Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.67K subscribers
21.3K photos
4.8K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sport

Sportchilarimiz musobaqada...

2024-yil 16-18-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirligining Abu Dabi shahrida Karate-WKF sport tur boʻyicha Jahon kubogi tasnifiga kiruvchi Winner Cup International Chempionships musobaqasida 51ta  davlatdan sportchilar jami  800 nafardan ortiq qizlar va òģil bolalar gʻoliblik uchun tatamiga chiqishmoqda, quvonarlisi Toshkent viloyatidan 2 ta murabbiy Dilshod Yusupov va Hamdam Shodibekovlar boshchiligida Toshkent tumanidan ham sportchilarimi oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazish uchun bugun 17-noyabr kuni bahslarga kirishishadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Tuman hokimi chempionlarni qutladi


Joriy yil 16-17 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida karate WKF boʻyicha jahon Kubogi tasnifiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtdi.

Winner Cup International Chempionships musobaqasida 51 davlatdan 800 nafardan ziyod sara sportchilar gʻoliblik yoʻlida tatamiga chiqishdi. Terma jamoamiz tarkibida Toshkent tumani sportchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Xususan, murabbiy Dilshod Yusupov shogirdlari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritib musobaqa tashkilotchilari tomonidan shogirdlarining munosib ishtiroki uchun maxsus kubok bilan taqdirlanganligi ham bizni quvontirdi.

Musobaqa reglamentiga koʻra, gʻolib va sovrindorlar shu yilning 13-15 dekabr kunlari Turkiyada boʻlib oʻtadigan Premer liga musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishdi.

Tuman hokimi chempionlar bilan uchrashar ekan, ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirib, yutuqlari bardavom boʻlishini tiladi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🏆3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Kibersport turlari yanada rivojlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-423-sonli Qarori yurtimizda Kibersportni rivojida yangi davrni boshlab berdi.

Mazkur qaror bilan kibersport turlari boʻyicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish, kibersport turlari boʻyicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish, ilmiy va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish kabi jiddiy vazifalar yuklandi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bugungi taʼsis yigʻilishi tashkil etildi. Assotsiatsiyaning taʼsis yigʻilishida Toshkent tumani hokimi Ergashev Sardorbek Kadirovich Oʻzbekiston Kompyuter va elektron sport assotsiatsiyasining Toshkent viloyati boʻlimi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Sport

🏆Toshkent tumani qizlari viloyat chempionatida birinchi

Joriy yil 15-fevral kuni Nurafshon shahar sport maktabida sportning Badiiy gimnastika turi boʻyicha Toshkent viloyati chempionati boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada Toshkent tumani sport maktabining badiiy gimnastikachi qizlari ishtirok etib, guruh bahslarida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar.

Viloyat chempionatidagi gʻoliblik, badiiy gimnastikachi qizlarga Oʻzbekiston chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga imkon yaratdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍811👏1
#Sport

Sportni rivojlantirish choralari koʻriladi


Xabaringiz bor, Prezident raisligida 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi.

Unda sport sohasini shunchaki oʻyin va musobaqalar emas, millat genofondi, mamlakatning qudrati va obroʻ-eʼtiborini butun dunyoga tarannum etadigan eng taʼsirchan vosita, eng ustuvor vazifa ekanligi taʼkidlandi.

Videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek Toshkent tumanida sportning barcha turlarini rivojlantirish maqsadida tuman hokimi Sardorbek Ergashev, Toshkent tumani sport maktablari rahbarlari va murabbiylar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida, sportning tumanda mavjud turlarini rivojlantirish, zarur chora-tadbirlar, murabbiylarni qiynayotgan masalalar, yoshlarni sportga jalb qilishni yanada oshirish masalalari muhokama qilinib, sohani rivojlantirish boʻyicha tezkor dastur tuzishga kelishib olindi.

Tuman hokimi, sportning har qanday turini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini, bu borada nimaiki zarur boʻlsa barchasini amalga oshirishga oʻz yordamini ayamasligini bildirdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
#Sport

Sportchilarimiz Taylandda


Toshkent tumanidan 4 nafar sportchi va bitta murabbiy Dilshod Yusupov boshchiligida sportchilar Karate-WKF sport turi boʻyicha joriy yil 22-24-fevral kunlari Taylandning Bangok shahrida boʻladigan "Gran Pri Tayland Cup-2025" musobaqasida ishtirok etish uchun joʻnab ketishdi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Xotin-qizlar o‘rtasida “Hokim kubogi” uchun musobaqalar start oldi


Sog‘lom turmush tarzini keng targ'ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent tumanidagi "UNIVERSAL" sport majmuasida “Sport-sog‘lom hayot garovi“ shiori ostida mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning jamiyatda faolligini oshirish, sog‘lom muhitni mustahkamlash maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha ”Hokim kubogi" ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, musobaqaning ilk kunida tuman-shaharlardan kelgan jamoa a’zolari birdamlik bilan g‘alaba uchun bellashdilar. Musobaqa joriy yilning 15-martiga qadar davom etadi. So‘ngida faol ishtirokchilar hamda g‘oliblar viloyat hokimi tomonidan sovrin va medallar bilan taqdirlanadi.

Sport tadbirida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etdi,

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
#Sport

lV-yozgi Osiyo oyinlari ishtirokchilari aniqlandi


Toshken tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston chempioni unvonini qoʻlga kiritib, Bahrainda boʻlib oʻtadigan lV-yozgi Osiyo oyinlariga yoʻllanmani qshlga kiritdilar.

PANKRATION (traditional yoʻnalishida) VA GRAPPLING sport turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari endilikda Bahraynda boʻlib oʻtadigan lV yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, Vatanimiz shaʼnini himoya qiladilar.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi 38 kg vaznda 1-oʻrin sohibi bo'lgan Abdullajon Yoʻlchiboyev va 55 kg vaznda faxrli 1-oʻrinni egallagan Imron Adilovlarni samimiy muborakbod etadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Sport

Ikki nafar sportchimiz gʻoliblik shohsupasida


2025-yil 22-24-fevral kunlari Karate-WKF sport turi boʻyicha Tayland davlatining Bangkok shahrida Tayland KARATE CUP INTERNATSIONAL CHEMPIONSHIP-2025 musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada 20 ga yaqin davlatlardan sportchilar gʻoliblik uchun tatamiga chiqishdi. Oʻzbekiston delegatsiyasiga Shoxrux Joʻrayev boshchiligidagi murabbiylari va sportchilari ishtirok etishdi va umum jamoa hisobida faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Musobaqada Toshkent viloyati jamoasida Toshkent tumanidan 4 nafar sportchi va murabbiy Dilshod Yusupovlar ham faol ishtirok etib, ulardan Adilov Saidkamolov va Azadov Zubayr 2-oʻrin sohibi boʻlishga muvaffaq boʻldilar.

📸Jarayonlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍1🆒1
#Sport

Stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi


Joriy yil 28-fevral kuni Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman boʻlimi tomonidan yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini keng targʻib qilish maqsadida tumandagi 70 ta mahallada sportning stol tennis turiga qiziquvchi yoshlar oʻrtasida musobaqa tashkil etildi.

Tuman markazidagi Universal sport majmuasida oʻtkazilgan musobaqada 40 dan ziyod yoshlar ishtirok etib gʻoliblik uchun murosasiz bellashishdi.

Musobaqa davomida yoshlari faol ishtirok etib tengdoshlari oʻrtasida
1-oʻrin Hiyobon
2-oʻrin Yangi hayot
3-oʻrinni Zax-ariq va Quruvchi mahalla yoshlari egallashdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
#Sport

Oʻzbekiston kubogiga yoʻllanma qoʻlga kiritildi


Joriy yil 8-9-mart kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Karate-WKF sport turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasiga yoʻllanma beruvchi Toshkent viloyati kubogi musobaqasi oʻtkazildi.

Unda Toshkent tumani jamoasi ham ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqada karatechilarimiz 9ta birinchi, 12ta ikkinchi va 8ta uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlib, Oʻzbekiston kubogiga yoʻllanma egasi boʻlishga erishdilar.

Toshkent viloyati kubogi musobaqasida umumjamoa hisobida Bekobod shahri birinchi, Toshkent tumani ikkinchi va Yuqori Chirchiq tumani jamoalari uchinchi oʻrin sohibi boʻldilar.

🏆G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining kubok, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏21🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport_musobaqasi

Mahalla yoshlari harbiy-
sport musobaqasida kuch sinashdi!

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida oʻtkazilayotgan “Shijoat va gʻayrat” harbiy-sport musobaqasi mahalla yoshlari uchun nafaqat jismoniy tayyorgarlik sinovi, balki vatanparvarlik, jasorat va jamoaviylik ruhini mustahkamlovchi katta maktabga aylanmoqda.

Kuni kecha, Toshkent tumanida joylashgan 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida musobaqasining A.Navoiy mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi. 18-22 yosh toifasidagi oʻgʻil-qizlar 7 ta shart asosida oʻz iqtidor va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan oʻtkazishdi. Eng kuchli va shijoatli jamoalar keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

📹Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
#Sport

Yangi Oʻzbekiston iqtidorlari: Orzulari qoʻshqanot yigit!


Karate sport turi oʻzining tomoshabobligi, katta-yu kichikni birdek hayajonga solishi bilan butun dunyoda jadal taraqqiy etmoqda.

“Kata” mashqlarining nafisligi va teran falsafasi, “kumite”ning jangovarligi har doim bu sport turiga qoʻshimcha joziba beradi. Shu sabab aksariyat ota-onalar farzandining karatechi boʻlishini istaydi. Bolasining qoʻlidan ushlab, sport zali tomon yetaklaydi.

Komil Adilov — karate boʻyicha bir necha bor mamlakat chempioni va kubogi bahslari gʻolibi, milliy terma jamoa ustozi sifatida faoliyat olib borgan mutaxassis. Tabiiyki, tajribali mutaxassis oʻz farzandi Saidkamolda ham tatamiga muhabbat uygʻota oldi.

Dastlab mashgʻulotlarda tengdoshlari bilan sparring bahslar olib borgan Saidkamol sekin-asta rasmiy bahslarda tatamiga chiqa boshladi. Toshkent viloyat birinchiligi, Respublika kubogi va chempionati bahslarida ishtirok etdi. Tezkorligi, uzun qoʻl va oyoqlari uni gʻalabalar sari yetakladi.

Saidkamol ilk bor 2018-yilda, 7 yoshida viloyat birinchiligida gʻolib chiqqan boʻlsa, 2019 - yil Qarshi shahrida tashkil etilgan Respublika musobaqasida kumush medaliga musharraf boʻldi. Xuddi shu yil Chirchiqda oltin medalni oʻziniki qildi. Samarqandda bronza medaliga erishdi.

Yildan-yilga musobaqalar jugʻrofiyasi kengaydi. Endi murabbiylar yosh Saidkamolni xalqaro turnirlarga ham jalb eta boshlashdi. Jumladan, 2024-yilning dekabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida anʼanaviy “Burca Cup” xalqaro turnirida Adilov bronza medaliga sazovor boʻldi.

Xalqaro turnirda 4000 nafardan oshiq karate ustalari qatnashgani, musobaqaga dunyoning karate eng rivojlangan davlatlaridan terma jamoalar ishtirok etgani mazkur bronza medalining qadri va ahamiyati naqadar yuksakligini namoyon etadi. Biroq yosh Saidkamol va uning fidoyi murabbiyi Dilshod Yusupovni bu natija qanoatlantirmasdi.

Ustoz-shogird “Burca Cup” musobaqasi videoyozuvini qayta koʻrib chiqishdi, yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Yangi mashgʻulotlar dasturi ishlab chiqildi. Ikki oylik kuchaytirilgan mashqlar natijasi fevral oyida Tayland davlati mezbonlik qilgan “Tayland karate cup international Championships-2025” xalqaro turnirida oʻz mevasini berdi. Nufuzli turnirda yurtimiz karatechilari 4 ta oltin va 4 ta kumush medaliga sazovor boʻlib, umumyakunda 2-oʻrindan joy olishdi. Saidkamolning koʻksini bu safar kumush medali bezadi.

Taylanddagi musobaqaga ustozlarimiz bilan aniq dastur asosida tayyorgarlik koʻrdik, -dedi biz bilan suhbatda Saidkamol. — Shuning uchun, har birimizda gʻalabaga ishonch, ishtiyoq yuqori edi. Dekabr oyidagi natijamni biroz yaxshilaganimdan, bronzani kumushga oʻzgartirganimdan mamnunman. Endi oltin medal uchun bor kuchimni ishga solmoqchiman! Bu maqsad yoʻlida ustozim bilan hamfikrmiz!

Yosh chempion mashgʻulot va musobaqalarda qattiq ishlasa-da, oʻquvchilik masʼuliyatini bir zum ham unutmaydi. Aksincha, aʼlo baholari va namunali xulqi bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi.

Biz ham yuqoridagi oydin orzu-istaklarga qoʻshilamiz. Ishonamiz, yosh karate ustasi olamshumul gʻalabalari bilan Oʻzbekistonlik sport ishqibozlariga shodlik ulashadi. Shuningdek, oʻzi orzulagandek, yaxshi shifokor ham boʻlib yetishadi, el-ulusga xizmat qiladi...

📸Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
#Sport

Sogʻlom oila - Yangi Oʻzbekiston tayanchi!


Oilaviy jamoalar oʻrtasida "Sogʻlom oila - Yangi Oʻzbekiston tayanchi" shiori ostida anʼanaviy mini-futbol boʻyicha sport musobaqasining Toshkent viloyat bosqichida Xakimjon hoji ota Ergashov oilasi jamoasi Toshkent tumani nomidan ishtirok etib faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Xakimjon hoji ota oilasiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍2
#Sport

Ichki ishlar vaziri kubogiga start berildi


Toshkent tumani Universal sport majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vaziri General-mayor Aziz Toshpoʻlatovning sportning voleybol turi boʻyicha kubogining ochilish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda Toshkent tumani IIB rahbariyati ishtirok etib yoshlarga omad va zafarlar tiladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Sport

Toshkent tumanida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari"
sport musobaqalariga start berildi

Bugun, tuman markazidagi Universal sport majmuasida sport kurashlari boʻyicha mintaqaviy bosqich bellashuvlari boshlandi.

Ochilish marosimida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, tuman prokurori Sanjar Salixov, tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi Sanjar Abduvaliyev, viloyat sport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, keng jamoatchilik vakillari, sportchi yoshlar va murabbiylar qatnashdi.

Musobaqada tumanlardan kelgan 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida oʻzaro kuch sinashdi.

Musobaqa yakunida gʻoliblar diplom, medal hamda viloyat bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Toshkent tumanida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalariga start berildi.

Bugun, tuman markazidagi Universal sport majmuasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha mintaqaviy bosqich bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, tuman, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, keng jamoatchilik vakillari, sportchi yoshlar va murabbiylar qatnashdi.

Musobaqada tumanlardan kelgan 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari o‘z musiqaviy, yakka va jamoaviy chiqishlari bilan qatnashdilar.

Musobaqa yakunida g‘oliblar diplom, medal hamda viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

"Keles Open-2025" xalqaro turniri
700 dan ziyod yoshlarni birlashtirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ- 356 sonli "Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 21-22-iyun kunlari 5 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan katta boʻlgan sportchilar uchun Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi boʻyicha "Keles Open-2025" oltinchi anʼanaviy xalqaro turniri o'tkazilmoqda.

Murosasiz va qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtgan oltinchi anʼanaviy turnirni "Keles Karate" sport klubi rahbari Dilshod Yusupov, musobaqa bosh kotibi Xurshid Shodibekovlar boshchiligidagi 30 nafar hakamlar guruhi boshqarib borishdi.

Tadbir, Yoshlar oyligi doirasida o'tkazildi va unda nafaqat Toshkent tumani, balki mamlakatimizning har bir viloyatidan, qolaversa Qozog'iston va Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan 700dan ziyod yoshlarni birlashtirishga erishildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
#Sport

"Keles Open-2025" xalqaro turnirida g'olib va sovrindorlar taqdirlandi


Avval xabar berganimizdek, joriy yil 21-22-iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi boʻyicha "Keles Open-2025" oltinchi anʼanaviy xalqaro turniri oʻtkazilmoqda.

Bugungi musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan karatechilarni taqdirlash uchun musobaqaga Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tashrif buyurdi va musobaqa sovrindorlarini shaxsan taqdirladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2🏆1
#Sport

Toshkent tumanida Futbol bayrami: Hokim kubogi uchun qizg‘in bahslar

Kecha, Toshkent tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va mehnat jamoalari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent tumani hokimi kubogi uchun futbol musobaqalariga start berildi.

Mazkur sport tadbiri doirasida tumandagi turli tashkilot va korxonalarning rahbarlari va xodimlari ishtirokida qizg‘in o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Futbol bahslari 2 ta hududda9-maktab sport maydonida hamda 4-maktab sport maydonida tashkil etildi. Har ikkala maydonda ham muhit ko‘tarinki, sport ruhida o‘tdi.

Musobaqada ishtirokchilar o‘z jamoalari sharafini munosib himoya qilib, sport maydonida fidoyilik va jamoaviylik namunasini ko‘rsatishdi. G‘alaba uchun kurashlarda ishtirokchilar nafaqat jismoniy tayyorgarliklarini, balki o‘zaro hurmat, birdamlik va sport madaniyatini namoyon etdilar.

Tadbir davomida muxlislar, o‘qituvchilar va yosh futbol ishqibozlari o‘yinlarni qiziqish bilan tomosha qildilar. Bu esa tumanda ommaviy sport rivojiga keng yo‘l ochilayotganidan dalolat beradi.

Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur futbol musobaqasi sog‘lom raqobat muhitini yaratibgina qolmay, balki mehnat jamoalarini birlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Kechagi o‘yin yakunlariga ko‘ra:
Sport maktabi:tuman IIB 1:2
Qishloq xoʻjaligi: 9207 Xarbiy qism 3:0
DXX : Tibbiyot 3:0
Kadastr: Suv ta'minoti 5:0
Bandlik bo'limi:Gaz ta'mnoti 5:2 natija ko'rsatildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2🏆2