Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.7K subscribers
39.3K photos
15.4K videos
372 files
26K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
🟢“MAKTABNI YASHIL MASKANGA AYLANTIRAMIZ” AKSIYASI DOIRASIDA "YASHIL MAKTAB" TANLOVI VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
📍Toshkent viloyati

📌"Yashil maktab" liderlari kuch sinashdi.

📸Jarayonlar fotolavhalarda

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TANLOV
🟢“MAKTABNI YASHIL MASKANGA AYLANTIRAMIZ” AKSIYASI DOIRASIDA "YASHIL MAKTAB" TANLOVI VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
❗️Toshkent viloyati

🔴Xabaringiz bor, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehnatsevarlik, ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, jamoa bo‘lib ishlash, ta’lim muassasalarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish orqali o‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” aksiyasi e’lon qilingan edi.

✔️Aksiya doirasida yurtimizdagi barcha maktablar o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil maktab”, “Eng ko‘p nihol ekkan o‘qituvchi” va “Maktabim bog‘i” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar tashkil etilmoqda.

✔️Ayni loyiha doirasida "Yashil maktab" ko‘rik-tanlovning Toshkent viloyati bosqichi joriy yilning 2-may kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Mamatqulov va boshqarma mas’ullari, Parkent tumani hokim, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Sherzod Mamatqulov va tuman hokimi so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.

✔️Ma’lumki, tanlovning maktab va tuman bosqichlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan 10 ta maktab jamoasi viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan edi.
Bugun ushbu g‘olib jamoalar 3 ta jamoaviy va 1 ta yakka tartibda shartlar doirasida bellashdi.

🔴Jumladan,
1-shart: Jamoalar shiorlari, atributlari bilan ishtirok etib, o‘zlarining ta’lim muassasalarida sinf “Eko burchak”larini tashkil etish, ekologik madaniyatni shakllantirish, maktab bog‘ini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida 5 - daqiqa ichida ma’lumot berishdi (1-shart 10 ballik tizimda baholanadi);

2-shart: Savol-javob sharti. Jamoalarga hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan 5 ta savoldan iborat biletlar taqdim etildi. Savollarga 5 daqiqa davomida javoblar taqdim etilishi lozim edi (Mazkur shart 10 ballik tizimda baholanadi);

3-shart: O‘quvchilar tomonidan bugungi kundagi global va mintaqaviy ekologik muammolar, energiya resurslari (tabiiy gaz, elektr energiya) va ichimlik suvini tejash va ulardan oqilona foydalanishni aks ettirgan holda 10 daqiqa mobaynida sahna ko‘rinishi namoyish etish (Loyiha 30 ballik tizimda baholanadi);

Yakka tartibda bajariladigan shartda o‘quvchilar yashil olamni asrash mavzusida surat chizishlari lozim edi.

🔔Viloyatning eng so‘lim go‘shasi O‘zbekiston Shveysariyasi hisoblanmish Parkentning Qizil tog‘da o‘tkazilgan mazkur ko‘rik tanlovda,
🔹1-o‘rinni Angren shahar umumta’lim maktab maktabi "Eko zamin" jamoasi,
🔹2-o‘rinni Bo‘stonliq tumanidagi umumta’lim maktabi "Ekologiya va biz" jamoasi,
🔹3-o‘rinni Parkent tumanidagi umumta’lim maktabining "Grenary" jamoasi egalladi.

🖼Rasmlar tanlovida Nurafshon shahridagi 25-sonli umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchisi Durdona Muhammadsobirova eng yaxshi deb topildi.

G‘oliblarga Sherzod Mamatqulov еsdalik sovg‘alari va sertifikatlarni topshirdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TASHABBUS_DOIRASIDA:
📚FARZANDIM UCHUN BITTA KITOB


🔴Viloyatimizda start olgan aksiya - "Farzandim uchun bitta kitob" doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Kuni kecha boshqarmaning MMTB sho‘ba mudiri G‘olibjon Ibragimov farzandi tarbiyalanayotgan Yangiyo‘l shaharidagi 13-sonli DMTTga mazkur aksiya doirasida 10 oshiq ertak va badiiy asarlardan iborat kitoblar jamlanmasini hadya qildi.

📌Siz ham aksiyada ishtirok eting!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun tuman Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh.Isaboyev boshchiligida "Besh-tut" MFY hududida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

🔹Samimiy o‘tgan uchrashuvda mutasaddilar tomonidan voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, vatanparvarlik, milliy qadriyat va an’analarga hurmat, mardlik tuyg‘ularini yuksaltirish, jamiyat taraqqiyotida yoshlarning o‘rni, bugungi kunda kelajak egalariga yaratilayotgan sharoit-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

🔹Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar uchun qutqaruv xizmati texnikalari ko‘rgazmasi tashkil qilinib, maxsus anjomlardan foydalanish tartiblari tanishtirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi.

👉 Batafsil tanishish

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM