Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.27K subscribers
45.3K photos
16.1K videos
381 files
28K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
🇺🇿“HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDA”
💎Bolajonlar qalbida Vatan

➡️Kuni kecha Ohangaron tumanidagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tashkil etildi.
Albatta bayramning asosiy ishtirokchi va qahramonlari quvnoq va zukko bolajonlar bo‘lishdi. Tashkilotda faoliyat yuritayotgan TAEKVANDO sport to‘garagining iqtidorli bolajonlari sport o‘yinlaridan mehmonlarga ko‘rsatib berishdi.

➡️“Vatanga muhabbat so‘zda emas, amalda isbot qilinadi, deydilar. Biz pedagoglar ana shu ulug‘ tuyg‘uni bolalarimiz qalbiga joylash yo‘lida mehnat qilamiz. Har bir bayram bizning tashkilotda shunday tantanali tarzda o‘tkaziladi. Bu esa bolajonlarimizda vatanni sevish, millatni sevish, shu yurtning har bir bayrami, har kunini mehr bilan qabul qilishdek tuyg‘uni shakllantiradi.” deydi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Maktuba Qobulova

➡️Tadbir davomida e’tiborlisi, ushbu tantanada tumandagi 9227-harbiy okrug xizmatchilari ham qatnashib bolajonlarimiz uchun o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish qilishdi.

➡️Bu kabi bayram tadbirlari viloyatimizdagi barcha maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida bo‘lib o‘tmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_himoyachilari_kuni

Bogʻchada "Vatan himoyachilari kuni" keng nishonlandi

Toshkent tumanidagi 12-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.


Tadbirda bogʻcha tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan Vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar, sheʼr va kuy-qoʻshiqlar yangradi. Konsert dasturi namoyishida otalarning oʻz qiz farzandlari bilan tushgan raqsi yigʻilganlarda oʻzgacha taassurot qoldirib, bayramga kelganlarning kayfiyatini yanada koʻtarilishiga sabab boʻldi.

Bu singari Vatanparvarlik ruhiga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari, ulg‘ayib kelayotgan avlodda Vatanga bo‘lgan muhabbat va ishonchni yanada oshirishiga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.

📷Jarayon foto va videolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
🇺🇿“HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI” DOIRASIDA
🔰O‘quvchi yigitlar bellashdi

➡️Bugun Yuqori Chirchiq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 34-sonli umumta’lim maktabida 14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mard o‘g‘lon-yurt tayanchi” shiori ostida 10-sinf o‘quvchi yigitlari o‘rtasida bellashuv tashkil etildi.

➡️O‘quvchilar “Yigit kishiga yetmish hunar oz”, “Vatan himoyasiga tayyormiz”, “Talant” shartlari bo‘icha kuchlarini sinashdi.

➡️Tadbir davomida maktabning iste’dodli o‘quvchilari o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumanidagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 125-sonli yordamchi maktab internati direktori faoliyati bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.

Xabarda keltirilgan noqonuniy hatti-harakatlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, surishtiruv ishlari boshlangan.
Tafsilotlar bo‘yicha ma’lumot berib boramiz.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook