Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.65K subscribers
39.7K photos
15.5K videos
372 files
26.2K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#AKT_uchrashuv
💠BIR MILLION DASTURCHI

🌐O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmonining 33-maqsadida IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish hamda “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash vazifalari belgilangan edi.

🌐Yuqoridagi topshiriq ijrosini ta’minlash hamda IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilarini Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida, Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 26-iyun kuni Astrum IT akademiyasida iqtidorli maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🌐Shuningdek, tadbir davomida "Karyera kunlari" bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmalari, IT yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari haqida seminarlar va taqdimotlar hamda maktab bitiruvchilari uchun IT sohasidagi ta’lim imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maʼlumki, soʻnggi yillarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida oʻtkazilgan oʻquv-seminarida ham ushbu mavzuga doir muhim fikrlar bildirib oʻtildi.

❗️ Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinma va tizim tashkilotlari rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirok etgan tadbirda yuridik fanlar doktori, professor Boboqul Toshevning:

korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish;

ushbu jarayonlarga keng jamoatchilik vakillarini jalb etish;

sohada byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat xaridlari, ishga qabul qilish va boshqa yoʻnalishlarda korrupsiya holatlarga yoʻl qoʻymaslik;

"Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan huquqiy normalarni amaliyotga keng tatbiq qilish
mavzulariga doir maʼruzasi tinglandi.

👉 Oʻquv-seminar davomida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kunlik_statistika

1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni - 375 900 ta (2024-yilning 26-iyun holatiga).

Jumladan:
➡️maktab tomonidan qabul qilingan arizalar soni - 318 741 ta.

✔️ Bu yil respublikamiz bo’yicha 719 mingdan ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.

#ежедневная_статистика

Общее количество поступивших заявок по микро-району, прикрепленному к приему 1 класса - 375 900 (по состоянию на 26 июня 2024 года).

В том числе:
➡️количество принятых школами заявлений - 318 741.

✔️ В этом году планируется принять более 719 тысяч детей школьного возраста по республике.

Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.

🌍 mymaktab_uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

JURNALISTLAR


Bir kun piyodasiz, bir kuni rolda,
Tongda shahardasiz, kechqurun cho‘lda,
Umrning yarmisi yomg‘irda, do‘lda,
Yarmisi to‘shalib yotadi yo‘lda.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Qaygadir oy nuri tushmasdir balki,
Qaygadir yetolmas chaqmoqlar zalpi,
Jurnalist xalqi-chi, jurnalist xalqi
Har yerda turadi yarqirab, balqib.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Bitta xabar uchun, bir satr uchun,
Goh olam nurafshon, gohida tutun,
Shundan baxtiyorsiz, shundan baxtlisiz,
Dunyoda baxt yo‘qdir shu baxtdan ustun.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Rayhon-jambillarni uzgan nokaslar,
Yaxshilar ustidan kulgan nokaslar,
Haqiqat menman deb turgan nokaslar,
Sizga duch kelganda titraydi xasday.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Noningiz goh butun, goho yarimta,
Qalbingiz tuhmatdan goh nimta-nimta,
Ammo dardingizni aytmay hech kimga,
Madad bo‘lay deysiz ona xalqimga.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#IBRAT_SOATI

➡️Bir ustozidan shogirdi so‘radi:
- Ustoz, yiqilganimni eshitsangiz, menga nima deb maslahat bergan bo‘lardingiz?
- O‘rningdan tur, degan bo‘lardim, — javob berdi keksa ustoz.
- Ikkinchi bor yiqilsam-chi?
- Yana shu gapni aytaman.
- "Yiqildingmi, o‘rningdan tur” degan bir xil javob necha marta qaytariladi o‘zi? - toqatsizlandi shogird.
- To hayot ekansan, yiqildingmi, o‘rningdan tur. Chunki yiqilib o‘rnidan turmaydiganlar uchun hayot tamom demakdir.

Kuningiz xayrli o‘tsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

2️⃣7️⃣ IYUN SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR


🍵1615 yil —choy birinchi marta Yevropaga olib kelingan;

⚔️ 1864 yil— AQSHda fuqarolar urushi: Atlantadagi Kenneso tog‘ida jang bo‘lib o‘tgan;

1929 yil —Sovet hukumati uch yildan ortiq muddatga qamalgan barcha mahbuslarni qamoqxonalardan mehnat lagerlariga ko‘chirishni buyurgan;

📣1929 yil — Turkiyada Prezident Mustafo Kamol kommunistik targ‘ibotga qarshi kurashni boshlagan;

🚁 1931 yil —AQSHda ixtirochi Igor Sikorskiy birinchi vertolyot uchun patent olgan;

📌 1932 yil — Siamda Konstitutsiya qabul qilingan;

🚀 1941 yil — Voronejdagi Komintern zavodidaBM-13 "Katyusha" nomi bilan tanilgan dastlabki jangovar raketa yig‘ilgan;

📜1946 yil —Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSR tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida o‘sha paytda Italiyaning bir qismi bo‘lgan Onekan orollarini Gretsiyaga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shimoliy Italiya hududining bir qismi Fransiyaga o‘tkazilgan;

💰 1967 yil — Angliyaning Enfild shahrida dunyodagi birinchi kassa o‘rnatilgan;

📰1968 yil —Chexoslovakiya gazetasida "Ikki ming so‘z" deb nomlangan hujjat nashr etilgan va Chexoslovakiya jamiyatining barcha qatlamlari vakillari tomonidan imzolanib, haqiqiy demokratiyaga tezroq o‘tishga da’vat qilingan. Ushbu murojaat Praga bahorining avj nuqtasi bo‘lgan. Sovet Ittifoqi va Varshava shartnomasining boshqa mamlakatlari rahbariyati respublika rahbariyatidan "aksilinqilob" bilan to‘la bo‘lgan islohotlarni cheklashni talab qilgan;

🇰🇭 1981 yil— Kambodja Konstitutsiyasi qabul qilingan;

⚖️ 1986 yil — Gaaga xalqaro sudi AQSHni Nikaraguadagi qarama-qarshiliklarga mos sepishda ayblab, uni Nikaragua xalqaro huquqi va suverenitetini buzgan degan qaror chiqargan;

⚔️ 1990 yil - Nikaraguada fuqarolar urushi tugaganligini bildiruvchi ramziy qurolsizlanish marosimi bo‘lib o‘tgan;

⚔️ 1997 yil — Tojikistonda fuqarolar urushi tugagan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TABRIK
27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni


Qadrli jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sizlarni kasb bayramlaringiz - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Barchaga yaxshi ma’lumki, matbuot va ommaviy axborot vositalari ishi hamma tomonlama ham og‘ir va mas’uliyatlidir. Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi paytda bu mas’uliyat yanada kuchaymoqda.

Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt doimo hamroh bo‘lsin.

Elyor Akbarov
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i


Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
🟢#SЕMINAR
🌐Muhim masalalar doirasida
📍Olmaliq shahar

🔴Joriy yilning 26-iyun kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i topshirig‘i doirasida Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli IDUMda direktorlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

➡️Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida "gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Seminarda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Xusniddin Turg‘unboyev so‘zga chiqib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar haqida gapirib, shu bilan birga ushbu masalada har bir ta’lim muassasalarida umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilishini hamda barcha pedagog-xodimlarga odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berilishini ta’kidladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM