#IBRAT_VAQTI
1917-yilda Iroq hududlaridan biriga kirgan ingliz generali Stenli Mud qo‘y boquvchi cho‘pon bilan ko‘rishib qoldi. U cho‘ponga itlaridan birortasini so‘ysa, bir funt sterling bermoqchi ekanini tarjimon orqali bildirdi.
It cho‘ponning qo‘ylarini bo‘rilardan himoya qiladigan, unga qo‘y boqishda yordam beradigan va xatarni sezishi bilan ogohlantiradigan juda muhim narsa edi. Lekin general beradigan pulga mavjud qo‘ylarning yarmini sotib olsa bo‘lardi.
Cho‘pon qo‘ylardan birini ushlab qurbon qilishga qaror qildi va generalning oyog‘i ostida bo‘g‘izladi. General bunga ko‘nmadi itni so‘yishni buyurdi cho‘pon itni so‘ydi. General cho‘ponga itning terisini shilish badaliga yana bir funt va’da qildi. Cho‘pon pulni olib, uning aytganini qildi. General Mud cho‘pon itni bo‘laklab tashlasa, yana bir funt bermoqchi bo‘ldi. Cho‘pon itni mayda-mayda bo‘laklarga bo‘ldi.
General uchinchi funtni berib, keta boshladi. Cho‘pon sakrab turib:
– Yana bir funt bersa, bo‘laklarni yeyishga tayyorligini aytdi.
General Mud:
– Men sizlarning tabiatingizni bilmoqchi edim xolos. Bildimki, nafsingizga qul ekansiz! Sen uch funt sterlingga o‘zing uchun eng qadrli bo‘lgan do‘stingni bo‘g‘izlading, terisini shilding va bo‘laklarga bo‘lding. To‘rtinchi funtga uni yeyishga xam tayyorsan. Men bilishim kerak bo‘lgan narsa shu edi – dedi.
Va askarlariga yuzlanib:
– Modomiki, bu yerda bu kabi aql egalari ko‘plab uchrar ekan xech narsadan xavotir qilmasangiz ham bo‘laveradi - dedi.
P.S.: Bir-birini sotish, ichki xoinlik, yeb-to‘ymas ochko‘zlik har qanday mamlakat inqiroziga sabab bo‘ladi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook

💐 Hayot qonuni
🌷 Hayotingizdan ketganlarga achinmang! Ular o‘z manfaatlari tugagach ketdilar, ketganlarning o‘rniga albatta yangilari keladi.
Bir qaraganda eshitilishi xunuk bo‘lsa-da, aynan shunday almashinish uslubida atrofingizdagilar sinaladi. Chin va soxtalarga ajratiladi. Doimiy va vaqtinchalar saralanadi.
🌷 Zero, bir narsani unutmang, asl do‘st hech qachon ketmaydi! Sizni tark etishni lozim topganlar esa ikki dunyoda ham sizga do‘st bo‘lmaydi!
🌷 Kuningiz mazmunli o‘tsin, mening asl do‘stlarim!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤ Telegram | 🌐 Facebook|🔎 Veb-sayt
👍 @ToshvilmmtbgamurojaatBot
Bir qaraganda eshitilishi xunuk bo‘lsa-da, aynan shunday almashinish uslubida atrofingizdagilar sinaladi. Chin va soxtalarga ajratiladi. Doimiy va vaqtinchalar saralanadi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_SOATI
🔴 Yettita narsa kishining obro‘sini to‘kadi:
1. Chaqirilmagan dasturxonda bo‘lish.
2. Uy egasiga buyruq berish.
3. Dushmanidan yaxshilik yoki ehson kutish.
4. Ikki kishining suhbatiga quloq solib, ularning gaplarini eshitishga harakat qilish.
5. O‘zi munosib bo‘lmagan yerga o‘tirish.
6. So‘zini eshitishni istamaganlarga gapirish.
7. Ahil bo‘lmagan va noloyiq kishilar bilan do‘stlashish.

Ertasi kuni kelgan ayolga shunday dedi:
- Endi men sendan saryog‘ olmayman.
Ayol dedi:
- Nega endi? Bir xatolik o‘tdimi mendan?
- Sen bir kilo deb beradigan saryog‘ing roppa rosa 900 gram ekan. Ayb emasmi?
Shunda ayol dedi:
- Taqsir, mening uyimda tarozu yo‘q. Men sizdan olgan bir kilo shakarni tosh o‘rnida ishlataman...
P.S.: Siz qanday bo‘lsangiz, dunyo ham sizga shunday bo‘ladi!
Tafakkur qiling!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI
💐 Qalamdan besh o‘rnak!
– Vu-uy, qalamingiz buncha chiroyli, buvajon. Menga beri-ing.
Otaxon yozishdan to‘xtadi. Nabirasining chaqnab turgan ko‘zlariga mehr bilan termildi.
– Beraman, bolajonim, albatta, beraman. Shuni yozib olay.
Bolakay qoralangan qog‘ozga bir muddat tikilib turib, xonasiga kirib ketdi. Anchadan keyin otaxon yozishni tugatib, to‘rt buklangan qog‘oz orasiga qalamni soldi. Uxlab yotgan nabirasining bosh tomoniga qo‘ydi.
Unda bunday so‘zlar bitilgan edi:
“Mening aziz bolajonim. Katta bo‘lganingda, xuddi qalamga o‘xshashingni istardim. Uning beshta xususiyati bor. Inson bo‘laman desang, qalamdan ham o‘rnak ol
Birinchidan: o‘zingni har qancha dono bilsang ham, seni yurgizib, yo‘naltirib turgan Qo‘l borligini zinhor unutma. Shu Qo‘lga suyanishni, uning izmida bo‘lishni o‘rgan.
Ikkinchidan: yengil, ravon yozishi uchun qalamni vaqti-vaqti bilan charxlab turish kerak. Bu – og‘riqli jarayon. Ammo biror natijaga erishmoqchi bo‘lsang, mashaqqatlarni sabr bilan yengishga to‘g‘ri keladi. Zero, insonni sinovlar toblaydi.
Uchinchidan: qalamda yoza turib, xatoga yo‘l qo‘ysang, o‘chirg‘ichda to‘g‘rilasa bo‘ladi. Mard insongina xatosini tan oladi, o‘zini isloh qilishdan erinmaydi, or ham qilmaydi.
To‘rtinchidan: qalamning shaklu shamoyili emas, ichidagi o‘zagi muhim. Shunday ekan, qalbingda yaxshiliklarni saqla. Har qanday vaziyatda qat’iyatingni yo‘qotma.
Beshinchidan: qalam o‘zidan iz qoldiradi. Shu kabi sening ham birorta amaling izsiz ketmaydi. Demak, qadamingni o‘ylab bos. Ortingdan faqat ezguliklar qolsin.
🌷 Seni yaxshi ko‘rgan Buvajoning.

💎 TABIATDA HЕCH NARSA O‘ZI UCHUN YASHAMAYDI:
— Ariq o‘z suvini ichmaydi.
— Daraxtlar o‘z mevasini yemaydi.
— Quyosh o‘zi uchun porlamaydi.
— Gullar o‘zi uchun gullamaydi.
Hatto insonlar ham, «Men o‘zim uchun yashayman» deyishsa ham, barbir kimdir ular uchun hayotlarining mazmuni hisoblanadi. Yaratiq borki, o‘zi uchun bo‘lmagan narsalarni boshqalarga berish bilan baxtlidir. Gullar kimlarningdir ko‘nglini shod aylaydi. Suv esa kimlargadir hayot beradi...
Siz ham mehr ulashing, tabassum ulashing, hamdard bo‘ling, do‘st bo‘ling... va albatta berganaringizdan ortig‘iga erishasiz...
Shunday bo‘lingki, atrofingizdagilar sizdek yaqini borligiga shukronalar aytsin!

✅ Kunlardan bir kuni bir podshoh kasal bo‘lib qolibdi. Uni davolash uchun butun dunyodan tabiblarni chaqirishibdi, lekin hech biri podshohni davolay olmabdi. Shunda ular maslahat qilib bir qarorga kelishibdi. Agar baxtli odamni topib, uning ko‘ylagi podshohga kiydirilsa, u tuzaladi. Baxtli odamni topish uchun dunyoning hamma tomoniga choparlar jo‘natilibdi. Lekin hech kim "Men baxtliman", degan odamni topa olmabdi. Kimdir boy, lekin kasal, yana kimdir sog‘, ammo kambag‘al, boshqasi boy, sog‘, biroq oilasi notinch – xullas, hamma nimadandir nolir edi.
Bir kuni tunda podshohning o‘g‘li shahar ko‘chalarini aylanib yursa, bir hovlidan kimningdir gapini eshitib qolibdi. U: "Yaxshi ishladim, pulimni oldim, qornim to‘ydi, endi maza qilib uxlayman. Mendan baxtli odam yo‘q", debdi. Podshohning o‘g‘li sevinib ketib, tezda xizmatkorlarini jo‘natibdi. Katta pul evaziga o‘sha odamning ko‘ylagini olib kelishni tayinlabdi. Xizmatkorlar hovliga kirib shahzodaning buyrug‘ini bajarmoqchi bo‘lishibdi, lekin qarashsa, haligi "baxtliman" degan odam shunchalar qashshoq ekanki, hatto, egnida ko‘ylagi ham yo‘q ekan.
❗️Ey inson, bilginki, baxt keluvchi va ketuvchi narsadir. Odam o‘zini bir muddat baxtli hisoblashi uchun boy bo‘lishi shart emas, balki bor narsasiga shukr qilsa kifoya.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤ Telegram | 🌐 Facebook|🔎 Veb-sayt
👍 @ToshvilmmtbgamurojaatBot
Bir kuni tunda podshohning o‘g‘li shahar ko‘chalarini aylanib yursa, bir hovlidan kimningdir gapini eshitib qolibdi. U: "Yaxshi ishladim, pulimni oldim, qornim to‘ydi, endi maza qilib uxlayman. Mendan baxtli odam yo‘q", debdi. Podshohning o‘g‘li sevinib ketib, tezda xizmatkorlarini jo‘natibdi. Katta pul evaziga o‘sha odamning ko‘ylagini olib kelishni tayinlabdi. Xizmatkorlar hovliga kirib shahzodaning buyrug‘ini bajarmoqchi bo‘lishibdi, lekin qarashsa, haligi "baxtliman" degan odam shunchalar qashshoq ekanki, hatto, egnida ko‘ylagi ham yo‘q ekan.
❗️Ey inson, bilginki, baxt keluvchi va ketuvchi narsadir. Odam o‘zini bir muddat baxtli hisoblashi uchun boy bo‘lishi shart emas, balki bor narsasiga shukr qilsa kifoya.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI
✅ Yosh imperator o‘z mulozimlari bilan ulkan mamlakati bo‘ylab sayohatga chiqdi. U qayerda paydo bo‘lmasin, xalq o‘z hojasiga hurmat belgisi sifatida boshlari yerga tekkuncha ta’zim qilardi. Vaqti-vaqti bilan uning buyrug‘i bilan g‘aznachi bir hovuch mis tangalarni uloqtirar, odamlar ularni terish uchun o‘zlarini yerga otardi.
Ana shunday kunlarning birida ust-boshi eskirib ketgan rohib to‘satdan to‘ppa-to‘g‘ri imperator tomon yurdi. Uning qo‘lida yog‘ochdan ishlangan kosa bor edi. Soqchilar uni to‘xtatmoqchi bo‘lishdi, biroq yosh shahzoda rohibni o‘tkazib yuborishga ishora berdi. Hammani hayratda qoldirgan imperator otdan sakrab tushib, rohibning oldiga bordi va tiz cho‘kkancha munkayib qolgan cholning etagini o‘pdi.
— Qaytganingiz bilan, ota, — dedi u quvonch bilan sekin shivirlar ekan.
— Yo‘q, o‘g‘lim, men shunchaki o‘tib ketayotgan edim.
— Lekin bu sizning uyingiz, ota!
— Yo‘q, o‘g‘lim. Endi u seniki.
— Kuchdan qolib, juda zaiflashib qolibsiz, ota. Sizga qanday yordam berishim mukin? Sizga hech bo‘lmaganda bitta ot bersam maylimi?
— Bilasanmi, men qashshoqlikda yashashga, dunyoni kezishga qasamyod qilganman. Mana bu kosamga bir nechta mis tanga tashlasang kifoya. Bu men uchun yetarli bo‘ladi.
— G‘aznachi! — deb baqirdi shahzoda, — hoziroq mana shu kosani sof oltinga to‘ldiring!
— Qo‘ysangchi, o‘g‘lim, — dedi rohib jilmayar ekan, — sen uni to‘ldirolmaysan...
G‘aznachi kosani to‘ldira boshladi. U butun bir qop tillani kosaning ichiga bo‘shatdi, keyin yana va yana solaverdi, ammo kosa to‘lay demasdi...
— Bu shaytonning idishimi nima balo, ota? Uning tubi bormi yo‘qmi?
— Men baxtliman, o‘g‘lim! Chunki sen mendan ko‘ra aqlliroq bo‘lib chiqding. Bu kosa hech qachon to‘lmasligini tushunib yetish uchun senga uchta qop oltin kifoya qildi. Men buni tushunish uchun butun umrimni, behisob boyliklarni, dunyoning yarmini va minglab kanizaklarni sarfladim. Bu yo‘lda sog‘lig‘imdan ayrildim, biroq bu kosani hech qachon to‘ldira olmaganman. Chunki bu istak-xohishlar kosasi, o‘g‘lim. Uni hech qachon to‘ldirib bo‘lmaydi...
Barchamizda ana shunday kosa bor. Istaklarimizni qondirish uchun ixtiyorimizdagi barcha narsani qilishga tayyor bo‘lamiz. Bu esa xotirjamligimizni, hayotdagi quvonchimizni va oxir-oqibat hayotimizni tortib oladi...
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤ Telegram | 🌐 Facebook|🔎 Veb-sayt
👍 @ToshvilmmtbgamurojaatBot
Ana shunday kunlarning birida ust-boshi eskirib ketgan rohib to‘satdan to‘ppa-to‘g‘ri imperator tomon yurdi. Uning qo‘lida yog‘ochdan ishlangan kosa bor edi. Soqchilar uni to‘xtatmoqchi bo‘lishdi, biroq yosh shahzoda rohibni o‘tkazib yuborishga ishora berdi. Hammani hayratda qoldirgan imperator otdan sakrab tushib, rohibning oldiga bordi va tiz cho‘kkancha munkayib qolgan cholning etagini o‘pdi.
— Qaytganingiz bilan, ota, — dedi u quvonch bilan sekin shivirlar ekan.
— Yo‘q, o‘g‘lim, men shunchaki o‘tib ketayotgan edim.
— Lekin bu sizning uyingiz, ota!
— Yo‘q, o‘g‘lim. Endi u seniki.
— Kuchdan qolib, juda zaiflashib qolibsiz, ota. Sizga qanday yordam berishim mukin? Sizga hech bo‘lmaganda bitta ot bersam maylimi?
— Bilasanmi, men qashshoqlikda yashashga, dunyoni kezishga qasamyod qilganman. Mana bu kosamga bir nechta mis tanga tashlasang kifoya. Bu men uchun yetarli bo‘ladi.
— G‘aznachi! — deb baqirdi shahzoda, — hoziroq mana shu kosani sof oltinga to‘ldiring!
— Qo‘ysangchi, o‘g‘lim, — dedi rohib jilmayar ekan, — sen uni to‘ldirolmaysan...
G‘aznachi kosani to‘ldira boshladi. U butun bir qop tillani kosaning ichiga bo‘shatdi, keyin yana va yana solaverdi, ammo kosa to‘lay demasdi...
— Bu shaytonning idishimi nima balo, ota? Uning tubi bormi yo‘qmi?
— Men baxtliman, o‘g‘lim! Chunki sen mendan ko‘ra aqlliroq bo‘lib chiqding. Bu kosa hech qachon to‘lmasligini tushunib yetish uchun senga uchta qop oltin kifoya qildi. Men buni tushunish uchun butun umrimni, behisob boyliklarni, dunyoning yarmini va minglab kanizaklarni sarfladim. Bu yo‘lda sog‘lig‘imdan ayrildim, biroq bu kosani hech qachon to‘ldira olmaganman. Chunki bu istak-xohishlar kosasi, o‘g‘lim. Uni hech qachon to‘ldirib bo‘lmaydi...
Barchamizda ana shunday kosa bor. Istaklarimizni qondirish uchun ixtiyorimizdagi barcha narsani qilishga tayyor bo‘lamiz. Bu esa xotirjamligimizni, hayotdagi quvonchimizni va oxir-oqibat hayotimizni tortib oladi...
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI
Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.
Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaninng yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.
Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IBRAT_VAQTI
Bir kishi donishmanddan so‘radi:
-Do‘stingiz siz haqingizda nima deganini aytaymi?
-Shoshma, -dedi donishmand, - avval aytmoqchi bo‘lgan gapingni uchta elakdan o‘tkaz...
-Uchta elak?
-Biror gapni aytishdan oldin, uni uchta elakdan o‘tkazish lozim. Avval HAQIQAT elagidan. Aytmoqchi bo‘lgan gaping haqiqat ekanligiga ishonching komilmi?
-Yo‘q, men uni shunchaki eshitdim, xolos.
-Demak, sen uning rost yoki yolg‘onligini bilmaysan. Endi ikkinchi – YAXSHILIK elagidan o‘tkazamiz. Sen menga do‘stim haqida biror yaxshi gapni aytmoqchimisan?
-Yo‘q, aksincha.
-Demak, -davom etdi donishmand, - sen menga haqiqatligini bilmay turib yomon xabarni yetkazmoqchisan. Endi uchinchi elakdan o‘tkazamiz – FOYDA elagi. Sening gapingni eshitishim shartmi, u menga foyda keltiradimi?
-Yo‘q, hojati yo‘q.
-Demak, -xulosa qildi donishmand, - sen yetkazmoqchi bo‘lgan xabarda haqiqat ham, yaxshilik ham, foyda ham yo‘q ekan. Unda uni menga aytib nima qilasan?
✅ Tafakkur qiling!