Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.9K subscribers
40.8K photos
15.6K videos
373 files
26.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Yashil_makon

Maktabda "Ustozlar bog‘i" ga asos solindi

Avval xabar berganimizdek, viloyatimizda bugun ham umumxalq hashari davom etmoqda. Hashar doirasida bo‘sh turgan maydonlar obod qilib, bog‘lar barpo etishga kirishilgan.

3-sektor hududidagi Do‘stlik mahallasi 10-maktabda ham "Ustozlar bog‘i"ga asos solindi. Hasharga 3-sektor rahbari L.Rahmatullayev, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari B.Eshmurodova boshchiligida bo‘lim xodimlari, maktab direktorlari va 10-maktab jamoasi qatnashdi.

L.Rahmatullayev barcha ustozlarni xayrli ish boshlaganini quvvatlab, hasharda faol bo‘lishga chaqirdi. Shundan so‘ng 12 sotix bo‘sh maydonga 100 tup terak, 200 tupdan ortiq mevali daraxtlar, gullar o‘tqazildi. Ko‘ngillilar uchun dasturxon yozib, osh damlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar
#Onlayn
#Chirchiq

🌳 Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki

Bugun erta tongdan Chirchiq shahridagi Mirzo Ulugʻbek mahallasida shahar Maktabgacha va maktab boʻlimi hodimlari tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#hashar

Bo'stonliq tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari tomonidan 55-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Ziyolilar bog'i" yaratilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animasion roliklarni taqdim etadi!

Bugungi kun yoshlari bilimni nafaqat kitoblar orqali balki turli mediavositalar orqali qabul qilishga o‘rganishgan. Shuni hisobga olgan holda, vazirlik tomonidan turkum videodarslar tayyorlanmoqda.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga O‘zbekiston tarixi fanini yanada chuqurroq o‘rgatish, ajdodlarimiz merosini kengroq tushuntirish maqsadida ular uchun 2D formatdagi animatsion roliklar tayyorlandi.

❗️Ushbu maxsus tayyorlangan roliklarda O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan voqealar qamrab olinadi.

E’tiboringizga havola etilayotgan ilk videorolik "O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar" mavzusiga bag‘ishlangan.

Davomi bor...

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Chinoz_MMTB
#Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi tasarufidagi maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo'yicha Prezident adminstratsiyasi vakili M.Sultonov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Karaboyev, tuman hokimi o'rinbosari T.Tojiboyev hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i D.Isakov tumandagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko'zdan kechirdi.


Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab