Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.8K subscribers
40.5K photos
15.5K videos
373 files
26.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 24-noyabr sanasida “Янгийул тумани Кирарик махалласи Лойихавий кучасида жойлашган боллажонлар богчасида санитария холати ва озик-овкат тизими ачинарли холатда. ММТ вазири ва Прокуратурадан расмий изох кутиб коламиз.” tarzida tahrirsiz murojaat e’lon qilingan.

Murojaatda ko‘rsatilgan bog‘cha “Sevinch” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, u 2021-yil 29-dekabrdagi 21179-0/14-sonli bitimga Manzil o‘zgartirish bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan 07.17.2023 sanada QK-85387-O/11-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qo‘shimcha kelishuv hamda Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshlash to‘g‘risidagi 2023-yil 18-iyulda №103627-sonli tasdiqnomaga asosan faoliyat yuritmoqda.

Holat Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Yangiyo‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi. Kamchiliklar bartaraf etilishi uchun mas’ullar tomonidan muhlat berilgan edi.

Murojaatda keltirilgan barcha noqulaylik va kamchiliklar ayni kunda bartaraf etilgan. Muassasa qish mavsumiga tayyor holga keltirilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
📣 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida shu yilning 16-noyabridan transfer.piima.uz platformasi ishga tushirilgan edi.

❗️Mazkur transfer.piima.uz platformasi orqali arizalarni qabul qilish 2023-yil 5-dekabr kuni soat 18:00da toʻxtatilishini maʼlim qilamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurakdan_yurakka #Aksiya #Onlayn

"YURAKDAN YURAKKACHA" – INSONIYLIK AKSIYASI BO'LIB O'TMOQDA

3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni. Shu munosabat bilan kuni kecha Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida "Inson qadri uchun!" shiori ostidagi "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi oʻtkazilgan edi.

Bugun ham mazkur tadbir davom etmoqda.
Marosimda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshliqlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, ko'ngilli qatnashchilar ishtirok etmoqda.

#YurakdanYurakka xeshtegi ostida oʻtayotgan aksiyada viloyatimizdagi Gemotologiya qon quyish institutining bemor bolajonlari, maxsus maktab internat tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etilgan.

Shuning maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar koʻngilli ravishda  naqd pul shaklida saxovat koʻrsatishmoqda.
“Tong yulduzi” gazetasi tahririyati inson huquqlari targ’ibotidagi faoliyati uchun taqdirlandi

Bugun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

❗️Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi va 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan e’lon qilingan "Inson huquqlari o‘n kunligi" doirasida o‘tkazildi.

Unda 5 ta nominatsiya bo’yicha 16 nafar nomzod “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga munosib deb topildi.

⚡️Xususan, inson huquqlari targ‘iboti bo‘yicha faoliyati uchun “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

✔️Gazeta tahririyatini ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram