Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.23K subscribers
46.3K photos
16.2K videos
384 files
28.3K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#IBRAT
🟢QALB JAROHATI

Savdo-sotiq gullab-yashnagan shaharda bir amaldor yashagandi. Kunlarning birida u bozor maydonidan o‘tib borayotganida, qandaydir notanish juldur kiyimli kishi yoniga yaqinlashib, haqoratli so‘zlarni aytib baqira boshladi va yuziga tupurgach, qayoqqadir chopib ketdi. Bu sharmandalikni ko‘tara olmagan amaldor xastalanib yotib qoldi.

Ahvol shu tarzda davom etsa, u o‘lib qolishi ham mumkin edi. Ammo do‘stlari uni qalb jarohatlarini ham davolay olish mahorati bilan tanilgan tabib huzuriga borishga ko‘ndirishdi. Amaldor borgach, tabib unga beshta dori berdi va har kecha aniq bir vaqtda uyg‘onib, ulardan birini ichishni buyurdi.

Qorong‘i tushdi. Amaldor tunda uyg‘onib birinchi dorini ichdi. Uyquga yotgach, u tushida o‘sha bozor va qarshisiga kelib yuziga tupurgan juldur kiyimli kishini ko‘rdi. Chidab bo‘lmas darajadagi bu tahqirlash va uyatdan bemor g‘oyat qattiq ingrab yubordi hamda uyg‘onib ketdi.

Keyingi tunda u ikkinchi dorini qabul qildi va aynan o‘sha tushni ko‘rdi. Biroq bu safar uning qalbi sharmandalik o‘rniga yurakni muzlatib yuboruvchi qo‘rquvni his qildi. Uchinchi kechada ham bemor xuddi o‘sha tushni ko‘rdi, ammo endi uyalish va qo‘rquvni emas, balki chuqur qayg‘uni his etdi. Amaldor bu holatdan ajablandi, ammo tabib ko‘rsatmalarini oxirigacha bajarishga qaror qildi va keyingi tunda to‘rtinchi dorini ichdi. Albatta u yana o‘sha tushni ko‘rdi, biroq bu tush oldingi tunlardagidek og‘riqli bo‘lmadi, amaldor faqat yengil hayratnigina his etdi. Beshinchi tunda esa amaldor kutilmaganda qalbida quvonch paydo bo‘lganini sezdi. Nima deb o‘ylashni ham bilmagan bemor, darhol o‘rnidan turib, maslahat so‘rash va yangi dori olish uchun tabib huzuriga yo‘l oldi.

– Dorilarimni qabul qilgach, nimani his etdingiz? – so‘radi tabib.

– Har kecha bir xil – o‘sha notanish kishi yuzimga tupurganini tushimda ko‘rdim, – dedi amaldor. – Ammo har bir tushim menda yangi tuyg‘ular uyg‘ondi. Men goh sharmandalikni, goh qo‘rquvni, goh g‘am-qayg‘u, gohida esa hayratni boshimdan kechirdim. Biroq oxirgi kechada qalbimda quvonch uyg‘ondi va bu tuyg‘u meni hali ham tark etgani yo‘q. Hozir esa men dovdirab qoldim – aslida o‘sha vaziyatda nimani his qilishim kerakligini ham bila olmayapman…

Amaldorning bu gapini eshitib, tabib kuldi va izoh berdi:

– Nima yuz berishidan qat’i nazar, bu voqeaga o‘zingiz qanday qarash kerak deb hisoblasangiz, shunday munosabatda bo‘ling. Axir har qanday holatda ham qayg‘uga botishingiz yoki xursand bo‘lishingiz o‘z tanlovingizga bog‘liq. Yuzingizga tupurganlariga kelsak, o‘zini aqlli deb bilgan odam bu narsaga shunchaki e’tibor bermay qo‘ya qolardi. Ayniqsa, sizni xafa qilgan kishi aqldan ozgan bir tentak bo‘lsa… uning tupugi birdan ko‘tarilib, ko‘zingizga chang to‘ldirgan shamolning tahqirlashidan ortiq emas…

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_HIKMATI
❗️shunchaki muhim...


Haqiqat erkinlikdan hech qachon qo‘rqmaydi. Undan faqat egrilik, jaholat va adolatsizlik xavfsiraydi.

✍️Shayx Muhammad G‘azzoliy

❄️Kuningiz fayzli o‘tsin!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUNNING_GAPI

🔴Maktabgacha ta’lim tizimida ham barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

6️⃣-FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 1806 yil —
Napoleon urushlari davrida Santo-Domingo jangi bo‘lib o‘tgan. Santo-Domingo oroli yaqinida ingliz va fransuz eskadronlari to‘qnashgan;

🏕 1820 yil — Amerikalik mustamlakachilar jamiyatining ko‘magi bilan 86 nafar afroamerikalik immigrant hozirgi Liberiya hududiga ko‘chishni boshlagan;

📌 1832 yil— London konferensiyasida (Angliya, Rossiya, Fransiya ishtirokidagi) Gretsiya mustaqilligi tan olingan;

📌 1840 yil— Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylangan;

⚔️ 1862 yil — AQSHda fuqarolar urushi: Fort Genri jangi. Ittifoq va General Uliss Grant birinchi yirik g‘alabaga erishgan ;

📜 1899 yil —Qo‘shma Shtatlar Senati 1898 yildagi Ispaniya-AQSH urushini tugatib, Parij shartnomasini ratifikatsiya qilgan;

1940 yil —
natsist me’mori Fridrix Pabst Reyx rahbariyatiga Varshavani qayta qurish rejasini ("Pabst rejasi") taqdim etgan, unda shaharni tag-tugi bilan yo‘q qilib, o‘rnida Germaniyaning 130 ming aholisi uchun yangi shahar qurilishi ko‘zda tutilgan. Varshavaning urushgacha bo‘lgan aholisi 1,5 millionni tashkil etgan;

👑 1952 yil —
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qirolichasi va davlat boshlig‘i, Hamdo‘stlik tarkibidagi 15 davlat rahbari Yelizaveta II taxtga o‘tirgan;

🛩 1958 yil — Myunxenda bortida "Manchester Yunayted" futbol jamoasi mavjud bo‘lgan samolyot qulab tushgan. 23 ta qurbon orasida klubning sakkizta a’zosi ham bor edi;

⚔️ 2000 yil — Ikkinchi chechen urushi: Rossiya armiyasi tomonidan Grozniy qo‘lga kiritilgan. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Vladimir Putin Grozniyni ozod qilish bo‘yicha operatsiya yakunlanganligini e’lon qilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
🟢KASBGA YO‘NALTIRISH
📍Qibray tumani

🔰Kuni kecha Qibray tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida “Farzand tarbiyasi - kelajak mevasi” shiori ostida ota-onalr ishtirokida davra suhbati tashkil etild
i.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va hayotiy ko‘nkmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat va tuman rasmiy idoralaridan vakillar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida maktab o‘qituvchilari tomonidan "Kelajakdagi kasbini aniqlash" bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazildi. Bitiruvchi sinflar ishtirokida "Farzandiga befarq oila" va " Farzandiga jonkuyar oila" mavzularida sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.

Tadbir so‘nggida halqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchi - yoshlarning ota- onalariga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR
#SPORT

🟢Xabaringiz bor shu kunlarda Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

📌Kuni kecha xushxabar oldik. Mazkur chempionatda ishtirok etayotgan Qibray tumani maktabgaca va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-maktabning 11- sinf o‘quvchisi Damir Davletiyarov Osiyo chempioni bo‘ldi.

🏆Raqiblari o‘rtasida tengsiz deb topilgan o‘quvchimizga muvaffaqiyat tilaymiz!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YIG‘ILISH
VAZIFA, IJRO, INTIZOM


Bugun, 6-fevral kuni Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov boshchiligida boshqarma markaziy apparati hamda mas’ul xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar haqida so‘z bordi.

Boshqarma boshlig‘i keyingi yillarda viloyatimizda ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, buning uchun zarur resurslar ajratilayotganini e’tirof etib, soha vakillari oldida turgan dolzarb vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda tizimdagi muammolar, ularni yuzaga keltirayotgan omillar, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tizimdagi oddiy xodimdan tortib rahbarlargacha bir tan-u bir jon bo‘lib mehnat qilishi lozimligi ta’kidlandi.

Xususan, 2024-yil davomida davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, ijro intizomiga amal qilish, hududlar kesimida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqarish kabi qator masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga bu borada talab qattiq bo‘lishi eslatildi.

Yig‘ilish davomida Prezidentimizning joriy yil 2-fevralda chiqarilgan PQ-53 va PQ-54-sonli qarorlarida belgilab berilgan ustivor vazifalar atroflicha o‘rganildi. Tegishli bo‘limlarga topshiriqlar berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#соҳага_доир_ҳужжатлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda);

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so’zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

🔹2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.

🔹2024-yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#соҳага_доир_ҳужжатлар

"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🔹Unga ko‘ra, ta’lim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlari va xizmatlar ko‘rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi.

❗️Loyiha ofisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash;

yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ta’lim turlari va darajalari o‘rtasida uzviylikni va uzluksizlikni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishda vazirlik va idoralarga x,ar tomonlama ko‘maklashish;

ta’lim sifatini nazorat qilish yo‘nalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy va xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.


👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1469

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram