Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.4K subscribers
41.9K photos
15.7K videos
376 files
26.9K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#Yurakdan_yurakka #Aksiya #Onlayn

"YURAKDAN YURAKKACHA" – INSONIYLIK AKSIYASI BO'LIB O'TMOQDA

Bugun 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni. Shu munosabat bilan ayni damda Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida "Inson qadri uchun!" shiori ostidagi "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Marosimda Toshkent viloyati sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, bo'lim va kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, ko'ngilli qatnashchilar ishtirok etmoqda.

Viloyat hokimining o'rinbosari Xolmirza Niyozov hamda viloyat Bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduhamid Malikovlar insoniylik, mehr-muruvvat naqadar oliy qadriyat ekanligi, nogironligi bo'lgan shaxslarga imkon doirasida saxovat ko'rsatish kabi ezgu fazilatlar xususida fikr-mulohazalar bildirdilar.

#YurakdanYurakka xeshtegi ostida oʻtayotgan aksiyada viloyatimizdagi Gemotologiya qon quyish institutining bemor bolajonlari, maxsus maktab internat tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etildi.

Shuning maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar koʻngilli ravishda  naqd pul shaklida saxovat koʻrsatishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurakdan_yurakka #Aksiya #Onlayn

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN TO‘KIN DASTURXON YOZILDI

Ayni damda 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi doirasida viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, imkoniyati cheklangan bolajonlar va fuqarolar uchun jami 300 kishilik joy hozirlanib, to‘kin dasturxon yozildi.

Ularning quvonchiga quvonch qo‘shish va kayfiyatini ko‘tarish maqsadida tashkil qilingan tadbir davomida katta doshqozonda osh damlanib, turli nozu-ne'matlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.

Shuningdek, xayr-saxovat ulashuvchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga sovg‘alar taqdim qilindi. Konsert dasturlari o‘tkazilib, ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter