Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.26K subscribers
45.1K photos
16.1K videos
381 files
27.9K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#AMALIY_SЕMINAR
🔴MAKTAB RAHBARLARI VA O‘RINBOSARLARI UCHUN SЕMINAR TASHKIL ETILDI
📍Qibray tumani
📍Chirchiq shahar

🟢Xabaringiz bor, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tuman va shaharlar kesimida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.


🔰Seminarlar doirasida 2020-yil 30-iyunda Xalq ta’limi (hozirgi Maktabgaa va maktab ta’limi) vazirligi , Moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom asosida yangi o‘quv yilida o‘qituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilanib dars soatlari taqsimoti amalga oshirilishi borasida alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

➡️Jori yil 4-iyul kuni mazkur seminar Qibray tumani hamda Chirchiq shaharlaridagi umumta’lim maktablari direktorlari va ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

🔴Shu o‘rinda aytish lozim, Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mazkur nizomda o‘qituvchilar pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa va kasbiy mahorati yuqori bo‘lsa, birinchi navbatda ularga ko‘proq dars soatlarini ajratish belgilab qo‘yilgan.

➡️Boshqarma mas’ullari tomonidan, Nizomda ko‘rsatilgan shaklda dars taqsimotini amalga oshirish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida qat’iy talab qo‘yildi.

➡️Seminarlarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ayrat Hamroyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleyans nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Nodir Ahmedov, boshqarma bo‘lim boshlig‘i Vafoqul Hotamovlar ishtirok etdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI

Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi Prezident maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi yakunlandi.

Ma’lumot uchun, jarayonlarni Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining
vakillari kuzatib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Shu yilning 9-, 10-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Jarayon
📍Yangiyo‘l shahar

➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l shahar 5-umumta’lim maktabida amaliy seminar tashkil etildi.

➡️Bugun Yangiyo‘l shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, yig‘ilganlarni mavzuga oid me’yoriy hujjatlar, qarorlar bilan tanishtirdi. Savol-javoblar, takliflarga boy bu amaliy seminar topshiriqlaridan kelib chiqib, yangi o‘quv yili oldidan mutasaddilar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.

➡️Ayniqsa, kiyinish madaniyati, pedagoglarning odob-axloq qoidalari bo‘yicha yangi o‘quv yili boshidan maxsus komissiya ishini risoladagiday tashkil etishga, maktab formasiga qat’iy e’tibor qaratishga kelishildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM