaniyaning Polshaga hujumi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlangan;

🇩🇪 1950 yil — G‘arbiy Berlinda konstitutsiya qabul qilingan;

🇱🇾 1969 yil —Liviyada harbiy to‘ntarish yuz berib, Muammar Qaddafiy hokimiyat tepasiga olib kelgan;

1970 yil— Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi kompyuter shaxmat turniri ochilgan;

🇶🇦 1971 yil— Qatar o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan;

🛳 1985 yil — Amerika -Fransiya ekspeditsiyasi 4 km chuqurlikdan 1912 yilda aysberg bilan to‘qnashuvdan keyin cho‘kib ketgan Titanik parchalarini topgan;

🇺🇿 1991 yil — ushbu sana O‘zbekistonda mustaqillik kuni deb e’lon qilingan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TABRIK

Hurmatli hamyurtlar, aziz vatandoshlar!


Sizlarni eng ulug‘ va aziz bayramimiz – O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yillik shodiyonasi bilan chin yurakdan tabriklayman.
Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning oqilona va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati tufayli o‘zbek xalqining qalbi o‘z yurtining porloq kelajagiga, zaminimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka umid va ishonch hissi bilan to‘ldi.
O‘zbekiston nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki qurilish, madaniyat, sport, ta’lim va boshqa sohalarda katta natijalarga erishmokda.
Jumladan, ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan ishlar qilindi. O‘qituvchi-murabbiylar mehnati qadr topdi. Yuzlab dunyo standartlariga javob beradigan maktablar, ta’lim maskanlari barpo etilmokda.
Barcha yurtdoshlarimizga tinchlik va totuvlik, sihat-salomatlik, baxt va farovonlik tilayman. Ona Vatanimiz O‘zbekiston gullab-yashnasin, quyoshli osmonimiz ostida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va farovonlik hukm sursin, hayotingizning har bir kuni quvonch va muhabbatga to‘lsin! Bayramingiz muborak bulsin!

Elyor Akbarov
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
"Янги Ўзбекистон" боғида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 33 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этиб, халқимизни табриклади.

В парке "Янги Узбекистон" состоялись праздничные торжества, посвященные 33-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан. В них принял участие и поздравил наш народ Президент Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
VATAN MADHI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿

​​​​Har siqim tuprog‘ing suyukdir Vatan!
Noming Haqdan keyin buyukdir Vatan!
Sen birla go‘zaldir umrim, hayotim,
Seningsiz chap ko‘ksim kuyukdir Vatan!


Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo‘lsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📚Uchinchi Ustozlar Milliy Forumi.


🔴Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirokida viloyat hokimligida pedagoglarning "Ustozlar Milliy Forumi" tantanali tadbiri o‘tkazildi.

📹Mazkur bayram tadbiri OAV keng yoritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tuhfa

Yangi oilaviy bog‘cha faoliyat boshladi

O‘rta Chirchiq tumani "Mingtepa" mahallasi Haqiqat yo‘li ko‘chasi 19a-uyda tadbirkor Nigora Kashapova tashabbusi bilan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsata boshladi. Ayni paytda bu yerda 2 nafar tarbiyachilar 25 nafar bolajonlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg‘ul.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, mahallada endi oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti yana bittaga ko‘paydi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama