Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.32K subscribers
42.7K photos
15.8K videos
376 files
27.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
Rahbarlar maktablarda boʻlib, oʻquvchilarga kitoblar ulashmoqda

Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari hamda tuman-shahar hokimlari, faollari bugun umumtaʼlim maktablarida boʻlib, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarida ishtirok etdi.

Avvalo, Prezident tabrigi bitiruvchi-yoshlariga oʻqib eshittirildi.

Maktabni aʼlo baholar bilan yakunlagan, fan olimpiadalari va turli koʻrik-tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilariga  tashakkurnomalar va kitob, esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, oʻquv fanlarini yaxshi oʻzlashtirib, yuqori natijalarga erishgan yoshlarning ota-onalari va oʻqituvchilari eʼtirof etildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soʼnggi_ #qoʼngʼiroq

Umumta'lim maktablarida chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, katta hayot ostonasida turgan bitiruvchilarning qalblariga shirin xotiralar bilan muhrlandi

Bugun, Qibray tumanidagi 42ta umumta'lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri katta shodiyona bilan o‘tkazildi.

Bitiruvchilarning quvonchi va baxtli kunlariga sherik bo’lgan, Qibray tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari va ko‘plab mehmonlar bitiruvchilarga omad va zafarlar tilab, samimiy tilaklarini bildirdilar.

Joriy yil, tumandagi umumta'lim maktalarining 11-sinfini 1517 nafar o’g’il-qizlar tamomladi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#25_may

🔔Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyati Qibray tumanidagi o‘zi tahsil olgan  25-sonli maktabda oʻtkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

Bitiruvchi sinf o‘quvchilarining hayajonli daqiqalariga sherik bo‘ldi va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi
.

🏘Xususan, vazir o‘rinbosari maktabdagi taʼlim jarayoni va ustozlari oʻgitlarining hayotidagi ahamiyati haqida alohida ta'kidladi.

Mazkur o‘quv yilida yurtimizda xalq ta’limi sohasida erishilgan yutuqlarga ham to‘xtalib, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarga kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi.
   
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔆 O‘zbekistonda ikkinchi marta Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

🔅 Mazkur xalqaro olimpiada 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 2024-yil 26-31-may kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etiladi.

🔸 Ushbu olimpiadada matematika fanidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ishtirok etishi belgilangan.

🔸 Bundan tashqari, yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida qo‘shni mamlakatlar Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Ozarbayjon terma jamoalarining ham ishtirok etishi kutilmoqda.

🔸 Xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 4 tadan masala berilib, har bir masala 10 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Jami ikki tur uchun maksimal ball 80 ballni tashkil qiladi.

🔸 Xalqaro olimpiada yakunida g‘oliblar aniqlanadi va olimpiada g‘oliblariga oltin, kumush, bronza medallari hamda tegishli diplomlar topshiriladi.

🔸 Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 2008-yil 27-dekabr va undan keyin tug‘ilgan o‘zbekistonlik ishtirokchilar orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 6 nafar o‘quvchilar xalqaro 28-O‘smirlar o‘rtasida Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM