Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.81K subscribers
40.5K photos
15.5K videos
373 files
26.4K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Chinoz_MMTB
#Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi tasarufidagi maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo'yicha Prezident adminstratsiyasi vakili M.Sultonov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Karaboyev, tuman hokimi o'rinbosari T.Tojiboyev hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i D.Isakov tumandagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko'zdan kechirdi.


Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#IBRAT

O‘qituvchi maktabga rangli sharlarni olib kelib, bolalarga ularni puflab, so‘ng o‘z ismlarini yozib qo‘yishni buyuribdi. Ular aytilgan ishni bajarib bo‘lishgach, puflangan sharlarni maktab yo‘lagiga olib chiqishibdi. O‘qituvchi sharlarni aralashtirib tashlab, o‘quvchilarga 3 daqiqa ichida hamma o‘z ismi tushirilgan sharni topishi lozimligini aytibdi. Bolalar chopib borib, o‘ziga tegishli bo‘lgan sharni izlashga tushishgan ekan, lekin vaqt tugaguniga qadar uni topa olishmabdi...

Shu payt o‘qituvchi bolalarga: "Hammangiz o‘zingizga yaqin turgan sharni oling-da, unda kimning ismi yozilgan bo‘lsa, o‘shani qo‘liga bering", debdi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas barchaning qo‘lida ismi yozilgan rangli shar bor edi.

Shunda o‘qituvchi shunday degan ekan: "Bu sharlar xuddi baxt kabidir — kimki uni faqat o‘zi uchun qidirsa, topa olmaydi, biroq, hamma o‘zgalar haqida qayg‘urib, bir-biriga yordam bersa, uni ancha tezroq topish mumkin bo‘ladi".

Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BUGUNNING_GAPI

Ma’lumki, biz yashayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi turli millat va konfessiyalar vakillarining o‘zaro tinch-totuv hayot kechirishi bo‘yicha noyob tajribaga ega.

Bu zaminda asrlar davomida musulmon, xristian va yahudiylar do‘stlik va hamjihatlikda yonma-yon yashab kelyaptilar.

Men bugungi fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga, avvalo, yoshlarimizga murojaat qilib, ularni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiraman.

Bizning eng katta kuchimiz, bebaho boyligimiz bo‘lgan tinch va osoyishta hayotimizni, o‘zaro birlik va hamjihatligimizni barchamiz birgalikda asrashimiz zarur.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi

♻️CHORAKLIK SUMMATIV BAHOLASH  (CHSB) SINOVI

Bugun erta tongdan maktab o'quvchilari ham hayajonli, ham o'zgacha bir ko'taringki kayfiyatda maktab ostonasiga tashrif buyurishdi.

Nimaga deysizmi?

❇️Sababi, o'quvchilarimiz birinchi chorak davomida olgan bilimlari bo'yicha sinovdan o'tkazildi
.

5 va 7- sinf o'quvchilarining maktabga moslashuvchanlik darajasini aniqlash maqsadida maktab psixologi Karomat Absamatova tomonidan ,,QUVNOQ DAQIQALAR" treningi o'tkazildi.

💥 Treningdan asosiy maqsad:
5 va 7 - sinf o'quvchilarining moslashuvchanlik darajasini aniqlash,pozitiv kayfiyatni yaratish, o'quvchilarga ruhiy motivatsiya berish orqali ularda yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olish  hamda sinfda do'stona muhitni yaratishdan iboratdir

Treningdan so'ng maktab rahbari Zulyorova Dilorom Xolmurodovna o'quvchilarga omad tilab, birinchi choraklik sinovni albatta zo'r natijalar bilan topshirishlariga ishonch bildirdi.
#YO‘L_QOIDASI

🟢"Diqqat piyoda" tadbiri doirasida bolalar ishtirokida yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🟢Bolalarni maktabga kelib ketishlarini nazorat qilish, ularga doimiy ravishda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha tushunchalar berib borishligini ta’minlash maqsadida Parkent va Yuqorichirchiq tumanlarida joylashgan maktablarda ota-onalar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ota-onalarga xulosa qilishlari uchun Respublika hududida bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari yuzasidan tayorlangan videoroliklar ko‘rsatildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🟢Toshkent viloyati Angren shahridagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 14-sonli DMT tashkilotida 3 yildan beri Shuhrat aka Bobojonov rahbarlik qiladi. Bugun Shuhrat aka o‘zining tashabbuskorligi, talabchanligi bilan ko‘pchilik nazariga tushgan.

📹Kuni kecha ustozning faoliyati “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion telekanalida batafsil yoritildi.
Taniqli jurnalist Elyor Go‘ro‘g‘liyev muallifligida tayyorlangan mazkur lavhaning to‘liq formatini https://www.youtube.com/@Sinxron_tv da ham ko‘rishingiz mumkin.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
“Zakovat”dan yangi musobaqa - Ayollar ligasini kutib oling!

“Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan ayollar o‘rtasida muntazam o‘tkaziluvchi yangi musobaqa - Ayollar ligasi yo‘lga qo‘yilmoqda!

Ligada g‘olib bo‘lgan jamoaga maxsus kubok, shuningdek dastlabki uch o‘rinni egallagan jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Liga o‘yinlari butun respublika bo‘yicha bir vaqtda - har oyda bir marta, shanba kuni soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.

11-noyabr kuni soat 13:00da Liganing 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Liganing Toshkent viloyatidagi o‘yinlari

Toshkent viloyati Olmaliq shahar TDTU Olmaliq filiali binosi

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
binolarida bo'lib o'tadi.

Ayollar ligasida jamoalar quyidagi havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/453

Ayollar ligasida jamoalar @Baxtiyoriy ga murojaat qilgan holda ro'yhatdan o'tishlari mumkin.

@Toshkent_ZakovatNNT
"YIL_TO'GARAK_RAHBARI" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O'TKAZILDI

🔰Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Yangi imkoniyatlar oyligi" doirasida "Yil to‘garak rahbari" tanlov e'lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Hunarmandchilik va qo'l mehnati" yo'nalishida faoliyat yuritayotgan hamda ilg'or ish tajribalariga ega bo'lgan to'garak rahbarlarini aniqlash maqsadida "Yil to'garak rahbari" tanlovining viloyat bosqichi hamkorlikda tashkil etildi.

⚡️ Ushbu tanlov ishtirokchilari mohir hunarmand ustalar tomonidan nizomga muvofiq baholanib, mutlaq g'oliblar aniqlandi.
🥇1-o'rin: Abdurahmonova Feruza (Piskent tumani)
🥈2-o'rin: Tosheva Feruza (Bo'stonliq tumani)
🥉3-o'rin: Otaboyeva Shahnoza (Bekobod shahar)

👏Mutlaq gʻolib "Yil to'garak rahbari" tanlovining respublika bosqichiga yo'llanmani qoʻlga kiritdi.

© Toshkent viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati