Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.9K subscribers
40.8K photos
15.6K videos
373 files
26.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!

Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…

Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.

Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.

Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.

Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#KUN_NAFASI

📣1-iyun- Xalqaro bolalarini himoya qilish kuni munosabati bilan joylarda turli bayram tabdirlari tashkil etilmoqda. Yangi inshooatlar foydalanishga topshirilmoqda. Xususan, Nurafshon shahrida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishamiz.

Manba: https://t.iss.one/Nurafshonpressa

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#tadbir

Nurafshon shahar 22-DMTTda “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Baxtli bolalik”deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda 110 nafar tarbiyalanuvchilar tomonidan sheʼr va qoʻshiqlar ijro etilib, raqslar namoyish etildi. Nurafshon shahar MMT boʻlimidan M.Tashmatova tadbirga tashrif buyurib bolajonlarga esdalik sovg'alarni topshirdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#1_iyun_Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

Nurafshon shahridagi 5-sonli Maktabgacha ta'lim muassasida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilinib, unga mehmon sifatida shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov tashrif buyurdi.

Kuy-qo'shiqlar bilan ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan tadbirda shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov jajji bolajonlarga sovg'alar ulashib murg'akgina qalblariga shodlik zavqini ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#bayram_tadbiri
#2_DMTM

Bayram tadbirlari Nurafshon shahridagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta'lim muassasida ham bo'lib o'tdi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.

Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari N.Djumanova shahardagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta'lim muassasida bo'lib, bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ularga esdalik sovg'alarini ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt