Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.69K subscribers
39.4K photos
15.4K videos
372 files
26K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#XUSHXABAR
#SPORT

🟢Xabaringiz bor shu kunlarda Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

📌Kuni kecha xushxabar oldik. Mazkur chempionatda ishtirok etayotgan Qibray tumani maktabgaca va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-maktabning 11- sinf o‘quvchisi Damir Davletiyarov Osiyo chempioni bo‘ldi.

🏆Raqiblari o‘rtasida tengsiz deb topilgan o‘quvchimizga muvaffaqiyat tilaymiz!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YIG‘ILISH
VAZIFA, IJRO, INTIZOM


Bugun, 6-fevral kuni Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov boshchiligida boshqarma markaziy apparati hamda mas’ul xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar haqida so‘z bordi.

Boshqarma boshlig‘i keyingi yillarda viloyatimizda ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, buning uchun zarur resurslar ajratilayotganini e’tirof etib, soha vakillari oldida turgan dolzarb vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda tizimdagi muammolar, ularni yuzaga keltirayotgan omillar, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tizimdagi oddiy xodimdan tortib rahbarlargacha bir tan-u bir jon bo‘lib mehnat qilishi lozimligi ta’kidlandi.

Xususan, 2024-yil davomida davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, ijro intizomiga amal qilish, hududlar kesimida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqarish kabi qator masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga bu borada talab qattiq bo‘lishi eslatildi.

Yig‘ilish davomida Prezidentimizning joriy yil 2-fevralda chiqarilgan PQ-53 va PQ-54-sonli qarorlarida belgilab berilgan ustivor vazifalar atroflicha o‘rganildi. Tegishli bo‘limlarga topshiriqlar berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#соҳага_доир_ҳужжатлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda);

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so’zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

🔹2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.

🔹2024-yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#соҳага_доир_ҳужжатлар

"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🔹Unga ko‘ra, ta’lim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlari va xizmatlar ko‘rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi.

❗️Loyiha ofisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash;

yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ta’lim turlari va darajalari o‘rtasida uzviylikni va uzluksizlikni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishda vazirlik va idoralarga x,ar tomonlama ko‘maklashish;

ta’lim sifatini nazorat qilish yo‘nalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy va xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.


👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1469

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢MAKTABGACHA TA’LIM AGЕNTLIGI

🔴Amalga oshirilayotgan ishlar, muvaffaqiyatlar, qonunbuzarliklar

Movluda Asqarxo‘jayeva
Maktabgacha ta’lim agentligi Axborot xizmati boshlig‘i


Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Shu yilning fevral oyida menejerlik o'quv kursida o'qish uchun ariza topshirgandim, lekin kvota to‘lganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadim. Keyingi oy o‘qishim uchun qayta ariza topshirishim kerakmi?

Avval xabar qilinganidek, menejerlik o’quv kursiga har oyning 1-5-kunlari manager.uzedu.uz sayti orqali ariza topshiriladi.

Bunda nomzodlar tomonidan yuborilgan barcha arizalar onlayn platformada saqlanadi va kelib tushgan sanasi bo’yicha ketma-ketlikda ko’rib chiqiladi.

❗️Shu sababli sizdan keyingi oyga qabul uchun qayta ariza topshirishingiz talab etilmaydi.

Arizangiz mutaxassislar tomonidan o'rganib, qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar platforma orqali yuboriladi.

Ma'lumot o'rnida: hududlar kesimida topshirilgan arizalar haqidagi ma'lumotlarni manager.uzedu.uz platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X
💎 2023-yilda respublikada jami 2244 ta maktab (2119 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 125 ta IDUM) o‘rganildi, shundan 1124 tasi (50,1%) “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ldi (210 ta 2-darajali va 914 ta 3-darajali).

🔝 Hududlar kesimidagi umumiy reytingda Toshkent viloyati 53.9% bilan 6-o‘rinni qayd etdi.

📊 Ma’lumot uchun 2022 yilda Toshkent viloyati 39% bilan 9-o‘rinni egallagan edi.

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
💎"Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari

🔴Toshkent viloyati hududlari kesimida "Zamonaviy maktab" maqomini olish ko‘rsatkichlari

🌐2021-2022-2023 o‘quv yili doirasida

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#LIVE
🟢VAZIFA, IJRO, INTIZOM

Ayni paytda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov boshchiligida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar so‘z bormoqda.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda tizimdagi muammolar, ularni yuzaga keltirayotgan omillar, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tizimdagi oddiy xodimdan tortib rahbarlargacha bir tan-u bir jon bo‘lib mehnat qilishi lozimligi ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga Prezidentimizning joriy yil 2-fevralda chiqarilgan PQ-53 va PQ-54-sonli qarorlarida belgilab berilgan ustivor vazifalar atroflicha o‘rganilmoqda. Tegishli bo‘limlarga topshiriqlar berilmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM