Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.3K subscribers
41.2K photos
15.6K videos
374 files
26.7K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
⚡️⚡️Туркия президенти Режеп Таййип Эрдоған рафиқаси Эмине Эрдоған ҳамроҳлигида Тошкентга етиб келди

⚡️⚡️ Президент Турции вместе с супругой прибыл в Узбекистан

🖋Тошкент вилоят Халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати
Каналга уланиш👉@toshkentvxtb
#ISLOHOTLAR_AMALDA
🔰TOSHKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTIDA TALABALAR UCHUN BANDLIK YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 29-mart kuni Toshkent davlat Pedagogika universiteti bandlik markazi, Republika prokuraturasi va Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamkorlikda “OTMlar talabalari bandligini ta’minlashning ustivor yo‘nalishlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminardan so‘ng, ish beruvchilar universitet talabalari uchun bandlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
📸Jarayondan fotolavhalar
🖊Toshkent viloyat xalq ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Kanalga ulanish👉
@toshkentvxtb
#ISLOHOTLAR_AMALDA
🔰TOSHKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTIDA TALABALAR UCHUN BANDLIK YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z sohasining ustalari bo‘lgan insonlarga bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi ham aynan mana shu masalaga qaratilgan edi.

Yig‘ilishda Davlatimiz Rahbari “-Bugungi kunda talabalar ishlashi mumkin bo‘lgan 105 mingta vakant ish o‘rni mavjud. Ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida – 22 mingtadan, sanoatda – 17 ming, sog‘liqni saqlashda – 9 ming, qurilish va qishloq xo‘jaligida – 6 mingtadan, moliya sohasida – 3 ming, aloqa va IT sohasida – 2,5 ming ish o‘rni bor.
– Mutasaddilar ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlashi shart, – deb ta’kidlagan edi.

Ayni topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha Toshkent davlat Pedagogika universiteti bandlik markazi, Republika prokuraturasi va Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmalari hamkorlikda “OTMlar talabalari bandligini ta’minlashning ustivor yo‘nalishlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminardan so‘ng, ish beruvchilar universitet talabalari uchun bandlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. https://t.iss.one/toshkentvxtb/29561

Bandlik yarmarkasida 1200ga yaqin talabalar qatnashdi. Ularga 1000dan orti ish o‘rinlari taklif etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent viloyatining poytaxtga yaqin hududlari, xususan, Toshkent, Qibray, Zangota, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlari xalq ta’limi bo‘limlari vakant o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka davomida talabalar bilan suhbatlar qilindi va ularning 250 nafarga yaqiniga yo‘llanmalar berildi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, viloyat xalq ta’limidagi bo‘sh ish o‘rinlari qiziqtirgan talabalar universitetning telegram kanallaridan ma’lumot olishlari mumkin👉 @TDPU_UZ

🖊Toshkent viloyat xalq ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Kanalga ulanish👉
@toshkentvxtb
#KUNDALIK
#SЕMINAR

Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining ta’lim muassasalrida kundalik.com. platformasi tizimiga yangi ulanayotgan umumta’lim maktablari rahbarlar xodimlari va o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 28-mart kuni Bo‘stonliq tumani xalq ta’limi tasarrufidagi ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan, kundalik.com. elektron ta’lim platformasida ish olib borayotgan maktablarning direktor, O‘IBDO‘, MMIBDO‘ va informatika fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Seminar trening savol-javoblar hamda kundalik.com. elektron ta’lim tizimidagi yangiliklar bilan tanishtirish doirasida qiziqarli muhokamalar bilan o‘tdi.

🖊Toshkent viloyat xalq ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Kanalga ulanish👉
@toshkentvxtb